Turkiya to'g'ridan-to'g'ri sarmoya kiritish uchun eng qulay mamlakat


Download 7.55 Kb.
Sana29.03.2023
Hajmi7.55 Kb.
#1306028
Bog'liq
3 jobobi


Turkiya avtomobil, temir yo'l, havo va dengiz transporti sohasida yirik loyihalarni amalga oshirdi
"Turkiya to'g'ridan-to'g'ri sarmoya kiritish uchun eng qulay mamlakat"
30 Mart 2021 10:27
So'nggi yillarda Turkiya avtomobil, temir yo'l, havo va dengiz transportiga katta e'tibor qaratdi va yirik loyihalarni amalga oshirdi. Natijada esa yuk tashish tizimi va tashqi savdo yanada rivojlandi.
So'nggi 18 yil ichida transport sohasini rivojlantirishga qariyb 930 milliard lira sarmoya kiritildi. Uning 62 foizi esa yo'l qurilishiga sarflandi. 18 yil ichida aylanma yo'llarning uzunligi 6100 kilometrdan 28195 kilometrgacha, magistral yo'llarning uzunligi esa 1714 kilometrdan 3523 kilometrgacha uzaytirildi.
Turkiyada aeroportlar yiliga 317,85 million yo'lovchiga xizmat ko'rsatishi mumkin
Sharq va G'arbni bog'laydigan Turkiya, shuningdek, havo transporti sohasini rivojlantirishga katta sarmoya kiritgan. Masalan, dunyodagi eng yirik aeroportlardan biri bo’lmish - Istanbul aeroporti foydalanishga topshirildi. Ayni paytda Turkiyada 56 ta aeroport mavjud. Ular yiliga o'rtacha 317,85 million yo'lovchiga xizmat ko'rsatishi mumkin.
Temir yo'li loyihalari
Turkiya so'nggi yillarda qator temir yo'l loyihalarini amalga oshirdi. Yuk poezdlarining muntazam ravishda Bolgariya, Ruminiya, Vengriya, Polsha, Avstriya, Slovakiya, Chexiya va Germaniyaga qatnovi yo’lga qo’yilgan. Boku-Tbilisi-Kars temir yo'l transporti Gruziya, Ozarbayjon, Qozog'iston, Turkmaniston, O'zbekiston, Qirg'iziston va Tojikistonga, shuningdek Rossiya va Xitoyga eksport qiladi. Yaqin Sharqqa yuk poezdlari Vandagi Kapiko’y chegara punkti orqali o'tadi. Hozirda Pokiston va Afg'onistonga poezd yo'nalishlarini yo’lga qo’yish bo'yicha amaliy choralar ko’rilmoqda.
O'tgan yili dengiz portlari orqali 139 million tonna yuk eksport qilindi
Uch tomondan dengiz bilan o'ralgan Turkiyaning dengiz portlari tranzit va eksport salohiyati jihatidan muhim rol o'ynaydi. Masalan, Qora dengiz sohilidagi barcha mamlakatlar jahon bozoriga chiqish imkoniyatiga ega.
Mamlakat bo'ylab 182 ta sertifikatlangan port mavjud. Ularning barchasi tijorat transportlariga xizmat ko'rsatadi. O'tgan yili portlar orqali 486 million 702 ming 168 tonna yuk tashildi. Ularning 138 million 702 ming 168 tonnasi eksport qilindi.
To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni kengaytirish rejalashtirilgan
Anqara savdo palatasi prezidenti Nurettin O'zdebir, Turkiya to'g'ridan-to'g'ri sarmoya kiritish uchun eng qulay mamlakat ekanligini aytdi. Chunki Turkiya orqali Fors ko'rfazi va Shimoliy Afrika davlatlariga to'g'ridan-to'g'ri kirish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari, endilikda Turkiya Markaziy Osiyoni va Xitoyni bog’lab turuvchi “Ipak” temir yo'liga ham ega.
Download 7.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling