Turkiya (turk: Türkiye), rasman — Turkiya Respublikasi


Turkiyaning hozirgi iqtisodiy-siyosiy muammolari


Download 383.13 Kb.
bet6/11
Sana15.06.2023
Hajmi383.13 Kb.
#1478401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Turkiya

Turkiyaning hozirgi iqtisodiy-siyosiy muammolari.
1) mamlakatning ko‘plab yerlari tog‘lik joylarda joylashganligi sababli, qishloq xo‘jaligining ba’zi tarmoqlarida qiyinchilik tug‘dirmoqda;
2) qo‘shni Iroq mamlaktidagi notinchlik.
3) Inflyatsiya;


Moliyaviy tuzilishi va iqtisodiyoti. Turkiya iqtisodiyotining tuzilishi 1999 yil oxirida boshlangan valyuta kursi asosidagi barqarorlik dasturining amalga oshirilishi davrida o‘zgardi. Ushbu o‘zgarishlar davlat iste’molini ancha qisqartirishini ko‘zda tutadi.
Demak, xususiy sektordagi iste’mol va sarmoyalarga ketadigan sarf xarajatlarga bo‘ladigan ijobiy ta’sirni oldindan aytish mumkin. Valyuta kursi yangi tartibni joriy etilishi natijasida xaridorgir va xaridorgir bo‘lmagan tovarlarning narxi ham o‘zgaradi. Bu esa o‘z navbatida import ko‘rsatkichlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi.
Turkiya iqtisodiyoti tizimidagi ba’zi o‘zgarishlar boshqalarga nisbatan uzoq davom etishi shubhasiz. Ma’lumki tashqi bo‘hronlar (masalan, asosiy savdo sheriklaridagi valyuta devalvatsiyasi) yuzaga kelgan taqdirda belgilangan kurs iqtisodiyotni mutanosiblikda saqlash jarayonini sekinlashtiradi.
Shu sababli Turkiya hukumati ayni paytda amalda bo‘lgan valyuta kursidan voz kechish strategiyasini amalga oshirish majburiyatini oldi. 2003 yilgacha turk lirasi yana “boshqariladigan suzish” tartibiga o‘tib, “egiluvchanlik” qobiliyati 2001 yil o‘rtasidan osha boshlaydi.
Valyuta kursining “egiluvchanroq” tartibi hozirgi payt bilan taqqoslanganda foiz stavkalarini boshqarish uchun katta imkoniyatlar beradi. Turkiya Respublikasi rahbari Turkiya Markaziy banki 2001 yilning o‘rtasidan boshlab inflyatsiyaning zarur sur’atiga erishish maqsadida mamlakat valyuta va moliya siyosatini boshqarishda qat’iy shartlarni qo‘llay boshlashini bildirdi.
Bunday pul-kredit siyosati Markaziy bank uchun juda muhim bo‘lgan maqsad inflyatsiya sur’atlarini pasaytirishga erishish bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu bois ayni paytda amalga oshirilayotgan investitsiyalar sarf-xarajatining oshishi kelasi yil to‘xtashi kutilmoqda. Yaqin yillarda iqtisodiyotning o‘sishi bashorat qilinayotgan bo‘lsa-da, buni uzoq foydalaniladigan tovarlar va avtomobillarda yaqqol ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Turk inqirozining asosiy sabablari keyingi yillarda boshqa ko‘pgina mamlakatlarda yuz bergan inqirozlar bilan birga to‘rtta talqinda (modelda) ko‘rib chiqilmoqda. Ularning har biri ushbu inqirozning ildizlarining muayyan sohada, ya’ni siyosat, budjet-qarz, valyuta va tarkibiy sohalarda izlashmoqda. Bunga yana an’anaviy bo‘lib qolgan: “Barchasiga Xalqaro valyuta jamg‘armasi aybdor”, degan fikrlar ham qo‘shilgan. Aksariyat izohlardan talqinlar bir biriga qo‘shilib va bog‘lanib ketgan, bundan tashqari, turli omillar ham hisobga olingan.
Shu o‘rinda 2004 yili O‘rta Osiyo respublikalari tegishli ta’minot va nazoratsiz 100% xorij sarmoyalari hisobiga ishlab chiqarishni tashkil etish yo‘li bilan ko‘p miqdorda xorij kapitalini jalb etishga mo‘ljallangan ushbu rivojlanish modelining (tarafdorlari) bo‘lganliklarini aytish joiz. Biroq mazkur modelning yetarli darajada barqaror emasligi bois ko‘pgina mamlakatlar undan voz kechishdi.4
Ayni paytda ushbu model qator kamchiliklarga ega bo‘lib, ular mamlakatning valyuta-moliya sohasidagi turli shaklga ega inqirozlar ko‘rinishida avj olmoqda. 2000 yil may oyida yetakchi jahon valyutalariga nisbatan turk lirasining tushib ketishi bunga yorqin misol bo‘la oladi. Dollarga nisbatan turk lirasi kursining keskin sakrashi mamlakatdagi yirik birjalarda shov-shuv va vahimani yuzaga keltiradi.
Xorijiy yirik sarmoyadorlarning ham ishonchi yo‘qola boshladi. Bu esa bevosita va bilvosita xorij sarmoyalarining kelishi borasida mamlakat iqtisodiyoti uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Turkiyada yuzaga kelgan bugungi inqiroz to‘g‘risida gapirayotganlarning barchasi rivojlanish modelining to‘g‘ri kelmaganligi sabablaridan biri sifatida ko‘rsatishmoqda.
Aksariyat ekspertlarning fikricha, turk inqirozining bevosita sababi (ba’zi MDH mamlakatlarida bo‘lganidek, jumladan Rossiyada ham) noto‘g‘ri valyuta siyosatining olib borilganligidir. Asosiy sabab sifatida esa iqtisodiyotni boshqaruvchi davlat institutlarining zaifligi va noto‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligini ko‘rsatish mumkin. Biroq ushbu omil “yetib olayotgan” rivojlanishdagi barcha mamlakatlarda mavjud bo‘lib, u yillar davomida yetishadi, iqtisodiy inqirozlar bo‘lsa yiliga bir necha marta yuz berishi mumkin.
Iqtisodiyotdagi tushkunlikni barqarorlashtirish maqsadida Xalqaro valyuta jamg‘armasi Maxsus huquqlarga muvofiq 271 million miqdorida uchinchi transh kreditini ajratishni ma’qulladi. 2000 yil dekabr holatiga ko‘ra davlatning tashqi qarzi 103.5 milliard AQSh dollariga tenglashdi.
May oyidan iyungacha esa sanoat ishlab chiqarishi 3.6 foizga oshdi. 1999 yil avgustidagi zilzilalar oqibatida jiddiy zarar ko‘rgan neftni qayta ishlash sektoridagi ishlab chiqarish xajmining nisbatan pastligi haqiqiy iqtisodiy ko‘rsatgichlarni aks ettirmaydi. Agar ushbu sektorni indekslar bilan bog‘lamaydigan bo‘lsak, dastlabki besh oyda sanoat ishlab chiqarishning o‘sishi 8.9 % ga yetganligini ko‘rish mumkin.
Jahon banki iqtisodiy islohatlar uchun ajratiladigan 760 million AQSh dollari miqdoridagi kreditni ma’qulladi.
Turk inqirozi 90-yillardagi qator valyuta tajribalarining oxirgisi bo‘lsa ajab emas. Bu tajribalarning muvaffaqiyatsizligini pul siyosatidagi ikki elementning, ya’ni inflyatsiyani keskin kamaytirish va shu bilan bir vaqtda milliy valyuta kursini boshqa valyutalarga bog‘lash orqali boshqarish hamda ruhsat etilgan devalvatsiya koridorini berishning bir-biriga qo‘shilib keta olmasligidir.
Turkiyadagi hozirgi moliyaviy inqiroz mamlakatda inflyatsiyaning avj olishiga va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining keskin sekinlashuviga olib keldi. Yevropadagi ko‘pgina nufuzli ekspertlar ham huddi shunday xulosaga kelishgan. 2002 yilda inflyatsiya darajasi taxminan 45 %ni tashkil etishi, YaIM esa ahvol yaxshi bo‘lgan taqdirda 1%ga o‘sishi kutilmoqda. Aksincha bo‘lgan taqdirda esa u 3%ga qisqarishi mumkin.
Anqarada mamlakat rahbarlari Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki vakillari bilan muzokaralarni davom Turkiya ettirilayotgan bir paytda turk lirasining kursi dollarga nisbatan tezkorlik bilan tushib ketgan..
Mamlakatning yetakchi iqtisodchilari, markaziy bank va Moliya vazirligi yuzaga kelgan vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha qator choralarni ko‘rmoqda. Turkiya iqtisodiyoti valyuta kursi asosida barqarorlashtirish dasturiga amal qilayotir.
Valyuta kursi asosida barqarorlashtirish dasturini amalga oshirayotgan barcha mamlakatlar foiz stavkasini kamaytirishmoqda, bu esa iste’molning va shunga muvofiq uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar xarajatining o‘sishiga olib kelmoqda. Ushbu sxemaga amal qilinadigan taqdirda mahalliy valyuta kursining asta-sekin o‘sishi va joriy to‘lov balansi taqchilligining oshishi mantiqan to‘lov balansining inqirozi bilan yakunlanishi mumkin. Turkiya Respublikasi hukumati xuddi shu narsani amalga oshirmoqchi.5
Ayni paytda Turkiyada Markaziy bank bilan birga 59ta bank faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 10tasi davlat banklari (markaziy bank, 6 ta tijorat banki, 3ta investitsiya banki). 29 tasi xususiy milliy banklar, 20 tasi esa chet el banki bo‘lib, shulardan 9 tasi xorij sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan va Turkiya qonunchiligiga binoan ro‘yhatdan o‘tkazilgan, qolgan 11tasi chet el banklarining Turkiyadagi filiallari hisoblanadi. Faqat investitsiya banklarining soni 9 ta: 3 tasi davlatga qarashli, 3 tasi mahalliy xususiy banklar va 3 tasi xorij sarmoyasi ishtirokidagi banklar.6
Turkiya bank tizimining ahamiyatga molik xususiyatlaridan biri uning tuzilishining universalligidir. Bu tijorat banklariga moliya bozorlarida turli bank faoliyatini olib borish imkonini beradi.
Tijorat banklarining faqat ko‘chmas mulk bilan tijorat maqsadlarida olib boradigan amaliyotlari qonunchilik tomonidan ta’qiqlangan.
1930 yili tashkil etilgan Turkiya Respublikasining Markaziy banki bank-kredit tizimida alohida o‘ringa ega. Bank kapitalining yarmidan ziyodi davlatga, shu jumladan 51%i bevosita Turkiya xazinasiga tegishlidir. Bundan tashqari, xorijda uning 3 ta bo‘limi ochilgan. Markaziy bank vazifasiga quyidagilar kiradi:
1) rivojlanish rejalari va dasturlariga muvofiq davlatning pul va kredit siyosatini amalga oshirish;
2) milliy valyuta xajmi va muammosini tartibga solish, qonun doirasida banklarni kreditlashni amalga oshirish;
3) bank qo‘yilmalarining turlari va shartlarini belgilash;
4) milliy valyutaning oltin va chet el valyutalariga nisbatan kursini aniqlash;
5) amaldagi qonunchilik asosida va hukumat qarorlari doirasida davlatning iqtisodiy manfaatlariga muvofiq holda oltin va milliy valyuta zaxiralarini boshqarish;
6) chet el valyutalari va qimmatbaho metallar bilan bo‘ladigan birja amaliyotlarini amalga oshirish;
7) jamg‘arma mablag‘larni sug‘urtalash fondida boshqaruvni amalga oshirish.
Markaziy bank o‘z vazifalarini bajarishi uchun foiz stavkalarini, banklar uchun qo‘yilmalar shartlarini, chegara foiz stavkalarini belgilash, investitsiyalarni tartibga solish va iqtisodiyot sohalari va sektorlari bo‘yicha bank kreditlarini taqsimlash vakolatiga ega. Shuningdek, markaziy bank iqtisodiy va moliyaviy maslahatchi hamda Xazinaning moliyaviy instrumenti vazifasini ham bajaradi.
Turkiya bank tizimi kapitalning yuqori darajadagi jamlanuvi bilan xarakterlanadi. Mamlakatdagi beshta yirik bankda barcha aktivlarning 54% i, depozitlarning 56% i, kredit manbalarining 59 %i jamlangan. Agar 10ta yirik bankni oladigan bo‘lsak, ko‘rsatgichlar shunga muvofiq 79, 82 va 81.5% bo‘ladi.
Davlat banklarining kamligiga qaramay, ularda bank kapitalining 50%i jamlangan. “Ziroat Bankasi” , “Emlak Bankasi” , “Yapi kredi Bankasi” , “Akbank” banklari esa eng yirik xususiy banklar xisoblanadi.
Xozirgi kunda Rossiyada Turkiya kapitali ishtirokidagi 5ta bank faoliyat ko‘rsatmoqda: “Finasbank-Moskva” , “Iqtisodbank- Moskva” , “Yapыkredi-Moskva” , “Garantibank-Moskva” , “Ziroat Bankasi-Moskva”. 7
O‘zbekistonda esa 1994 yildan buyon qo‘shma o‘zbek-turk “UT-Bank” banki to‘laqonli faoliyat yuritmoqda. Bank sohasidagi ushbu hamkorlik ikki mamlakat o‘rtasidagi moliyaviy tuzilmalar hamkorlikka ham asos soldi. Ayni paytda ushbu bank keng xizmat turlarini ko‘rsatmoqda: kassa amaliyotlari, naqd va naqdsiz valyuta bilan konvertatsiya amaliyotlari, shuningdek, akkreditivlarni ochish va ularga xizmat ko‘rsatish yo‘li bilan savdo bitimlarini moliyalash.
O‘zbekiston banklari esa hozircha Turkiyada o‘z filiallari yoki vakolatxonalariga ega emas. Turkiyada xorij sarmoyasi ishtirokidagi bankni ta’sis etish yoki chet el banki filialini ochish uchun Turkiya Markaziy bankida qariyb 12 million dollar miqdoridagi mablag‘ni nizom sarmoyasi ko‘rinishida deponentlash lozim. Ro‘yhatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjat olinganidan keyingina chet el banklari milliy banklar bilan bir qatorda qonunchilik tomonidan ruhsat etilgan bank amaliyotlarining barcha turlari bilan shug‘ullanishlari mumkin bo‘ladi.

Osiyo va Yevropa qit’alarida joylashgan davlat. Gretsiya, Bolgariya, Gruziya, Armeniya, Eron, Suriya, Iroq davlatlari bilan chegaradosh. Shimoliy qismini Qora dengiz, janubini O'rta dengizi, g'arbini Egey dengizi suvlari yuvib turadi. Marmar dengizi, Bosfor va Dardanell bo‘g‘ozlari orqali mamlakatning Yevropa va Osiyodagi hududlari ajralib turadi.


 
Ma’muriy jihatdan 76 viloyatdan iborat. Davlat tuzumi - Respublika. Davlat boshlig`i - Prezident. U har 7 yilda saylanib, Qurolli Kuchlarning Bosh qumondoni vazifasini ham bajaradi. Hukumat boshlig'i — Bosh vazir. Qonun chiqaruvchi hokimiyati 2 palatali parlament (Buyuk Millat majlisi).



Download 383.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling