Turkiya (turk: Türkiye), rasman — Turkiya Respublikasi


Download 0.64 Mb.
bet2/5
Sana15.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1487078
1   2   3   4   5
Bog'liq
Turkiya (turk T rkiye), rasman — Turkiya Respublikasi


Tarixi


Hozirgi Turkiya hududida juda qadim zamonlardan boshlab yuksak madaniyatga ega boʻlgan davlatlar boʻlgan. Anadolu Xett qirolligi, Lidiya, Midiya, Axomaniylar davlati, makedoniyalik Aleksandr imperiyasi, Salavkiylar davlati, Pont podsholigi, Pergam, Qad, Rim, Vizantiya tarkibida boʻlgan. Turkiy elatlar bu hududga XI asrdan koʻchib kela boshlagan. Oʻgʻuzturkman qabilalarining yoʻlboshchilari boʻlgan Toʻgʻrulbek va Chagʻribek boshchiligida Saljuqiylar davlatita asos solingach, islom dini tarqala boshlagan. Sulton Alp Arslon 1071-yilda Malazgirt jangida Vizantiya imperatori Roman IV Diogen armiyasini tormor etganidan soʻng, Saljuqiylar davlati nihoyatda kengaydi. Sulton Malikshoh zamonida (1072—92) saltanat gullabyashnadi. Bu hukmdorning oʻlimidan keyin saltanat parchalanib, Suriya saljuqiylari, Iroq va Xuroson saljuqiylari, Kirmon saljuqiylari va Anadolu saljuqiylari kabi kichikroq davlatlar paydo boʻldi. Ularning orasida Anadolu saljuqiylari davlati katta rol oʻynadi. 1243-yilgi Koʻsatogʻ jangi oqibatida moʻgʻullar bu davlatga barham berib, oʻlkani istilo qildilar. 13-asrning oxirlariga kelib, moʻgʻullar zaiflashgach, bir qancha mustaqil beyliklar (bekliklar) tashkil topdi va mamlakat taraqqiyotga yuz tutdi. 14-asrning boshlarida Usmon I boshchiligidagi Usmon beyligi koʻpgina beyliklarni birlashtirib, poytaxti Bursa boʻlgan markazlashgan kuchli davlatni — Usmonli turk imperiyasini barpo etishga muvaffaq boʻldi. Usmoniylar tez orada Yevropaga oʻtib, Vizantiya imperiyasi hududini egallay boshlashdi. Anqara jangitsatp magʻlubiyatdan soʻng oʻzini oʻnglab olgan usmonli turklar Sulton Mehmed II Fotih boshchiligida Konstantinopol (hozirgi Istanbul)ni egallab (1453-yil 29 may), Vizantiya imperiyasini tugatishdi. Salim I Yovuz va Sulaymon I Qonuniy davrida saltanat hududlari yana ham kengaydi Birok, 17-asrdan imperiyaning harbiy va iqtisodiy qudrati astasekin zaiflasha boshladi. Asr oxirlariga kelib, Yevropa mamlakatlari Turkiyaga qarshi birgalikda urush harakatlarini boshladilar. 1683-yilda Vena shahri yaqinidagi jangda turk qoʻshini Polsha, Avstriya va Olmon qoʻshinlaridan yengildi. 1684-yilda Turkiyaga qarshi Avstriya, Polsha, Venetsiya (1686-yildan Rossiya) „Muqaddas ittifoq“ tuzdilar. Ittifoqchilar Turkiyaga bir necha bor qattiq zarba berdilar. Biroq Turkiya 1711-yilda Prut jangida Pyotr I boshchiligidagi rus qoʻshinini tormor qildi. Qurshovdagi Pyotr I vaʼdalar evaziga qutulishga muvaffaq boʻldi. Asr oxirida imperiya sharqda Ozarbayjon, Dogʻiston, Jibal, hatto Gilondagi mavqeini yoʻqotdi, gʻarbda Dunay janubiga chekinishga, shimolda Astraxonga qadar boʻlgan yerlarni Rossiyaga topshirishga majbur boʻldi va jahon siyosatidagi mavqeini yoʻqota boshladi. 18-asrda yanada koʻproq talofotlar berildi.
1768—74 yillardagi Rossiya-Turkiya urushidan keyin Turkiya Qora dengiz va Bolqon yarim oroldagi mavqeini boy berdi. 1774-yilgi KuchukQaynarja sulh shartnomasiga muvofiq Qrim xonligi Turkiyadan ajratib olinib, mustaqil deb eʼlon kilindi. Biroq 1783-yil Rossiya Qrimni bosib oldi. 1787—91 yillardagi urushda Turkiya yana Rossiyadan yengildi, natijada Rossiya chegarasi Dnestr daryosigacha kengaydi. Turkiya Moldova va Valaxiyaning Rossiya homiyligiga oʻtganligini tan olishga majbur boʻldi.
Sultan Salim III (1789 — 1807-yillarda imperiyani boshqargan) davlat tashkilotlarini zamonaviylashtirish, eng avvalo, harbiy islohotlar oʻtkazish harakatini boshladi. Yangi Nizom („Nizomi jadid“) deb nomlangan bu islohotlar natijasida boshqaruv, moliya, savdo, qishloq xoʻjaligi., ilmfan va boshqa sohalarda yangiliklar joriy etishga kirishildi. Biroq islohotlarga jaholatparast ulamolar, armiyadagi nufuzini yoʻqotishdan qoʻrqqan yanicharlar va boshqa qarshilik koʻrsatib, 1807-yil 15 mayda koʻtarilgan isyon natijasida Sulton Salim III ni taxtdan agʻdarib tashladilar. Taxtga chiqqan Mustafo IVning faoliyati „Nizomi jadid“ tufayli qoʻlga kiritilgan yutuqlarni yoʻq qilishga qaratildi. Biroq islohotchilar oʻz tarafdorini koʻpaytirishga muvaffaq boʻldilar va 1808-yil 28 iyulda Sulton Mahmud II ni taxtga oʻtqazdilar. Mahmud II yanicharlarni yoʻq qildi va armiyani qayta tashkil etdi, boshqaruv, moliya, huquq va boshqa sohalarda ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirdi.
Milliy bayrami —29 oktabr — Respublika kuni


T urkiya hududida mil. av. va milodning ilk davrlariga taallukli meʼmoriy yodgorliklar koʻp (qarang Sofiya ibodatxonasi). Yunoniston, Vizantiya, Arab mamlakatlari, Oʻrta Osiyo davlatlarining meʼmoriy tajribalarini ijodiy oʻzlashtirgan saljuqiylar va usmoniylar imperiyalari meʼmorlari muhtasham, goʻzal binolar kurdilar. 12—19-asrlarda imperiyaning turli shaharlarida hashamatli saroy, masjid, Madrasa, maqbara, gumbazli hammom, goʻzal favvoralar (mas., Istanbuldagi Sulton Ahmad favvorasi) bunyod etilgan. 15—16-asrlarda meʼmor Xoja Sinon (1490 — 1588) yangi kompozitsiyalar yaratib, hayratga sazovor 400 dan ziyod bino barpo etdi. Istanbuldagi Sulaymoniya mayejidi, Ahmadiya mayejidi, Salimiya mayejidi ular orasida eng mashhurlaridandir. Usmoniylar imperiyasining inqirozi davri meʼmorligi mahobatliligi bilan ajralib turadi. 20-asrning 20-yillari oxiridan shahar qurilishini rejali tarzda olib borishga kirishildi, ayrim shaharlar (Ankara va boshqa shaharlar)ning bosh rejasi tasdiqlandi. 30-yillardan zamonaviy binolar qurish uchun xorijdan meʼmorlar jalb qilindi. Keyinchalik xalqaro tajribani milliy anʼanalar bilan uygʻunlashtirishga erishgan milliy kadrlar yetishdi. Mahalliy qurilish mahsulotlari industriyasi rivojlandi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling