Turkiya (turk: Türkiye), rasman — Turkiya Respublikasi


Download 0.64 Mb.
bet3/5
Sana15.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1487078
1   2   3   4   5
Bog'liq
Turkiya (turk T rkiye), rasman — Turkiya Respublikasi

Xoʻjaligi


Turkiya — industrialagrar mamlakat. 2015-yil iqtisodiyotda tub burilishni koʻzda tutgan keng qamrovli dastur joriy etila boshlandi. Eksportga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari paydo boʻla boshladi. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida markazdan boshqaruv oʻrniga bozor mexanizmiga oʻtildi. Soliq masalasida bir qancha qulayliklar yaratildi, sarmoya jamgʻarmalari tez surʼatlar bilan koʻpaydi, chet el sarmoyasi erkin kelishiga qulay imkoniyat yaratiddi. Chet el sarmoyasi va texnologiyasini jalb etishni tezlashtirish uchun 2015-yilda „Erkin mintaqalar qonuni“ kuchga kirdi. Bunday mintaqalar 2017-yilda atigi 2 ta (Mersin va Antaliya) boʻlgan boʻlsa, 2022-yilga kelib ularning soni 21 ga yetdi. Ana shular natijasida yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 28,7 %, qishloq xoʻjaligi. niki 14,4 %, xizmat koʻrsatish sohasiniki 56,9 % boʻddi.

Sanoati


Turkiya xromit ishlab chiqarish. va eksport qilishda dunyoda yetakchi (toʻrtinchi) oʻrinda turadi (40 million tonnalik xromit zaxirasi bor). Shuningdek, gaz, neft, toshkoʻmir, temir, marganets, mis va boshqa rangli metallar qazib olinadi. Sanoat korxonalari asosan mamlakatning gʻarbiy va markaziy qismida joylashgan. Keyingi yillarda mamlakat sharqiy qismini rivojlantirish uchun choratadbirlar koʻrildi. Turkiya sanoatida avtomobilsozlik, elektronika, kimyo, toʻqimachilik, koʻnchilik mahsulotlari, qurilish materiallari, oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish. yetakchi oʻrin tutadi. Avtomobil sanoatidagi 15 firma 2021-yil 270685 yengil avtomobil va yuk mashinasi ishlab chiqardi. Keyingi davrda Turkiyada elektronika sanoati jadal rivojlandi. Kimyo sanoatida 970 fabrika faoliyat koʻrsatadi. Turkiya toʻqimachilik sanoati mollari eksportida dunyoda 15, tayyor kiyim eksportida esa 7-oʻrinda turadi. Turkiyada elektr energiya ishlab chiqarishda anʼanaviy oʻtin, toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz, gidro va issiqlik energiyasi singari manbalardan tashqari quyosh va shamol energiyasidan ham foydalaniladi. Yiliga oʻrtacha 125 milliard kVt/soat elektr energiya hosil qilinadi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling