Turkman tilining leksik xususiyatlari
Download 38.46 Kb.
|
Turkman tilining leksik xususiyatlari-fayllar.org
O‘zlashgan qatlam . Turkiy tillardagi yunoncha, arabcha, forscha-tojikcha, xitoycha, mo‘g‘ulcha, ruscha so‘zlar o‘zlashgan qatlamni tashkil etadi. Turkiy tillardagi o‘zlashgan qatlamning asosiy qismi arab,fors-tojik, rus tillaridan kirgan so‘zlardan iboratdir.
Arabcha so‘zlar diniy terminlar va turli soha nomlaridir. Arabcha so‘zlar quyidagi xususiyatlarga ega: (v)f,h harflari ishtirok etgan so'zlar, asosan, arabcha: vazir, fikr, hosil. ‘(tutuq belgisi) ishtirok etgan so'zlar arab tiliga mansub: ma’no, ta’limot, na’ra va b.; Arabcha so‘zlar siniq ko‘pligiga ega, ya’ni ko‘plik so‘z tarkibini o‘zgartirish bilan hosil qilinadi: hol-ahvol, xabar-axbor, ruh-arvoh, she‘r-ash’or va h.k.; Arab tili konsonant hisoblanib, arabcha so‘zlarda o‘zakdoshlar leksema tarkibidagi undoshlar yordamida hosil qilinadi: hukm-hokim-hakam-mahkama-hokimiyat; fikr-tafakkur-mutafakkir; kitob-maktab-kutubxona-maktub; sinf-tasnif; hurmat-ehtirom-marhamat-muhtaram. Turkiy tillardagi arabcha so‘zlar: kitob, maktab, xalq, maorif shoir, ilhom, san’at, tanqid, madaniyat, kashf, a’lo, odob, xat, savod, husn, nutq, soat, avlod, savol, sinf, hikoya, hayot, shamol, qadr, dohiy va h.k. Forscha-tojikcha so‘zlar. Forscha-tojikcha so'zlar turkiy tillar lug‘at tarkibida qadimdan mavjud bo‘lib kelgan. Forscha-tojikcha so‘zlar quyidagi xususiyatlarga ega: Ch, l, g, z undoshlari bilan boshlanadigan so‘zlar, asosan, forscha-tojikcha hisoblanadi: lola, gul,chaman -xo‘г, -noma, -do‘z, -хon, -namо, -shunos, -boz, -bon, -dor, be-, no, -ser- kabi qo‘shimchalar forscha-tojikchadir. Turkiy tillardagi forscha-tojikcha so‘zlar: osmon, oftob, bahor, barg, daraxt, gul, xona, mirob, dasta, bemor, g‘isht, dasht, xonadon, shogird, xaridor, sharobxo‘r, serob, shirin, mard, mehribon, jonajon, kamtar, kam, chala, go‘sht, non, sozanda, sabzavot. reja, dard, ombur, dugona, do‘st, peshona, kaft va h.k.1 1.1 Turkman tili leksikasi Turkman tili — turkiy tillardan biri. Asosan, Turkmanistonda, shuningdek, Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston respublikalarining ayrim tumanlarida, Rossiya Federatsiyasining Stavropol oʻlkasida, Afgʻoniston, Turkiya, Eron va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Turkmanistonning rasmiy tili. O‘tgan asr oxirlarida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 4,8 mln. (jumladan, Turkmanistonda 2,5 mln.dan ortiq, Oʻzbekistonda 130 ming, Afgʻonistonda 400 ming, Eronda 300 mingga yaqin) kishidan iborat boʻlgan. Asosiy lahjalari: taka, yovmut, ersari, goʻklan, sariq, salir, chovdur va boshqa Stavropoldagi Turkman tili lahjasi truxmen tili deb ataladi. Turkman tili gʻarbiy oʻgʻuz kabila (urugʻ) tillari negizida shakllangan, lekin rivojlanish jarayonida qipchoq guruhidagi turkiy tillarga xos xususiyatlarga ham ega boʻlgan. Turkman tilining asosiy oʻziga xos belgilari: birlamchi (qad.) choʻziq unlilarning mavjudligi, lab undoshlari garmoniyasining rivojlanganligi; kelasi zamon gumon feʼli inkor shaklining tugallanmali variantining (boshqa turkiy tillar uchun umumiy boʻlgan -maye shakli bilan birga) qoʻllanishi va leksikasida arab, fors, rus tillaridan oʻzlashgan soʻzlar uchrashi. Eski adabiy Turkman tili, asosan, sheʼriyat tili hisoblangan. Hozirgi adabiy Turkman tili esa XX asrning 20-yillaridan turkman lahjalarining taka lahjasi negizida birlashuvi natijasida shakllangan. 1928-yilgacha arab, 1929-40 yillarda lotin, 1940- 90-yillarda rus grafikasiga asoslangan yozuvdan foydalanilgan. 1991-yildan yana lotin grafikasi asosidagi yozuv joriy etildi. 1994 yili qaytadan lotin alifbosiga almashdi. Turkman tili (Lotin alifbosida: türkmen dili, Kriill alifbosida: Түркмен дили,) Turkmanistonning milliy tili. Bu tilda Turkmanistonning oʻzida taxminan 3430000 kishi gapiradi. Turkman tili turkiy tillari oilasining sharqiy oʻgʻuz tarmogʻiga kiradi. U boshqa oʻgʻuz tillari — ozarboyjon va turk tillariga ham oʻta yaqin va shu tillarda soʻzlashuvchilar bir-birining tillarini tushunadi.2 Hozirgi turkman alifbosi: A a B b Ç ç D d E e Ä ä F f G g H h I i J j Ž ž K k L l M m N n Ň ň O o Ö ö P p R r S s Ş ş T t U u Ü ü W w Y y Ý ý Z z Turkman tilining lug‘at tarkibi eng qadimgi tillardan biri hisoblanadi. Uning soʻz boyligi juda uzoq tarixiy davr mobaynida shakllandi, rivojlandi, boyidi va takomillashdi. Bunga turkman tiliga mansub eng qadimiy yozma yodgorliklarimiz “O‘g‘uznoma”, “G‘orkut ota”, “Go‘ro‘g‘li”, “O‘rxon-Yenisey” yozma yodgorliklari, Mahmud Qoshg‘arlining “Devoni lug‘atit-turk” (“Turk tillari lug‘ati”) kiradi. Turkman tili leksikasi oʻzining tarixiy taraqqiyoti davomida turli oʻzgarishlarga uchradi. Undagi so‘zlarning qo‘llanish chastotasi ham turlicha. Shunga ko‘ra, tilda umumiy qo‘llanishdagi barcha tushunarli so‘zlardan tashqari, qo‘llanish doirasi cheklangan so‘zlar ham mavjud. Ular turkman xalqining maʼlum bir qabilasiga mansub sheva soʻzlari (dialekt leksikasi), faqat maʼlum bir kasbda ishlaydigan kishilar tilida qoʻllaniladigan kasbiy leksika, atamalar (terminlar), jargonlar, argotizmlarni oʻz ichiga oladi. Leksikologiyada bu guruhdagi so‘zlarning asosiy belgilari, qo‘llanish xususiyatlari, turlari, kelib chiqish manbalari o‘rganiladi. Kundalik hayotimizda faol qo‘llaniladigan so‘zlardan farqli o‘laroq, tilda kam qo‘llaniladigan, ma’lum sabablarga ko‘ra cheklangan qo‘llanish chastotasiga ega bo‘lgan so‘zlar ham mavjud. Bu guruhga eskirgan so‘zlar (tarixiy so‘zlar va arxaizmlar) va endigina qo‘llanilgan yangi so‘zlar (neologizmlar) kiradi. Ushbu bo‘limda so‘zlarning asosiy belgilari, turlari va paydo bo‘lish usullari o‘rganiladi. Ma’lumki, til inson hayotida muloqot vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Shunga ko‘ra, hayotda, jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarish va rivojlanishlar, eng avvalo, tilning lug‘at tarkibidir leksikaga ta’sir qiladi. Bu ta’sir natijasida tilda yangi so‘zlar paydo bo‘ladi, eski so‘zlarning yangi ma’nolari paydo bo‘ladi, ayrim so‘zlar ishlatilmay, eskirib qoladi. Mustaqillikka erishilishi bilan xalq lug‘atida keyingi hayotdagi tushunchalarni ifodalovchi yangi so‘zlar (Bita-raplyk, Garaşsyzlyk, teleýaýlym, kompýuter, kompýuterleşdirmek), so‘zlarning yangi ma’nolari (etrap, welaýat, arçyn, kazy, synag, synp) yaratildi. Bu so‘zlar (kommunizm, komsomol, pioner, raýon, oblast) qo‘llanilmay qolgan. Download 38.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling