Mavzu: Turkiy tillarda yuklamalar. Reja: Turkiy tillardagi yuklamalar haqida


Download 102.14 Kb.
bet1/12
Sana04.02.2023
Hajmi102.14 Kb.
#1165594
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Bazarbayeva Mahbuba

Urganch davlat Universiteti Filologiya fakulteti O'zbek tili ta'limi yo‘nalishi 196-guruh talabasi Bazarbayeva Mahbubaning Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi fanidan tayyorlagan taqdimoti

Mavzu: Turkiy tillarda yuklamalar.

Reja:

1. Turkiy tillardagi yuklamalar haqida.

2. So‘roq yuklamalari.

3. Kuchaytiruv yuklamalari

4. Chegaralov yuklamalari.

Turkiy tillardagi yuklamalar haqida. Turkiy tillardagi yuklamalar modal so‘zlar bilan affikslar oralig‘idagi nisbatan yangi kategoriya hisoblanadi. Ko‘pgina yuklamalarning affikslarga o‘tish tendensiyasi kuzatiladi. Bir qancha yuklamalar, jumladan, affikslar to‘liq ma’noli so‘zlarga birikkanda, assimilyat-siyaga uchrab, unlilar garmoniyasi qonuni ta’sirida o‘zlarining fonetik mustaqil-ligini yo‘qotadi. Yuklamalar qo‘llanishdagi faolligi ularning grammatik formaga aylanishiga olib keladi: so‘z oxirining yo‘qolishi, chegarasining yemirilishi sodir bo‘ladi. Ayrim yuklamalar buning natijasida bir necha fonetik variantga ega bo‘ladi. Shu sababli yuklamalarni tarkibiga ko‘ra tasnif qilishda, ko‘pincha, so‘z-yuklamalar, affiks-yuklamalarga e’tibor beriladi.

  • Turkiy tillardagi yuklamalar haqida. Turkiy tillardagi yuklamalar modal so‘zlar bilan affikslar oralig‘idagi nisbatan yangi kategoriya hisoblanadi. Ko‘pgina yuklamalarning affikslarga o‘tish tendensiyasi kuzatiladi. Bir qancha yuklamalar, jumladan, affikslar to‘liq ma’noli so‘zlarga birikkanda, assimilyat-siyaga uchrab, unlilar garmoniyasi qonuni ta’sirida o‘zlarining fonetik mustaqil-ligini yo‘qotadi. Yuklamalar qo‘llanishdagi faolligi ularning grammatik formaga aylanishiga olib keladi: so‘z oxirining yo‘qolishi, chegarasining yemirilishi sodir bo‘ladi. Ayrim yuklamalar buning natijasida bir necha fonetik variantga ega bo‘ladi. Shu sababli yuklamalarni tarkibiga ko‘ra tasnif qilishda, ko‘pincha, so‘z-yuklamalar, affiks-yuklamalarga e’tibor beriladi.
  • Turkiy tillarda o‘z tili asosida vujudga kelgan yuklamalarning postpozitiv (so‘zdan keyin kelishi) holati ko‘p kuzatiladi. So‘z oldida keladigan yuklamalar boshqa tillardan o‘zlashgan: hech, ha va hokazo. Bu yuklamalarning muayyan so‘zlarning so‘z birikmalarida ikkinchi komponent sifatida tez-tez qo‘llanishi natijasida vujudga kelganligini ko‘rsatadi.

Download 102.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling