22. Ravish ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) O’z-o’zimga telefon qilmayman deb vada bergan edim
B) Shu vadani berganim uchun o’zimdan o’zim nafratlanib
ketdim
C) Uyiga kirsam o’zidan o’zi yig’lab ubordi
D) Hamma ayb o’zimda
23. Qo’shma ravish berilmagan javobni toping
A) bir kuni
B) har gal
C) o’sha payt
D) shu shaharga
24. Kishi o’z fazilatlari haqida qancha kam bilsa, bizga shuncha
yoqadi.
Ushbu gapda ravishlar miqdorini aniqlang.
A) 1
B) 2
C) 3
D) 4
25. Holat ravishi qaysi gap tarkibida qo'llangan?
A) Kunduzlari quyosh saratondagiday qizdirib turdi.
B) Bahorda paxtakor uchun vaqt oz, mehnat esa cheksiz mo’l.
C) G 'ulomjon otasi yonida turib atayin atrofga qaradi.
D)Sayohatchilar yuqoriga ko 'tarilib, qarag 'ayzor va archazorga
yetdilar.
26. Tez fursatda bu yerni eski shahar va halqa yo 'l bilan bog’lab
turuvchi yo'llar birin-ketin foydalanishga topshiriladi.
Ushbu gapdagi ravishlar qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatiigan?
A) tez, fursatda, bu yerni, birin-ketin
B) tez fursatda, bu yerni, birin-ketin
C) tez, bu yerni, birin-ketin
D) tez, fursatda, bu yeni, eski, birin-ketin
27. Olimjon qadrdon yerlarni ancha oylar ko'rmay, o'ta sog'ingan
edi.
Shu gapdagi ravishga oid so'zni toping.
A) yerlarni B) o 'ta
C) qadrdon D) A,B
28. Belgi bildirish quyidalarning qaysi biriga xos?
1) sifat; 2) ravish; 3) sifatdosh; 4) ravishdosh.
A) 1,2,3,4 B) 1, 2.3 C) 1,3 D) 2,4
29. 1. Tong yaqinlashib qolyapti, bu yerdan tez ketishimiz kerak
2. choy ichib olgach, biroz yuribdi
3. chol-u kampir behad sevindilar
4. Otamizning o’lganiga ancha yil bo’lib ketdi
Qaysi gapda miqdor-daraja ravishi ishtirok etgan?
A) 2, 3
B) 2, 3, 4
C) 1, 2, 3
D) 1, 2, 3, 4
Do'stlaringiz bilan baham: |