Turlari va ularning vazifalari
Download 395.85 Kb. Pdf ko'rish
|
2022002 (2)
1 MASHINALI O‘QITISHNING FANINING O‘QITISH TURLARI VA ULARNING VAZIFALARI Xo‘jayev Otabek Kadamboyevich, Babajanov Boburbek Farhodovich, Karimov Doston Alisher o‘g‘li Kalit so‘zlar. Mashinali o‘qitish, o‘qituvchi yordamida o‘qitish, o‘qituvchisiz o‘qitish, mustahkamlangan o‘qitish, regressiya, tasniflash, klasterlash, o‘lchovni qisqartirish. Abstract. This article provides information on the tasks and types of teaching the subject of machine learning, as well as their tasks and in what areas they are widely used, specific tasks, their problems. Key words. Machine learning, supervised learning, unsupervised learning, reinforcement learning, regression, classification, clustering, dimensionality reduction. Algoritm – berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak bo ʻlgan aniq ko‘rsatmalar ketma-ketligi. Algoritm keng maʼnoda faqat kompyuterga oid atama bo‘lmay, balki unda berilgan koʻrsatmalarni bajara oluvchi har qanday narsaga oiddir[8]. Algoritm tushunchasi kibernetika va matematikaning asosiy tushunchalaridan biri bo‘lib, maʼlum bir turga oid masalalarni yechishda ishlatiladigan amallarning muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoida (dastur) hisoblanadi[2]. Hozirgi kunga kelib algortimlarning turlari va ular orqali bajariladigan ko‘plab dasturlar va hisoblash mexanizmlari mavjud. Algortimlar biror bir loyihaning yoki maqsadning qay tartibda bajarilishi va ketma-ketligini aniq ko‘rsatib, ishning bajarilish tartibini soddalashtirish va osonlashtirishga qaratilgan. Shu jumladan Mashinali o‘qitish (Machine learning) fanining o‘zi ham tajriba orqali avtomatik ravishda takomillashadigan kompyuter algoritmlarini o‘rganishdir[5]. Mashinada o‘qitish algoritmlari namunaviy ma’lumotlarga asoslanib, bashorat qilish yoki aniq dasturlashsiz qaror qabul qilish kabi vazifalarni bajaradi. Mashinali o‘qitish algoritmlari turli xil dasturlarda qo‘llaniladi, shu bilan International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30 2 2 birga elektron pochta orqali filtrlash, nutqni aniqlash, tasvirni aniqlash, texnik va tibbiy diagnostika kabi ishlar shular jumlasidandir[4]. Mashinada o‘qitish usullari yordamida hal qilingan muammolar 3 xil tartibda o‘qitiladi. Ular quyidagilardir: 1. O‘qituvchi yordamida o‘qitish (Supervised learning). 2. O‘qituvchisiz o‘qitish (Unsupervised learning). 3. Mustahkamlangan o‘qitish (Reinforcement learning). Download 395.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling