B - C %
A,B,C xaqiqiy sonlar noldan farqli bo’lganda, nisbatlari proporsional bo’ladi ya’ni A sonni B ulushiga nisbati, ularni mos foizlari nisbatiga teng bo’ladi
A/B=100/C , AC=100B (1)
Oxirgi tenglikdan ixtiyoriy ikkitasi ma’lum bo’lsa, uchinchi miqdorni topish mumkin.
Misol 1. Agar paxtadan 34 % tola chiqsa, 1200 t paxtadan qancha tola chiqadi?
Yechish: A 1200t, C=34% bo’lganligidan
1200 -100%
B - 34% B=AC/100=1200x34/100=12x34=408t.
Misol 2. Fermer xo’jaligini 5% ni tashkil qiluvchi 8ga erga sholi ekildi. Fermer xo’jaligida qancha er bor?
Yechish: 8 ga - 5%
A - 100% A=8 .100/5=160ga.
Misol 3. Pillaxonaga 76 kg sifatli, 4kg sifatsiz pilla topshirildi. Sifatsiz pilla necha % ni tashkil qiladi?
Yechish: Jami pilla 76+4=80 kg
80 kg - 100%
4 kg - C % C=4.100/80=5%
Misol 4: Ekilgan 800 chigitdan 720 tasi unib chiqdi. Chigitni unuvchanligi necha % ?
Yechish: 800 - 100%
720 - C % C=720x100 /800 =90%.
Do'stlaringiz bilan baham: |