Turli jinsli sistemalarni ajratish
Download 18.16 Kb.
|
(Elmurodov) turli jinsli sistemalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turli jinsli sistemalarni ajratish.
Ajratish usullari
Texnikada turli jinsli sistemalarni tashkil etuvchi fazalar yoki komponentlarga ajratish to’g’ri keladi. Ajratish usullarini tanlashda turli jinsli sistemani tashkil etuvchi fazalarning holatiga, qattiq yoki suyuq zarrachalarning o’lchamiga, fazalar o’rtasidagi zichliklar farqiga, muhitning qovushqoqligiga ahamiyat berish kerak. Kimyoviy texnologiyada turli jinsli sistemalarni ajratish uchun quyidagi gidromexanik usullardan foydalaniladi: 1) cho’ktirish, 2) filtrlash, 3) tsentrifugalash, 4) suyuqlik yordamida ajratish. Og’irlik kuchi, inertsiya kuchlari yoki elektrostatik kuchlar yordamida suyuqlik va gazsimon turli jinsli sistemalar tarkibidagi qattiq yoki suyuq zarrachalarni ajratish cho’ktirish deb ataladi. Agar cho’ktirish og’irlik kuchi ta‘sirida borilsa, bu jarayon tindirish deb yuritiladi. Tindirish asosan turli jinsli sistemalarni birlamchi ajratish uchun ishlatiladi. Turli jinsli sistemalarni ajratish.
Turli jinsli sistema, faza, suspenziya, chang, tutun, emulsiya, ko‘pik, tuman, cho‘ktirish, filtrlash, syentrifugalash, tenglama.Fazalarning fizik xolatiga ko‘ra turli jinsli sistemalar quyidagi guruxlarga bo‘linadi: suspenziyalar, emulsiyalar, ko‘piklar, changlar, tutunlar, tumanlar. Suspeziya. Suyuqlik va qattiq modda zarrachalaridan tashkil topgan aralashmalar suspenziya deyiladi. Qattiq modda zarrachalarining o‘lchamiga ko‘ra suspenziyalar (zarrachalar o‘lchami 100 mkm dan ortik); mayin suspenziyalar (zarrachalar o‘lchami 0,5 - 100 mkm); loyqasimon-suspenziyalar (zarrachalar o‘lchami 0,5 - 0,1mkm); kolloid eritmalar (zarrachalar o‘lchami 100 mkm dan kichik).Emulsiyalar ikki xil o‘zaro aralashtirilgan suyuqliklardan iborat bo‘lib, bunda birinchi suyuqlikning ichida ikkinchi suyuqlikning tomchilari tarqatilgan bo‘ladi. Emulpsiyaga sut eng xarakterli misol bo‘la oladi. Sut tarkibida suv va 3-4 xil yog‘ zarrachalaridan iborat. O‘z tarkibida gaz pufakchalari tutgan suyuq sistemalar ko‘piklar deb ataladi. Suyuqlik - gaz sistemasi o‘zining xossasiga ko‘ra emulpsiyalarga yaqin turadi.Download 18.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling