Turli jinsli sistemalarni ajratish
Download 18.16 Kb.
|
(Elmurodov) turli jinsli sistemalar
G2 = G1 ( 1 – X1 / X2 )
CHo’kish yuzasi umumiy holda quyidagi tenglamadan topiladi: CHo’ktirish qurilmalarining balandligi odatda hisobga olinmaydi va 2,5 - 3,5 m ga teng deb olinadi. Ajratish usullari
Fazalarning fizik holatiga ko`ra turli jinsli sistemalar quyidagi guruhlarga bo`linadi: Suspenziya – suyuq va qattiq modda zarrachalaridan tashkil topgan aralashmalar. Emulsiya – ikki xil o`zaro aralashtirilgan suyuqliklardan iborat bo`lib, bunda birinchi suyuqlikning ichida ikkinchi suyuqlikning tomchilari tarqalgan bo`ladi. Ko`piklar – o`z tarkibida gaz pufakchalari tutgan sistemalar. Changlar – o‘z tarkibida qattiq moddaning mayda zarrachalarini (3...70 mkm) tutgan gaz sistemalar. Tutunlar – tarkibida o‘lcham 0,3…5 mkm ga tеng bo`lgan qattiq modda zarrachalarini tutgan sistеmalar. Tumanlar – suyuq va gaz fazalaridan tashkil topgan sistеmalar. Chang, tutun va tumanlar aerodispеrs sistеmalar (yoki aerozollar) dеyiladi. Har xil fazalardan tashkil topgan aralashmalar turli jinsli sistemalar deb ataladi. Har qanday turli jinsli sistemalar ikki yoki undan ko`p fazalardan tashkil topgan bo`ladi. Zarrachalari juda maydalangan holatdagi faza dispers yoki ichki faza deyiladi. Dispers faza zarrachalarini o`rab olgan faza esa dispersion yoki tashqi faza deyiladi. Cho`ktirish usuli suspеnziya, emulsiya va changli gazlarni ajratish uchun ishlatiladi. Cho`ktirish tеzligi kichik bo`lgani uchun bu usul asosan turli jinsli sistеmalarni birlamchi ajratish uchun qo`llaniladi. Cho`ktirish jarayoni changli gazlar, suspеnziya va emulsiyalar tarkibidagi mayda qattiq zarrachalarning og`irlik kuchi ta'sirida apparat tubiga cho`kishiga asoslangan. Cho`ktirish jarayonlari tindiruvchi apparatlarda olib boriladi. Cho‘ktirish tezligini aniqlash uchun alohida olingan sharsimon qattiq zarrachalarning suyuqlik muhitida erkin cho‘kishini ko‘ramiz. Bunda zarrachalarga og‘irlik kuchi G, ko‘tarish kuchi A va muhitning qarshilik kuchi R ta‘sir qiladi. Download 18.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling