Turli mulkchilik shaklida iqtisodiyot subyektlarini to‘g‘ri boshqarishda tahlilning roli


Download 83.44 Kb.
bet4/7
Sana20.06.2023
Hajmi83.44 Kb.
#1632397
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Turli mulkchilik shaklida iqtisodiyot subyektlarini to‘g‘ri bosh

Ikkinchidan, mulkchilik huquqlari nazariyasi asoschilari mulkchilik munosabatlarini resurslarning cheklanganligi, nisbatan kamyobligi muammosidan keltirib chiqaradilar: «Qandaydir kamyoblik, cheklanganlik shart-sharoitisiz mulkchilik to’g’risida so’z yuritish ma’noga ega emas».1
To’g’ri, bunday yondoshuv yuqorida nomlari tilga olingan iqtisodchilarning kashfiyotlari hisoblanmaydi; bu yondoshuv dastlab 1871 yilda avstriyalik iqtisodchi K.Menger tomonidan «Siyosiy iqtisodning qaror to’ishi» kitobida asoslab berilgan edi. Mulkchilik, deb yozgan edi K.Menger, ehtiyojlarga nisbatan miqdori kam bo’lgan ne’matlarning mavjudligi sharoitida vujudga keladi. Shuning uchun mulkchilik munosabatlari «ehtiyojlar hamda ularni qondirish imkoniyati doirasidagi ne’matlar miqdori o’rtasidagi nomuvofiqlik»2 muammosini hal eta oladigan yagona munosabat hisoblanadi.
Bunday nomuvofiqlik shunga olib keladiki, mulkchilik munosabatlarining markaziy holati bo’lib ularning rad etuvchi tavsifi maydonga tushadi. Mulkchilik munosabatlari – bu moddiy va nomoddiy resurslarga erishishni rad etish tizimidir. Resurslarga erishishda rad etish holatining mavjud emasligi, ya’ni, ularga erishishning erkinligi, bu resurslar hech kimniki emasligi yoki barchaga baravar tegishli ekanligini anglatadi. Bunday resurslar mulkchilik ob’ekti bo’la olmaydi. Ulardan foydalanish bo’yicha kishilar o’rtasida iqtisodiy, bozor munosabatlari ‘aydo bo’lmaydi.
Mulkchilik huquqlari nazariyasi mualliflarining nuqtai nazariga ko’ra resurslarga erkin erishishdan boshqalarning rad etilishi resurslarga bo’lgan mulkchilik huquqlarini tasniflashni anglatadi.
Tasniflashning ma’no va maqsadi mulkchilik huquqini haqiqatan ham mulkni yuqoriroq baholovchi, uning qadriga etuvchi, undan nisbatan ko’’roq foyda oluvchi kishilar tomonidan egallanishi uchun sharoit yaratishdan iborat.
«Agar ma’lum hatti-harakatlarni sodir etish uchun huquqlarni sotish va sotib olish mumkin bo’lganda edi, - deb yozadi R.Kouz, - ularni ‘irovardida eng yuqori baholovchi kishilar tomonidan sotib olingan bo’lar edi. Bu jarayonda huquqlar shunday tarzda sotib olingan, taqsimlangan va uyg’unlashtirilgan bo’ladiki, ular asosida yo’lga quyilgan faoliyat eng yuqori bozor qiymatiga ega bo’lgan daromad keltiradi».
Koo’erativ faoliyat uchta asosiy turga ajraladi: ishlab chiqarish, matlubot va aralash koo’erativlar.
Ishlab chiqarish koo’erativlari o’z a’zolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Ishlab chiqarish va xizmatlarning boshqa sohalaridagi koo’erativlarning har biri o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ular ichida qishloq xo’jaligi koo’erativlari alohida ajralib turadi.
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish koo’erativlarining asosiy shakli jamoa va shirkat xo’jaliklaridir.
Masalan, jamoa xo’jaliklari va boshqa qishloq xo’jalik korxonalari doirasida kollektiv va oilaviy ‘udrat hamda er uchastkalari va asosiy fondlarni ijaraga olish sharoitida daromadlari ‘irovard natijaga bog’liq ravishda shakllanadigan xo’jalik hisobidagi koo’erativ jamoalar tuzilmoqda.
Mulkchilikning davlat shakli bilan bir qatorda sohani rivojlantirishning bir qator masalalarini echishda (uy-joy, ijtimoiy infrastrukturaning boshqa ob’ektlari – sanatoriyalar, dam olish uylari, bolalar bog’chalari va shu kabilarni qurishda) koo’erativlarning roli oshib bormoqda.
Mehnatkashlarning shaxsiy mulki asosida ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalari, uy qurilish koo’erativlari, bog’-tomorqa shirkatlari va shu kabi koo’erativlar rivojlanmoqda.
Shaharlarda aholining tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabini yaxshiroq qondirish maqsadida davlat korxonalari va tashkilotlari uning tasarrufidan chiqarilib turli xil matlubot koo’erastiyalari vujudga kelmoqda. Matlubot koo’erastiyasining mulki mulkchilikning davlat va boshqa shakllaridan kelib chiqadi. Mulkchilikning bu shakli faoliyatida uning a’zolari o’z mehnati bilan ishtirok etishi shart emas. Matlubot koo’erastiyalari mustaqil yoki turli korxona, tashkilot va muassasalar qoshida tashkil qilinishi mumkin. Matlubot koo’erastiyasi tizimi xizmat ko’rsatish, shaxsiy tomorqa xo’jaligida etishtirilgan mahsulotlar va xalq hunarmandchilik buyumlarini shartnoma asosida sotishni ta’minlashda belgilangan huquqlardan foydalanadi.

Download 83.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling