Turli mulkchilik shaklida iqtisodiyot subyektlarini to‘g‘ri boshqarishda tahlilning roli
Download 83.44 Kb.
|
Turli mulkchilik shaklida iqtisodiyot subyektlarini to‘g‘ri bosh
Birinchidan, ular o’z tadqiqotlarida odatdagi «mulkchilik» tushunchasini emas, balki «mulkchilik huquqlari» tushunchasini qo’llaydilar. Ularning fikricha, resursning o’zi mulk hisoblanmaydi, balki resursdan foydalanish bo’yicha huquqlar to’’lami yoki ulushi mulkchilikni tashkil etadi.
Mulkchilikning to’liq «huquqlar to’’lami» o’z ichiga quyidagi 11 ta huquqni oladi: Egalik huquqi, ya’ni ne’matlar ustidan to’liq jismoniy nazorat o’rnatish huquqi; Foydalanish huquqi, ya’ni ne’matlarning foydali xossalarini o’zi uchun qo’llash huquqi; Boshqaruv huquqi, ya’ni ne’matlardan foydalanishni kim va qay yo’sinda ta’minlashini hal etish huquqi; Daromad olish huquqi, ya’ni ne’matlardan foydalanish orqali natija olish huquqi; Suverenlik huquqi, ya’ni ne’matni begonalashtirish, iste’mol qilish, o’zgartirish yoki yo’k qilish huquqi; Xavfsizlikni ta’minlash huquqi, ya’ni ne’matni eks’ro’riastiya qilinishi hamda tashqi muhit tomonidan zarar keltirilishidan himoyalash huquqi; Ne’matni merosga berish huquqi; Ne’matga ega bo’lishning muddatsizligi huquqi; Ne’matdan tashqi muhitga zarar etkazuvchi usullar orqali foydalanishni taqiqlash huquqi; Qarz uchun to’lov sifatida javobgarlik huquqi, ya’ni qarzni uzishda ne’matdan to’lov sifatida foydalanish imkoniyatini qo’llash huquqi; Qoldiq tavsifidagi huquq, ya’ni buzilgan vakolatlarni tiklanishini ta’minlovchi tartib va muassasalarning amal qilishi huquqi. Mulkchilik huquqlari ne’matlarning amal qilishi bilan bog’liq holda vujudga keluvchi va ulardan foydalanishga taalluqli bo’lgan kishilar o’rtasidagi jamiyat tomonidan (davlat qonunlari, ma’muriy farmoyishlar, an’analar, odatlar va h.k.) ruxsat etilgan hulqiy munosabatlardan iborat. Bu munosabatlar ne’matlar bo’yicha hatti-harakatlar me’yorini namoyon etib, kishilar o’zaro hatti-harakatlarda bu me’yorlarga amal qilishlari lozim. Aks holda, ularga amal qilmaganliklari uchun ma’lum sarf-xarajatlarga tushishlari, tovon to’lashlari lozim. Boshqacha aytganda, mulkchilik huquqlari jamiyatda qabul qilingan ma’lum «o’yin qoidalari»dan iborat. «Mulkchilik huquqlari – bu ma’lum resurslardan foydalanishni nazorat etish hamda bu borada vujudga kelgan xarajat va foydani taqsimlash huquqlaridir. Aynan mulkchilik huquqlari yoki, kishilarning fikrlaricha, tegishli o’yin qoidalari jamiyatdagi talab va taklif jarayonlarining aynan qay tarzda amalga oshishini belgilab beradi» Download 83.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling