Turli sanoq sistemalari haqida tushuncha pozitsion va nopozitsion sanoq sistemalari
Bir sanoq sistemasidan ikkinchisiga o`tish
Download 58,5 Kb.
|
1 2
Bog'liqTurli sanoq sistemalari haqida tushuncha pozitsion va nopozitsio
3. Bir sanoq sistemasidan ikkinchisiga o`tish.
Quyidagi jadvalda ba`zi bir sanoq sistemalarining sonlari orasidagi bog`lanish berilgan.
Bu jadvalga e`tibor beradigan bo`lsak, 8 lik sanoq sistemasining raqamlarini 2 lik sanoq sistemasida ifodalash uchun 2 likning kamida 3 ta raqami kerak bo`lar ekan. Bu 3 talik triada deb ataladi. Masalan, 8 lik: 0 1 2 3 ... 7 2 lik: 000 001 010 011 ... 111 Bu qoidadan foydalanib, 8 lik sanoq sistemasidan 2 lik sanoq sistemasiga o`tish mumkin. Buning uchun har bir 8 lik raqamini unga mos 2 lik triada bilan almashtirish kerak bo`ladi. Sonning qaysi sanoq sistemaga tegishli ekanligini ko`rsatish uchun indeksda shu sanoq sistemasining asosini yozib qo`yamiz. Masalan, 178 yozuvi 17 sonining 8 lik sanoq sistemasidaligini ko`rsatadi, A1216 yozuvi A12 sonining 16 lik sanoq sistemasidaligini bildiradi. 6128 sonini 2 lik sanoq sistemasiga o`tkazish uchun har bir raqamni mos 3 lik (triada) bilan almashtiramiz: 6128 - 110 001 0102 , Xuddi shuningdek, 1258 – 001 010 1012 yoki 1 010 1012; -7028 - - 111 000 0102; Bundan tashqari, biror sanoq sistemada berilgan sonni ikkinchi sanoq sistemaga o`tkazish uchun berilgan sonni o`tkazilishi kerak bo`lgan sanoq sistemaning asosiga bo`lib masalani hal qilish ham mumkin. Masalan, 610 ni ikkilik sanoq sistemaga o`tkazmoqchi bo`lsak, quyidagi algoritmlarni bajarishimiz kerak: 1. 6 ni 2 ga bo`lamiz: 6_2=3 (qoldiq 0) Birinchi qoldiqni q1(0) deb belgilab olamiz. 2. Bo`linma 3 ni 2 ga bo`lamiz: 3_2 (qoldiq 1), ikkinchi qoldiqni q2(1) 3. Bo`linmadagi 1 ni 2 ga bulamiz: 1_2 (qoldiq 1), uchinchu qoldiqni q3(1) Bu jarayon bo`linma 0 ga teng bo`lguncha davom ettiriladi. Natijada hosil bo`ladigan son 6 =q3 q2 q1 ko`rinishda bo`ladi, ya`ni 10 lik sanoq sistemadagi 6 soni ikkilik sanoq sistemasida 110 kabi bo`lar ekan. Demak, 610 = 1102. Foydalaniladigan adabiyotlar: Симонович С.В. Windows- 98. учебнўй курс.19 уроков для освоения операционной системў. С. Петербург, Москва 1999. T.X. Xolmatov, N.I. Taylakov, U.A.Nazarov Informatika va Hisoblash texnikasi. «Uzbekiston milliy entsiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, T 2001 Симонович С.В ва бошкалар “Обҳая информатика”, ”Специальная информатика”, ”Практическая информатика”, Москва, 2000 . www.tuit.uz www.ziyonet.uz Download 58,5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling