O‘zbek tili adabiyoti fakulteti
1405-guruh talabasi
Asadova Dinoraning
Axborot texnologiyasi fanidan
yozgan amaliy topshirig’i
Turli sanoq sistemalarining tarixida qo‘llanish va ularning ishlash asoslarini aytib bering.
Reja:
Sanoq sistemalari haqida ma’lumot.
Sanoq sistemalarining turlari.
Bir sanoq sistemasidan ikkinchisiga o‘tish.
Sanoq sistemalari haqida ma’lumot.
Hisoblash mashinalarining tuzilishi va ularda dasturlashtirish sanoq sistemalari bilan chambarchas bog’liq. Mavjud sanoq sistemalarini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: o‘rinli (pozitsion) va o‘rinsiz (nopozitsion) sanoq sistemalari. O‘rinli sanoq sistemasida raqam o‘zining sondagi turgan o‘rniga qarab turli qiymatni akslantirsa, o‘rinsiz sanoq sistemasida esa raqamning qiymati uning sondagi tutgan o‘rniga bog’liq emas.
O‘rinsiz sanoq sistemasiga qadimgi rim sanoq sistemasi misol bula oladi. Bu sanoq sistemasida sonlarni yozish uchun lotin harflari ishlatiladi, ya’ni I harfi har doim birni , V harfi beshni, X-o‘nni, L-ellikni, C-yo‘zni, D-besh yo‘zni, M-mingni va boshqalar. Bu sanoq sistemada 267 soni CCLXVII ko‘rinishda ifodalanadi. Bu sanoq sistemasida har bir harf har doim bir xil sonni ifodalaydi. Shuning uchun ham katta sonlarni yozishda yangi - yangi harflarni kiritishga to‘g’ri keladi. Kancha yangi harf kiritmaylik shunday sonni uylab topish mumkinki, uni mavjud harflar yordamida ifodalash murakkablashib ketadi.
Rim sanoq sistemasida harflarni iqtisod qilish maqsadida yangi qoida kiritiladi. Bu qoidaga ko‘ra kichik son katta sondan oldin kelsa kattasidan kichigi ayriladi va aksincha kichik son katta sondan keyin kelsa qo‘shiladi. Xuddi shuningdek, bir xil qiymatli sonlar yonma-yon kelsa ular qo‘shiladi. Masalan, IX–to‘qqizni ifodalasa, XI-o‘n birni, XX-yigirmani ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |