Turli tillardagi fonetik o`zgarishlar


Download 108.36 Kb.
Sana27.10.2020
Hajmi108.36 Kb.
#137216
Bog'liq
Tillardagi fonetik o`zgarishlar — копия

Turli tillardagi fonetik o`zgarishlar

Reja:

  • O`zbek tilidagi fonetik o`zgarishlar.
  • Turk tilidagi tovush o`zgarishlar.

O`zbek tilidagi fonetik o`zgarishlar

  • Nutq jarayonida turli xil so`zlarda tovush o`zgarishlari vujudga kelishi mumkin.
  • Tovush o`zgarishlari turlicha bo`lishi mumkin.
  • Jumladan, tovush tushishi, tovush almashinishi, tovush ortishi, tovush ikkilanishi kabilar.
  • Bunday tovush o`zgarishlari pozitsion va kombinator tovush o`zgarishlariga bo`linadi.

Kompozitsion o`zgarishlar

akkomodatsiya

disimilatsiya

metateza


assimilatsiya

diereza

Kombinator tovush o`zgarishlari

  • Kombinator ( lot. Combinare – qo`shmoq, birlashtirmoq) o`zgarishlar yonma- yon tovushlarning o`zaro ta`sirlashuvi natijasida yuzaga keladi.
  • Akkomodatsiya- (lot. Accomodatio-moslashish) – yonma-yon turuvchi 2 tovush (unli va undosh) artikulatsiyasining qisman moslashishi.
  • Masalan: til oldi unlilari (a, e, i) til orqa undoshlari (q, g`, x) ning talaffuz etilishiga muvofiqlashib orqaga siljiydi.

Assimilatsiya – yonma-yon kelgan ikki tovushning o`zaro o`xshashga aylanishi.

  • Assimilatsiya – yonma-yon kelgan ikki tovushning o`zaro o`xshashga aylanishi.
  • Mas: ketdi – ketti, sizsiz - sissiz
  • Dissimilatsiya – yonma-yon kelgan ikki tovushnining aksincha noo`xshashga aylanishi.
  • Mas: maqsad - maxsat
  • Metateza – yonma-yon kelgan iki tovushnining o`zaro o`rin almashinishi.
  • Mas: tuproq – turpoq, daryo – dayro
  • Diareza – (yun. Diaresis – ajralish, bo`linish) muayyan talaffuz sharoiti tufayli so`z tarkibidagi tovushlarning tushib qolishi.
  • Mas: pastqam - pasqam


Pozitsion o`zgarishlar

prokopa


sinkopa

apakopa


eliziya

sinerezis



proteza

epenteza


epiteza

Pozitsion fonetik o`zgarishlar

  • Pozitsion o`zgarishlar (lot. Positio – holat, joylashish) so`z o`zagidagi yoki unga qo`shiladigan qo`shimchalar tarkibidagi ayrim tovushlarning ma`lum fonetik qurshhov yoki pozitsiya natijasida talaffuz etilmasligi.
  • Prokopa –so`zning boshida talaffuzda tovush tushishi. Mas: yiring – iring, yilon – ilon.
  • Sinkopa – so`z o`rtasida tovushnining tushib qolishi. Mas: o`g`il – o`g`lim
  • Apakopa – so`z oxirida talaffuzda tovush tushib qolishi. Mas: baland - balan

Eliziya – unli bn tugovchi va unli bilan boshlanuvchi ikki so`zning qo`shilishi natijasida unlilardan birining tushib qolishi.

  • Eliziya – unli bn tugovchi va unli bilan boshlanuvchi ikki so`zning qo`shilishi natijasida unlilardan birining tushib qolishi.
  • Mas: yoza oladi – yozoladi
  • Sinerezis – so`z o`rtasida bir joyda kelgan ikki unlining biri kuchsizlanib, nutqda tushib qolishi.
  • Saodat – so:dat, maorif – mo:rif
  • Proteza – so`z bshida talaffuzda tovush ortishi.
  • Mas: stakan – istakan
  • Epenteza – so`z o`rtasida talaffuzda tovush ortishi. Mas: fikr – fikir
  • Epiteza – so`z oxirida talaffuzda tovush ortishi.
  • Mas: bank - banka

Turk tilidagi tovush o`zgarishlari

  • Turk tilidagi [d] tovushi til oldi, portlovchi, shovqinli, jarangli tovush
  • bo‘lib, uning artikulyatsiya o‘rni xuddi jarangsiz [t] tovushi kabidir.
  • Turk tilidagi [g] tovushi til orqa, portlovchi, shovqinli, jarangli undosh
  • tovush bo‘lib, artikulyatsiyasi xuddi [k] tovushi kabidir.
  • Turk tilidagi [v] tovushi lablanish, sirg‘aluvchi, shovqinli, jarangli
  • undosh tovushdir. [v] tovushining artikulyatsiya o‘rni xuddi [f] tovushi kabidir

E`tiboringiz uchun rahmat!


Download 108.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling