Turli tizimlar Axborot texnologiyalar
Download 169.88 Kb.
|
Turli tizimlar-fayllar.org
Ma’naviyat
1. Sharqda birinchi bo‘lib, ideal jamiyat, davlat va adolatli rahbar to‘g‘risidagi g‘oyalarni kim ilgari surgan? Abu Nasr Farobiy 2. «Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal» degan ibratli tamoyil qaysi tarixiy manbaning tub mohiyati hisoblanadi? Avesto 3. Arab tili grammatikasiga asos solgan hamda "Al-Mufassal" nomli asarni yozgan vatandoshimiz? Maxmud Zamaxshariy 4. Mirzo Ulug‘bek munajjimlik ilmida kimni o‘zining ustozi deb bilgan? Qozizoda Rumiy 5. Boburiylar davrining yuksak me’moriy obidasi bo‘lmish “Tojmahal” yodgorligi qaysi mamlakat va shaharda bunyod etilgan? Hindiston, Agra. 6. “Yo vatan yo sharofatli o‘lim” deya Vatan ozodligi uchun mo‘g‘ullarga qarshi kurashgan vatandoshimiz kim? Najmiddin Kubro 7. Mamlakatimiz hududida tashkil etilgan, Sharqdagi ilk akademiyalardan biri sanalgan ilmiy maskan nomini ko‘rsating? Xorazm Ma’mun akademiyasi. 8. Mazmuni va namoyon bo‘lish shakliga qarab, g‘oyalarni qanday turlarga bo‘lish mumkin? Ilmiy, diniy, falsafiy, badiiy, ijtimoiy-siyosiy, milliy, umuminsoniy g‘oyalarga. 9. Mafkuraviy profilaktika deganda nimani tushunasiz? Ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan turli shakllardagi g‘oyaviy – tarbiyaviy, ma’naviy–mafkuraviy ishlar majmui bo‘lib, u butun g‘oyaviy tarbiya tizimini qamrab oladi. M.p. g‘oyaviy bo‘shliqni tugatish, mafkuraviy parokandalikni oldini olish yoki biror-bir hudud, qatlam, guruhni yot va zararli g‘oyalar ta’siridan xalos qilish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda g‘oyaviy ta’sirning xilmaxil usul va yo‘llaridan foydalaniladi, turli vositalar qo‘llaniladi. M. p. tezkor va qisqa sur’atlarda yoki asta-sekin, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin. Birinchi holatda zudlik bilan chora-tadbirlar qo‘llash lozim bo‘lsa, ikkinchi holda, doimiy va sobit qadamlik bilan ish olib borish ko‘proq natija beradi. Mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirishda ham M.p.ning o‘rni katta. Zero, u mohiyatan, yot g‘oyalarning kirib kelishining oldini olish va ularni yo‘qotishga qaratilgan choratadbirlarga tayanadi. Ta’lim-tarbiya va targ‘ibot–tashviqot tizimi M. p.ni amalga oshirishga yordam beradi.Sog‘lom mafkurani xalq qalbi va ongiga singdirishga xizmat qiladigan ijtimoiy tuzilmalar, oila, maktab, mahalla, davlat va jamoat tashkilotlari ham unda o‘z o‘rniga ega. Shuningdek, Vatan, xalq manfaatlarini, do‘stlik va birodarlikni, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglikni targ‘ib-tashviq etuvchi ertaklaru dostonlar, qo‘shiqlaru raqslar, turli ko‘rinish va mazmundagi ma’naviy–ma’rifiy tadbirlar mafkuraviy profilaktikani amalga oshirish shakllaridir. 10. 1336 yil 9 aprel - bu...? Sarkarda, buyuk davlat asoschisi, ilm-fan homiysi Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun. 11. Abdulla Qodiriyning "O‘tkan kunlar" romanida qaysi davrdagi voqealar tasvirlanadi? 20-asrning 50 yillarida Turkiston 12. Mirzo Ulug‘bekning “Zijji jadidi Kuragoniy” kitobi nima haqida? Asar Samarqand yaqinidagi rasadxonada Mirzo Ulug‘bek rahbarligida yaratilgan (1437 y). Ilmiy asar Ikki bo‘limdan (batafsil yozilgan muqaddima va vaziyatlari elliptik sistemada berilgan 1018 ta yulduzning jadvalidan) iborat. Muqaddima 4 qismga ajratilgan. 1-qism-xronologiyada Sharq xalqlarining yil hisoblash usullari bayon qilingan. Arab, yunon, eron, xitoy va uyg‘urlarda yil hisoblash tartiblari, bularning biridan ikkinchisiga o‘tish yo‘llari va u xalqlarning o‘ziga xos milliy bayramlarini hisoblash usullari ifodalangan. 2-qism-amaliy astronomiya masalalariga bag‘ishlangan. Bunda ekliptika va ekvator orasidagi burchakni aniklash, osmon jismlarining koordinatalarini topish usullari, meridian chizig‘ini o‘tkazish, qibla azimutini aniqlash, geografik koordinatalarni topish, yil davomiyligini aniklash va osmon sferasida differensial o‘lchashlar o‘tkazish masalalari yoritilgan. Download 169.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling