Havo bilan chiniqtirish. - Havo bilan chiniqtirish (havo vannalarini qabul qilish)=- yoqimli hamda xavfsiz chiniqtirish muolajasi hisoblanadi.
- Bu chiniqtirish usulida havoning harorati katta ahamiyatga ega.
- 1.Issiqlik sezish qobiliyatiga qarab havo apparati 3 ga bo’linadi:
2.Issiq(iliq)-bunda havo harorati 20-30%0C bo’ladi. 3.Sovuqroq-bunda havo harorati 14-200C bo’ladi. 4.Sovuq-bunda havo harorati 100C dan past bo’ladi. - Havo vannalarini eng yaxshi qabul qilish vaqti bu yozdadir hamda atmosferada havosi toza, musaffo joylardadir. Havo vannalarini asosiy yotgan holatda, o’tirib yoki yurib, harakat qilib qabul qilish mumkin. Sovuqroq yoki sovuq vanna qabul qilayotgan vaqtda albatta jismoniy mashqlarni bajarish lozim. Yomg’ir yog’ayotganda, tumanda yoxud shamol tezligi 3m/s dan oshganda havo vannasini qabul qilish man etiladi.
- Suv muolajlari:- bu chiniqtirishning jadal muolajasi hisoblanadi. Chiniqtirishning asosiy omili bu suvning haroratidir. Suv muolajalarini doimiy ravishda qo’llash, shamollash kasalliklarini eng asosiy profilaktikasi hisoblanadi.
- Suv muolajalarini to’g’ri qabul qilish uchun sovuq suvning organizmga ta’sirini bilish kerak. Tana yuzasiga sovuq suv ta’sir etganda organizm javob beradi.Avval tomirlarning tez qisqarishi tufayli qon ichki organlarga intiladi. Teri rangpar va sovuq bo’lib qoladi. Bu vaqtda odam sovuq yeydi-birlamchi faza. Keyin ikkinchi fazada issiqlik “ishlab chiqaradi”, qon teriga oqib kela boshlaydi va sovuq yeyish iliqlikni sezish bilan almashadi.
- Ishqalanish - suv bilan chiniqishning birlamchi bosqichi. Bir necha kun davomida ho’l sochiq, gubka yoki qo’l bilan ishqalaniladi. Avval faqat bel, keyinchalik butun badanni (yuqori qismlardan boshlab), qo’l va belni suv bilan ishqalab, keyin sochiq bilan quruq qilib artiladi. Keyinchalik oyoqlar artiladi. Hamma muolaja ishqalash bilan birga 5 minutdan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |