Konstruktorlar. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar mashg`ulotdan tashqari konstruktorlardan (taxtali, plastmassa, metal va keramika) foydalanadilar. Bu to'plamlar orqali turli konstruksiyalar yasash mumkin. Tarbiyachi rahbarligida bolalar oddiy birlashtirish usulidan suratlar bo'yicha turli xil harakatli konstruksiyalar yasaydilar. Asosiy diqqat bolalarda ma'lum qismlarini birlashtirish malakalarini shakllantirishga qaratiladi. Bunda bolalar qo'llarining muskullari ishtirok etadi, bu yoshda qo'l muskullari hali yaxshi rivojlanmagan bo`ladi. Tarbiyachi avval konstruktor yig'ishning metodik ko'rsatmalarini o'rganadi. Tarbiyachi rahbarligida qurilish materiali va konstruktorlar bolalarga ketma-ket beriladi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar mashg'ulotdan tashqari vaqtda turli xil konstruktorlardan: yog'ochli, platmassali va metalldan tayyorlangan konstruktorlardan foydalanadilar. Bolalar bu to`plamlar yordamida detallarning joylashtirilishi ancha murakkab bo`lgan qurilmalar yasaydilar. Tarbiyachi rahbarligi ostida bolalar yangi birlashtirish yo'llarini va turli xil xarakterdagi konstruksiyalarni rasmga chizmaga qarab yaratishga o'rganadilar. Bu ishlarni bolalarga taklil etishdan oldin, tarbiyachining o'zi bu konstruktorlar, ularga berilgan metodik ko'rsatmalar bilan yaxshilab tanishib, o'rganib chiqishi zarur. Bolalarga qurilish materiallari va konstruktorlar to'plarni hammasi birdaniga berilmaydi, balki asta-sekin, ketma-ket bolalarning o'zlashtirishlariga qarab beriladi. .
Birinchi va ikkinchi kichik guruhlarda qurish-yasashga orgatishning vazifalari.
I kichik guruh. Bolalarga qurilish materiali-kubik, g`ishtcha, turli xil shakldagi shakllar bilan, ularning qanday holatda joylashganligi (g'ishtcha yotibdi, turibdi) bilan tanishtiriladi. Bundan tashqari, kubiklarni gorizontal holda joylashtirish, bir-birining ustiga qo yish, darvoza, uycha qurish kabilar ham o'rgatiladi. Tarbiyachi qurilmalar va tevarak olamdagi tanish predmetlar o'rtasidagi o'xshashlikni topishni bolalardan so'raydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |