Turli yoshdagi guruhlarda huquqiy tarbiya berishni tashkil etish


Download 166.24 Kb.
bet9/10
Sana03.02.2023
Hajmi166.24 Kb.
#1151095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
HOSHIMOVA321562234

Tarbiya jarayoni – tarbiya jarayonining mohiyati va jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va xatti – xarakatni asta – sekin ko’nikmaga aylantirib borish lozim.
Tarbiya – keng ma’noda u yoki bu sifatlarning yoki ijtimoiy guruhlarning maqsadlariga muvofiq odamlarning yangi avlodlariga aval avlodlarning ijtimoiy – tarixiy tajribasini uzatish vositasi bilan jamiyatning rivojlanishini ta’minlovchi vazifasi.
Tarbiya usuli - tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning hamkorlikdagi faoliyat va o’zaro ta’sir ko’rsatish usullaridir.
Tarbiya maqsadi – talaba – yoshlarda milliy g’oya va milliy mafkurani shakllantirishda ilmiy pedagogik tadqiqot metodlari qo’llaniladi.
Ma’naviyat – ( arabcha – ma’nolar majmui kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, ahloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmui.
Ma’naviyat – kishining ichki, ruhiy, ahloqiy qiyofa tushunchasi bo’lib ma’lum bir axloq me’yorlari, maromlari asosida yashash tarzi umumam hayotdir.
Ahloq – inson hayotida o’z – o’zini idora qilish me’yorlarini, boshqalar bilan munosabatda bo’lish ma’daniyatini, halol ishlab, to’g’ri xayot kechirish me’zonlarini o’rgatadi.
Ma’naviy ahloqiy tarbiya – ma’naviy ongni bir maqsadni ko’zlab tarkib toptirish, axloqiy tuyg’ularni rivojlantirish hamda xulq – atvor ko’nikmalari va odatlarini xosil qilishdan iborat. Prezidentimizning ijtimoiy-madaniy sohadagi farmonlari, qarorlarini bajarishda xalqimiz qo’lga kiritgan yutuqlarini, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam yoritib borish mavzuli kechalarning ushbu yo’nalishida markaziy o’rinni tutadi. Bu kechalarda doimo mehnat, kundalik turmush, har kungi ishlarimiz, voqeligimizdagi sifat o’zgarishlari solnomasi namoyish etiladi. Ma’naviyat va madaniyat sohasidagi ulkan yutuqlarni eks ettirish ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, milliy madaniyatimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklashdagi muammolar, kundalik hayotimizda sodir bo’layotgan milliy qadriyatlarimizga havf solayotgan voqea-hodisalarni tanqidiy yondashuv bilan aks ettirish muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Konstitutsiyamiz va milliy istiqlol g’oyamizning asosiy tamoyillaridan bo’lgan diniy bag’rikenglik tamoyilini oyoqosti qilmoqchi bo’ldilar. Ularning Konstitutsiyamiz va milliy istiqlol g’oyamizga qarshi harakatlari, ayni paytda Vatanimizga, uning osoyishtaligi va barqaror rivojiga qarshi qaratilgan harakat edi. Mana shu haqiqatni yoshlarga ta’sirchan qilib ochib berilsa, ularning Vatanga nisbatan muhabbat tuyg’ulari jo’sh uradi, mustahkamlanadi.
Bayramlarning tarbiyalanuvchiga o’tkazadigan ma’naviy-ahloqiy ta’siri shu tadbirlarning ularga qanchalik yoqqani yoki yoqmaganiga bog’liq ekanini nazarda tutib quyidagicha tajriba o’tkazdik. Bayram tadbirlarida ishtirok etganlarga “Siz bayram tadbirini tayyorlashda ishtirok etdingizmi yoki yo’qmi?”,“Sizga o’tkazilgan tadbir yoqdimi yoki yoqmadimi?” degan savollar bilan murojaat qildik. O’tkazilgan bu tajribamiz ham mavzuli kechalar haqidagi tajribaga yaqin natijalarni ko’rsatdi.

XULOSA
Usib kelayotgan avlod huquqiy tarbiyasining xususiyatlari yangi jamiyatning o’z xarakteri, turmush tarziga asoslanadi. Ularning hammasi prinsipal jihatdan yangi, yanada murakkab muammolarni hal etish zaruriyatini taqozo qiladi.
Avvalo, huquqiy tarbiya yangi insonni kamol toptirishning samarali vositasi hisoblanadi. Qonunlar jamiyatimizning eng muhim axloqiy normalarini ifodalash bilan ayni bir vaqtda ushbu normalarning nafaqat e’lon qilinishi, shu bilan birga real ta’minlanishining dalili bo’lib ham xizmat qiladi. SHu jihatdan olganda huquq qudratli tarbiya vositasi hisoblanadi.
Huquqiy tarbiya yana shuning uchun ham muhimki, jamiyat qonunlari o’zining dalzarbligini saklab qoladigan ilg’or va insoniy qoidalarni o’z ichiga olgan bo’ladi. Turgan gapki, o’z mohiyatini yo’qotgan normalar barham topadi, lekin ko’pgina narsalar saqlanib ham qolai. Avvalo, mehnat intizomiga, uning samaradorligini, unga nisbatan ijodkorona munosabatni ta’minlashga, iqtisodiy negizni mustahkamlashga, shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarning uyg’un tarzda qo’shib olib borilishiga, odamlarning bir-biriga do’stona munosabatda bo’lishiga taalluqli va shu kabi qoidalar yashab qoladi. Endi ular huquqiy norma, qonun sifatida bo’lmaydi. Odamlar tegishli qoidalarga amal qilishga o’rganishadi, bu ular uchun odat tusiga kiradi. Ana o’shanda bunday qoidalarni qonunlarda mustahkamlab qo’iish va ularni, mabodo bunday qoidalarga rioya qilinmaganida buning uchun tegishli huquqiy javobgarlikka jalb qilinadi, degan ko’rsatma orqali isbotlab qo’yishga bo’lgan zaruriyat o’z-o’zidan barham topadi. Bunday qoidalar endi ma’naviy tartibga soluvchilar tarzida amal qilaveradi.



Download 166.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling