Turli yoshdagi guruhlarda huquqiy tarbiya berishni tashkil etish
Download 160.47 Kb.
|
Dilanavoz1562234
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. HUQUQIY TARBIYANING ASOSIY YO’NALISHLARI…..
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI O`ZBEKISTON FINLANDIYA PEDAGOGIKA INSTITUTI MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI MAKTABGACHA TA’LIM YO’NALISHI 208-GURUH TALABASI HOSHIMOVA DILNAVOZNING “TURLI YOSHDAGI GURUHLARDA HUQUQIY TARBIYA BERISHNI TASHKIL ETISH”. mavzusidagi KURS ISHI Ilmiy rahbar:_________________________ SAMARQAND-2023 MUNDARIJA Kirish....... 3 I BOB. HUQUQIY TARBIYA TUSHUNCHASI.... 1.1 Huquqiy tarbiya tushunchasi mazmun-mohiyati…… 5 1.2 Yoshlarning huquqiy ongini shakllantirishda huquqiy tarbiyaning roli……….28 II BOB. HUQUQIY TARBIYANING ASOSIY YO’NALISHLARI….. 2.1 Huquqiy tarbiya…………………….………………………………………31 2.2 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiyani tashkil etish …………….40 III. XULOSA…. 42 IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI..... 43 Kirish Huquqiy tarbiya - bu shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy ko’rsatmalarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko’nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi uyushgan, bir tizimli, aniq maqsadni ko’zlagan holdagi tasvir ko’rsatilishidir. Shuni ta’kidlash kerakki, yaqin o’tmishda ham huquqiy tarbiyaga u haqiqatda sazovor bo’lishi kerak bo’lganidek darajada e’tibor berilmas edi. Pedagogikaga doir darsliklarda shaxsning aqliy kamoloti, mehnati, jismoniy, ma’naviy, estetik tarbiyasi haqida so’z borar ediyu, lekin huquqiy tarbiya xususida eslatilmasdi. Tarbiyaviy ishning mustaqil yo’nalishi tarzida huquqiy tarbiya yo’nalishining ajratib qo’yilmasligi o’sib kelayotgan avlodning ayrim qismi huquqiy ongi ahvoliga salbiy ta’sir ko’rsatmay qolmadi. O’zbekiston huquqiy davlat barpo etish sari qadam qo’yilib, bu yo’lda huquqiy tarbiya, huquqiy ongni takomillashtirish masalalariga katta etibor berib kelinmoqda. Bu masuliyatli vazifada mehnat jamoalarida, bilim maskanlarida va har bir shaxs bian olib borish borasida ko’p qirrali ishlar qilinmoqda. Huquqiy tarbiyali bo’lish uchun har bir shaxs umumhuquq bilimga, uni ongli ravishda qabul qilishga va huquqiy madaniyatni alohida bajarishga yetarli darajada huquqiy saboq olish kerak. Lekin hozirgi paytgacha huquqiy tarbiya tushunchasi, uning tushuntirish metodlari olimlarimiz tomonidan to’laligicha yoritilmagan. Tinglovchilar xususiyatiga bog’liq omillarda tarbiyachi tinglovchilarning qabul qilish darajasi, yoshiga, maxoratiga va boshqa xususiyatlariga etibor bergan holda tarbiya usulini tanlashdan iborat. Subhasiz, huquqiy, siyosiy va ma’naviy ongning o’zaro bog’liqligini esdan chiqarmaslik kerak, lekin shuni ham nazarda tutish lozimki, ularni bir-biri bilan qo’shib yuborish mumkin emas. Tarbiyaviy ishning o’ziga xos yo’nalishidagi huquqiy tarbiyaning mustaqilligi avvalo uning mazmuni bilan bog’liqdir. Huquqiy tarbiya ongning mustaqil shaklini - huquqiy ongni shakllantiradi, bu esa tarbiyaning o’ziga xos shakllari va usullarini izlab topish va qo’llanish zaruriyatini taqozo etadi. Tarbiyachilar zarur hajmdagi huquqiy bilimlar bilan qurollangan bo’lishi va tarbiyalanuvchilarda huquqiy ongni shakllantirish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish uslubiyotini egallashi lozim. Ma’lumki, huquqiy ong - ijtimoiy ong shakllaridan biri. Agar ijtimoiy ong umuman ijtimoiy borliqning aksi bo’ladigan bo’lsa, unda huquqiy ong faqat mavjud huquqiy voqea-hodisalarni, shuningdek huquq yordamida tartibga solinishi mumkin bo’lgan Hodisalarni aks ettiradi. Huquqiy ong - bu jamiyatda ommaviylashgan huquqiy, shuningdek kishilarning xulq-atvoriga, ijtimoiy muassasalar qadriyatlariga huquq haqidaga shunday tasavvurlar nuqtai nazaridan munosabatini ifodalaydigan nazariyalar, g’oyalar, qarashlar va tasavvurlar majmuidir. Download 160.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling