Biologik nuqtai nazardan sog’lom turmush tarzi:
Organizmning yoshiga bog’liq xususiyatlarga va salomatlik holatiga mos kelishi, organizmning energiya ta’minotiga bulgan talabini iste’mol qilinayotgan oziq-ovqat maxsulotlari xisobiga to’la qondirilishi;
Organizmning mustahkam va jismoniy faol bo’lishi;
Belgilangan kun tartibiga rioya qilish, mexnat qilish va dam olishni mutanosib qilishga asoslanishi, hayot ritmlariga mos kelishi. Ijtimoiy nuqtai nazardan esa:
Axloqiy pok bo’lish;
Iroda asosida boshqarish;
Go’zal bulishi;
O’zini-uzi tarbiyalashga asoslanishi lozim.
Sog’lom turmush tarzi tushunchasi o’z tarkibiga:
Zararli odatlardan (tamaki chekish, spirtli ichimliklarni ichish va
giyoxvandlik )tiyilish.
Muttasil ravishda jismoniy va xarakat faolligi, mo’’tadil harakatlanish tarbiga rioya kilish:
Tarkib jixatidan tenglashtirilgan va rastional ovqatlanish:
Organizmni chiniqtirish:
Shaxsiy va jamoatchilik gigienasi:
Ijobiy ehtiroslar, ziddiyatli vaziyatlardan o’zini chetga olish, stress holatlarini oqilona echimini topa bilish:
Tartibli mexnat qilish va to’laqonli dam olish:
Qulay ruhiy holatga ega bo’lish bilan ruxiy filiologik jixatdan qoniqib yashash:
Yuksak tibbiy faollikga ega bo’lish:
Iqtisodiy va madaniy jihatdan mustaqillik:
O’z ishidan qoniqish hosil qilib yashash kabi yo’nalishlarni qamrab oladi.
F an – texnikaning g’oyat ulkan imkoniyatlari odamlardan sog’lom turmush tarzini shakllantirishni o’z-o’zidan taminlab bermaydi.Bu o’rinda sub’ektib omilning, ya’ni sog’lom gigienaga asoslangan turmush tarzini ta’minlovchi kuchli ijtimoiy siyosatning faol rol o’ynashi talab etiladi. Sog’lom tarzi mexnat, turmush va dam olish gigienasi, shaxslar aro madaniyatini, ekologik madaniyat o’z organizmini fiziologik jihatdan avaylash va atrofdagilarning salomatligi to’g’risida qayg’urish singari kopleks omillarni o’z ichiga oladi.
Mamlakatimizning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti o’sib va rivojlanib borayotgan hozirgi davrda sog’lom turmush tarzining ijtimoiy – gigienik mezonlarini aniq belgilab olishning ahamiyati ayniqsa ortadi.
Me’zon- bu shunday bir o’lchamki uning yordamida biz uchun o’lchanishi zarur bo’lgan jarayonlarning shakllantirilgan etalon (standart) bilan taqqoslash imkoniyatiga ega bo’lamiz, uni baholay olamiz. Sog’lom turmush tarzidek murakkab ijtimoiy jarayonlarini o’lchashda uning biz uchun maqbul va zarur bo’lgan o’lchamlarini shakllantirish muhim amaliy axamiyatga egadir. Sog’lom turmush tarzini o’lchashda ishlatilishi mumkin bo’lgan bunday mezonlar qatoriga shaxsning:
Do'stlaringiz bilan baham: |