Aprior (lot. apriori – dastlabki) – tajribagacha, tajribadan tashqarida paydo bo‘lgan bilim, tushuncha.
|
Apirior
|
A priori
|
Argument (lot. argumentum – isbot asosi) tezisniisbotlash uchun keltiriladigan fikr. Bunday fikrning to‘g‘riligi amaliyotda isbotlangan bo‘lishi kerak.
|
Argument
|
Argument
|
Aristotel (Arastu) (mil.av.384-322) – qadimgi Yunonistonda o‘ziga xos falsafiy ta’limot yaratgan buyuk mutafakkir. U fan taraqqiyotining o‘zigacha bo‘lgan barcha yutuqlarini umumlashtirib, fanlarning tasnifini yaratgan. «Nikomax etikasi, «Axloqi kabir» va «Siyosat» asarlarida axloq haqidagi fikrlarni sistemalashtirib unga etika deb nom bergan. Arastu etikasining asosida baxtga intilish g‘oyasi yotadi.
|
Aristotel
|
Aristotle
|
Artefakt (lot. arte – san’at va factus – qilingan) – inson tomonidan sun’iy qilingan, «sivilizatsiya – madaniyat» tizimidagi element.
|
Artefakt
|
Artifact
|
Arxetiplar (yunon. arche – boshlang‘ich va typos – obraz) – formal xarakterga ega bo‘lgan, muayyan madaniy mazmun bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladigan inson ruhiyatining universal strukturalari.
|
Arxetipi
|
Archetypes
|
Asketizm (yunon. askeo – mashqlarni bajarish) – muayyan ijtimoiy maqsadlarga erishish yoki axloqiy o‘zlikni saqlash maqsadida shaxvoniy xirslarni tiyish, moddiy olam lazzatlaridan voz kechishni, tarkidunyochilikni e’tirof etuvchi axloqiy tamoyil.
|
|