Turon yo’lbarsi


Download 120.83 Kb.
Sana17.10.2023
Hajmi120.83 Kb.
#1705505
Bog'liq
Turon yo’lbarsi

Turon yo’lbarsi

Tuzuvchi:E. Shoxrux

Turon yo’lbarsi rasmlari

U haqida malumot

  • Yo‘lbars - yo‘l-yo‘l chiziqli yirik mushukni kim ham bilmaydi? Tasavvurimiz darhol Hindistonning changalzorlarini yoki Uzoq Sharq taygasini ko‘z oldimizga keltiradi.
  • Aslida bu hayvonning areali juda katta: sharqiy Sibir janubidan Malay arxipelagining orollariga qadar. Turli joylardan bo‘lgan yo‘lbarslar bir-biridan kuchli farq qiladi. Turli geografik hududlarda yo‘lbarsning ko‘ndalang yo‘l-yo‘l tusi o‘zgaruvchan va bu kenja turni ajratish uchun asos deb hisoblanadi. Ular Bengal, Xitoy, Sumatra, Amur, Yava, Bali, Turon yo‘lbarslari kenja turlariga ajratiladi. Shu kenja turlarning ichidan Turon yo'lbarsini oxirgi marta tiriklayin yarim asr avval ko'rishgan.

Malumot

  • Bu kenja turdagi yo‘lbarslar junining yorqin-olov rang tusi va badanidagi chiziqlarining uzunligi bilan ajralib turgan - yo‘l-yo‘l chiziqlari uzunroq va jigarrang tusga ega bo‘lgan. Bu kenja turning juni qishda qalinroq va yumshokroq bo‘lib qolgan, bundan tashqari qishda ho‘rpaygan chekka soqllari paydo bo‘lgan. Zamonaviy tadqiqotlarning ko‘rsatishlaricha Turon yo‘lbarsi ancha katta, tahminan Amur kenja turiga yaqin, biroq bengal kenja turidan kichikroq edi. Turon yo‘lbarsining 240 kilogrammga teng bo‘lgan yirik o‘lchamlari to‘g‘risidagi aniq ma’lumot mavjud. Lekin, bu kenja turning o‘ta yashirin h‘ayot tarzi tufayti, bundan yirikroq nus'halari ham bo‘lgan, degan tahminlar ham bor. Bu yirtqichning istiqomat qilish joylari to‘qayzorlar, daryo bo‘ylaridagi kamishzorlar bo‘lgan. Ushbu kenja tur yo‘lbarslar uchun yemish asosan jayronlar, sayg‘oqlar, qulonlar, bug‘ular va to‘ng‘izlar. Ko‘chmanchi to‘ng‘izlar ortida Turon yo‘lbarsi Shimoliy Qozog‘iston va Oltoygacha yetib borganligi to‘g‘risida ma’lumotlar ham bor. Turon yo‘lbarsi tarqalish doimiy arealining shimolidagi chegarasi Qozog‘istondagi Balxash ko‘li edi O‘tmishda Kavkazda ham uchraganligi to‘g‘risida tahminlar mavjud, ammo uni ko‘rishgani to‘g‘risida hech qanday ma’lumotlar yo‘q.

Chumchuqlarga qiron keltirgan Xitoy

  • Bundan 64 yil oldin, 1958 yilda Xitoyda dalalardagi bug‘doy hosilini asrash uchun chumchuqlarga qarshi kurash boshlanadi. Mamlakatdagi qariyb barcha chumchuqlar qirib bitiriladi. Shundan so‘ng tabiatdagi muvozanat buzilib, Xitoy qishloq xo‘jaligi katta zarar ko‘radi. Oqibatda bir necha o‘n million odam halok bo‘ladi.
  • Bugun dunyoning ikkinchi iqtisodiyotiga ega bo‘lgan Xitoy ikkinchi jahon urushidan keyin qoloq bir mamlakat edi. Urushdan so‘ng davom etgan 4 yillik fuqarolar urushida SSSR tomonidan qo‘llangan kommunistlar g‘alaba qozonadi. Mamlakat xalq respublikasi deb e’lon qilinadi va Mao Tszedun uning rahbari bo‘ladi.

Chumchuqlarga qiron keltirgan Xitoy

  • 1957 yil 18 fevral kuni Xitoy kommunistik partiyasining navbatdagi s’yezdida Xitoyni rivojlantirish bo‘yicha «Katta sakrash» deb nomlangan dastur muhokama qilinadi. Bu dasturning hammualliflaridan biri o‘sha paytda Xitoy ta’lim vazirining o‘rinbosari bo‘lgan biolog Chjou Tszyan edi.
  • U o‘z dasturida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va odamlarning qornini to‘ydirish uchun chumchuqlar va kalamushlarni yoppasiga qirib bitirishni taklif qilgandi. Chjou Tszyanning hisob-kitoblariga ko‘ra mamlakatda yetishtirilayotgan bug‘doyning katta qismini chumchuqlar va kalamushlar yeb qo‘yyapti. Agar ular qirib tashlansa, millionlab odamlarni to‘ydirsa bo‘ladigan bug‘doyni asrab qolish va mamlakat aholisini qashshoqlikdan chiqarish mumkin bo‘ladi.
  • Kompartiya s’yezdida otashin nutq so‘zlagan Chjou Tszya o‘z vaqtida Prussiya qiroli Buyuk Fridrix ham shunday yo‘l tutganini va ijobiy natijalarga erishgani haqida gapiradi.

Download 120.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling