-58-
Nazorat uchun savollar
Sog‘lom avlod jismoniy tarbiyaning maqsadi nimalardan iborat?
Sog‘lom avlod jismoniy tarbiyasining vazifalarini
ayting.
Jismoniy tarbiyaning qanday vositalari mavjud?
Jismoniy mashqlar-jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi ekanligini izohlang.
Jismoniy mashqlarning qanday shakllari mavjud?
-59-
IKKINCHI BOB. BOLALARNI RIVOJLANTIRISH
JISMONIY TARBIYA METODIKASI
BIRINCHI BO‘LIM. BOLALAR RIVOJLANISHINING
YOSH XUSUSIYATLARI
Bolalarning rivojlanishi va o‘sishi uzluksiz davom etadigan jarayondir. Bu davrda uning shaxs sifatida shakllanishi, ilk bor olamni atrofdagi ashyo va buyumlar orqali anglab, undan o‘zicha ma’no topishga intilishi, qiziqish va hissiyotlari rivojlanishini kuzatamiz.
Hayotning har bir davri, rivojlanish xususiyatlari va ehtiyojlariga ko‘ra o‘ziga xos bosqichlarga ega. Bolaning o‘sib, ulg‘ayishida maktabgacha bo‘lgan davrni shular sirasiga kiritish mumkin. Bolalar ohangraboli olam hisoblanib, juda tez o‘sish, rivojlanish va o‘zgarishlar ichida yashaydilar. Bu farzand tarbiyasida aynan shu palla qanchalik ahamiyatli ekanining yana bir isbotidir.
“Bolajon”dasturiga ko‘ra bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash davri shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh).
Do'stlaringiz bilan baham: |