Turon zamin ziyo


Download 0.92 Mb.
bet55/92
Sana07.02.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1175879
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   92
Bog'liq
BOLALAR RIVOJLANISHIDA JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI

Asosiy harakatlar


Yurishni mashq qilish. Turli usullarda yarim o‘tirgan holda tovonda barmoq uchlari bilan qadam tashlab turli tomonga oyoqni yonlama qilib, qarsak chalib yurish, oyoq uchida, qo‘llarni bosh orqasiga qo‘yib yurish. Ko‘zni yumgan holda 3-4 metr masofani o‘tish, oyoqlarni chalishtirib yurish. Harakatlarni bajarib yurish.


Yugurishni mashq qilish. Oyoq uchida kichik va katta qadam tashlab to‘siqlarni oshib yoki aylanib o‘tish, yugurish vaqtida turli buyumlar orasida ilon izi bo‘lib yugurish (yugurish 1, 5-2 daqiqa davom yetadi) hamda 60-100 metrga o‘rta tezlikda yugurish.


Sakrashni mashq qildirish. Turgan joyda oyoqni juftlab


-137-
sakrash, oyoqni chalishtirib to‘g‘irlab, galma-galdan o‘ng yoki chap oyoqdan sakrash, oyoqni juftlab yonlamasiga pastroq to‘siq ustidan sakrab o‘tish: goh o‘ng oyoqda, goh chap oyoqda sakrash, 80 sm uzunlikka sakrash yugurib kelib balandlikka uzunlikka sakrash, qimirlab turgan va qimirlamay turgan arg‘imchoq ustidan sakrash.


Otib va ilib olish, irg‘itishni mashq qildirish. To‘p bilan bajariladigan mashqlarni mukammallashtirish. To‘pni ketma-ket 1 metr yuqoriga otishga o‘rgatish. To‘pni yerga tashlash va ikki qo‘l bilan ilib olish, yuqoriga otib to tushgunga qadar qarsak chalishga ulgurish, ketma-ket 10 marta yerga urib o‘ynash. Turli usullarda ilib olish, og‘ir to‘plarni dumalatish kabilarni o‘rgatish.


Emaklash va o‘rmalab chiqishni mashq qilish. To‘rt oyoqlagan holda bosh bilan to‘pni 3-4 metr masofaga itarish. To‘siqlar ustidan emaklab o‘tish o‘rindiq ustida orqaga va oldinga emaklash, qorin bilan siljish o‘rindiq ostidan emaklab o‘tish, siljish turlarini almashtirib turish gimnastika devoriga chaqqon chiqish arqonni ushlab osilish. Yotgan holatni egallash shuningdek, emaklab o‘tish, narvonga tez chiqib tushish, tirmashib chiqishning turli usullaridan foydalanib narvonga chiqish va tushish arqonga imkoni boricha yuqoriga tirmashib chiqish.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling