Turon zamin ziyo
-§. Velosipedda uchishga o‘rgatish metodikasi
Download 0.92 Mb.
|
BOLALAR RIVOJLANISHIDA JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI
2-§. Velosipedda uchishga o‘rgatish metodikasi
Maktabgacha tarbiya muassasalarida uch g‘ildirakli va ikki g‘ildirakli velosipedlardan foydalaniladi. Avvalo bolalarni velosipedda yurish qoidalari bilan tanishtiriladi. Bolalar ikki yoshdan uch g‘ildirakli, besh yoshdan ikki g‘ildirakli -170- velosipedda yurishga o‘rgatiladi: velosipedga o‘tirishga undan tushishga, to‘g‘riga, aylana bo‘lib, «ilon izi» bo‘lib haydash, ortga burish topshirig‘i beriladi. Shundan so‘ng bolalarni velosipedda to‘g‘riga haydash, burilishlar qilishga (kattalar yordamida) o‘rgatiladi. Velosiped uchishga o‘rgatishda bolalarni ketma-ket tarzda mashqlarga o‘rgatish lozim: velosiped qismlari bilan tanishish; rulni ushlab velosipedni to‘g‘ri, aylana bo‘ylab haydash; oyoqni o‘rindiq ustidan oshirib o‘tkazib joyida turgan velosipedga o‘tirish (bunda o‘rindiq bolaning oyoqlari yerga tegadigan holatga tushirilgan bo‘lishi kerak); oyoqlari bilan yerdan itarilib, to‘g‘ri yo‘ldan velosipedda muvozanat saqlab uchish (1 – 2 marta tarbiyachi velosiped egaridan ushlab yordam beradi, keyin bola mashqni mustaqil bajaradi); oyoqlarini ko‘tarib, muvozanat saqlab, kichikroq masofani yurib o‘tish (oyoqlar yordamida yerdan itarilish bilan tezlik olinadi); oyoqlar bilan yerdan itarilib, to‘g‘ri yo‘ldan kichikroq masofalarni o‘tish (bunda avval bir oyoq, keyin har ikki oyoq pedalga qo‘yiladi); oyoqlar bilan yerdan itarilib tezlik olgandan keyin oyoqlarni pedalga qo‘yish va uni aylantirish, oyoqni pedaldan olish va ularni yerga tekkizib, velosipedning yurishini sekinlashtirib uni to‘xtatish; pedallarni aylantirib, to‘g‘ri yo‘ldan velosiped uchish; katta aylana bo‘ylab uchish; to‘xtash va velosipeddan tushish; 171 - yo‘nalishga hamda boshqa velosipedchilardan 4-5 metrlik masofaga rioya qilib, aylana bo‘ylab velosiped uchish. Tarbiyachi velosipedga o‘tirishni, qoidalarning bajarilishini, harakatlarni dozalashni kuzatib boradi. Agar toliqish alomatini sezsa, bolaga haydashni bas qilishni aytadi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling