-219-
Yengil koptokni uzoqqa uloqtirish.
Test asfalt qoplamli yo‘lakchada o‘tkaziladi. Uloqtirish hududining eni 3m, uzunligi 15-20 m bo‘lishi kerak. Yo‘lakchada har bir metr bo‘r bilan belgilanadi. Tarbiyachi buyruq berganida bola chiziqda turib bitta qo‘li yordamida koptokni uloqtiradi, uloqtirganda oyoqlar turishini o‘zgartirish mumkin emas. Sinov 3 marta takrorlanadi. Eng yaxshi natija hisobga olinadi. Test 3-7 yoshar bolalar uchun mo‘ljallangan.
Test uchun kerakli anjomlar: yengil koptok yoki 200 grammli qum qopchalari- 3 dona, bo‘r, ruletka, belgilangan yo‘lak.
Ikki oyoqda 10 sek. davomida yon tomonga sakrash.
Sinov qum qoplangan maydonchada yoki sportzalda o‘tkaziladi. Yo‘lakchada 35 sm orasi ikkita chiziq chiziladi, zalda esa rangli lenta bilan belgilanadi. Bola o‘ng oyog‘i bilan chiziqni bosib turadi, “start” buyruq berilgandan so‘ng yon tomonga o‘ng oyog‘i bilan chap tomondagi chiziqni mo‘lljallab sakrashni boshlaydi. Tarbiyachi sekundomerni yoqib, “Stop” deganicha. Ikkinchi tarbiyachi chap tomonga xar bir sakrashini xisobga oladi, boladan chiziqni aniq bosish talab qilinadi. Test 2 marta o‘tkaziladi va eng yaxshi natija hisobga olinadi. Test uchun kerakli anjomlar: sekundomer, 2 ta rangli skotch-lentasi, maydoncha. Test 4-7 yoshar bolalar uchun mo‘ljallangan.
Chaqqonlikni aniqlash sinovlari.
metr masofaga yugurish. Yugurish yo‘lagi eni 2-3 m, uzunligi 40-metrdan kam bo‘lmasligi kerak, sinov stadionda o‘tkazilsa ham bo‘ladi. Bayroqchalar bilan start va finish chiziqlari belgilanadi. Sinovni 2 ta tarbyachi o‘tkazadi, bittasi
start chiziqida bayroqcha bilan turadi, ikkinchisi finishda sekundomer bilan. Test uchun kerakli anjomlar: 2ta sekundomer, 2ta bayroqcha, belgilangani yugurish yo‘lakchasi. Test 4-7 yoshar bolalar uchun mo‘ljallangan.
3x10 m masofaga yugurish. Yo‘lak uzunligi 15 metrdan kam bo‘lmasligi kerak, paralel 2 ta chiziq va ikki tomonida 2 ta aylana (diametri 0.5m) chiziladi. Bola chiziqda turib qarama qarshi krugdagi kubikga qarab, start berilganda yuguradi, kubikni olib qaytadi, krug ichiga qo‘yadi. Sinov 1 ta urinishda bajariladi. Test 4-7 yoshar bolalar uchun mo‘ljallangan. Test uchun kerakli anjomlar: sekundomer, kubik hajmi 5 sm3, belgilangan yugurish yo‘lakchasi, bo‘r.
Do'stlaringiz bilan baham: |