Turon zamin ziyo
Download 0.92 Mb.
|
BOLALAR RIVOJLANISHIDA JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy tarbiya tizimida har tomonlama ta’lim va tarbiya berish prinsiplari.
- Jismoniy tarbiya va sportning hayot bilan bog‘liqligi.
Nazorat uchun savollar
Rivojlanish nima? Bolalar rivojlanishining yosh davrlarini tavsiflang. Ilk yosh guruhi bolalar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari nimada? O‘rta guruh bolalar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari nimada? Katta guruh rivojlanishining xususiyatlarini ko‘rsating. Maktabga tayyorlov guruhi bolalarining psixofiziologik xususiyatlari nimada? 65 - IKKINCHI BO‘LIM. JISMONIY TARBIYA VOSITASIDA BOLALARNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI 1-§. Jismoniy tarbiya prinsiplari Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti prinsiplari pedagogika fanining umumiy prinsipiga tayanib, o‘ziga xos spetsifik xususiyatlarga ega. Jismoniy tarbiya tizimida har tomonlama ta’lim va tarbiya berish prinsiplari. Shaxsni har tomonlama komil inson qilib rivojlantirish prinsipi bolalarda jismoniy qobiliyatni, harakat malakalari va ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradigan, bola shaxsini tarbiyalashni birgalikda va har tomonlama tarbiyalashni amalga oshirishga mujassam holda yondashishni ko‘zda tutadi. Jismoniy tarbiya tizimidagi bunday yondashuv kishilarning o‘ziga xos xususiyatlari, yosh rivojlanish bosqichlari xususiyatlari, hayotning u yoki bu davrida asosiy faoliyat sifatida tanlanadigan jismoniy tarbiya faoliyati turlari xususiyatlariga ham bog‘liq bo‘ladi. Jismoniy tarbiya va sportning hayot bilan bog‘liqligi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi muassasa bolalarini tegishli dastur asosida jismoniy va sport mashqlariga, o‘yinlarga o‘rgatib, ulardagi bu qiziqish qo‘llab-quvvatlab turiladi. Ta’limning maqsadi bolalarda maktabga o‘tish va kelajakda jismoniy tarbiyadan me’yoriy ko‘rsatkichlar majmuasi talablarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish uchun jismoniy tayyorgarlik hosil qilishdan iboratdir, shu asosda bolalarda O‘zbekistonning mashhur sportchilari, ularning -66- vatanparvarligi, ishchanligi, jasurligi, bardoshliligi, mahorati, do‘st-birodarligi va o‘zaro yordam kabi xislatlariga hurmat hissi tarbiyalanadi. Sog‘lomlashtirishga yo‘nalgan prinsipning mohiyati bolalar sog‘ligini mustahkamlash vazifalarini bajarishda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun jismoniy mashqlarni tanlashda bola organizmini har tomonlama sog‘lomlashtirishga intilish, uning jismoniy sifatlarini hissiy-ijobiy holat, hayotdagi xushchaqchaq kayfiyat bilan yaxlitlikda rivojlantirish ham ko‘zda tutiladi. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini rejalashtirishda salomatlikni mustahkamlash qonuniyatlari hisobga olingan jismoniy yuklama albatta idora qilinadi. Bu ish tarbiyachi, vrach va mudiraning muntazam pedagogik nazorati ostida amalga oshiriladi. Bolalarga jismoniy ta’lim va tarbiya berish jarayonida quyidagi didaktik-ta’limiy prinsiplar qo‘llaniladi: tizimlilik va izchillik, onglilik, mustaqillik va ijodiy faollik, ta’limning ko‘rgazmali og‘zaki va amaliy usullarini birga qo‘shib olib borish; tushunarlilik va individuallashtirish prinsipi; ta’limning frontal, guruh va yakka tarzdagi shakllari birligi, talabalarni tobora oshirib borish prinsipi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling