Turon zamin ziyo
Amaliy metodga oid usullar
Download 0.92 Mb.
|
BOLALAR RIVOJLANISHIDA JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI
Amaliy metodga oid usullar. Bolalarni harakatga o‘rgatishda tarbiyachi ko‘rgazmali va og‘zaki usullar bilan o‘zaro bog‘liq turli amaliy usullar majmuasidan foydalanadi. U mashqlarni, harakatli o‘yinlardagi ayrim rollarni, boshqaruvchi rolini bajarib ko‘rsatadi, bolalarni topshiriqlarga jalb qilib va namuna ko‘rsatib ularni musobaqalarda qatnashishga rag‘batlantiradi. Masalan, kim harakatli topshiriqni tezroq, yaxshiroq, to‘g‘riroq bajaradi, u bolalarga o‘zini qanday tutish va qanday hatti- harakat qilishni ko‘rsatadi. Tarbiyachi bolalarning amaliy faoliyatini tashkil etayotib butun ta’lim jarayonini mashg‘ulotning vazifalari, mazmuniga muvofiq rejalab oladi. Bolalarga jismoniy harakatlarni o‘rgatishda hamma metod va usullardan o‘zaro mujassam holda foydalanish lozim. Jismoniy tarbiya jarayonida bolalar harakat malakasi va ko‘nikmasini egallab boradilar.
Harakat malakasi harakat texnikasini egallash darajasi bilan belgilanadi. Harakat malakalarining ikki turi farqlanadi: ulardan biri yaxlit harakat faoliyatini amalga oshiriladi, ikkinchisi ayrim, murakkabligiga ko‘ra turlicha harakatlarda ifodalanadi. Birinchi turdagi malakali o‘yinlar, kurashlar bilan bog‘liq. Ikkinchi turdagi harakat malakalari rivojlanish harakat texnikasini dastlabki egallashdan yanada yuksaklikka, uni takomillashtirishgacha boradi. -75- Harakat ko‘nikmasi – bu harakat texnikasini egallash darajasi bo‘lib, unda xarakatlarni boshqarish avtomatik tarzda kechadi va harakatlar o‘zining barqarorligi bilan ajralib turadi. Harakat ko‘nikmasini shakllantirish birinchi va ikkinchi signal tizimlarining o‘zaro harakatidagi dinamik stereotipning yuzaga kelish jarayonidan iboratdir.Harakat ko‘nikmalarining, bola uchun amaliy a hamiyati juda katta. Hosil qilingan ko‘nikmalar jismoniy va psixik kuchlarni tejamkorlik bilan sarf etish, yaxlit harakat faoliyatiga kiruvchi harakatlarni tez va aniq bajarish imkonini beradi. 3-§. Harakat malakalarini shakllantirish hamda ruhiy-jismoniy sifatlarni takomillashtirish Tarixan mavjud bo‘lgan jismoniy tarbiya tizimlariga insonning jismoniy (harakat) sifatlarini tarbiyalay olishiga qarab baho berilgan. Insonning organizmida turli darajada shakllangan kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik, tana bo‘g‘inlari harakatchanligi va muskullar egiluvchanligini jismoniy sifatlar deb atash qabul qilingan. Inson organizmining shu sifatlarini qanday namoyon qila olishiga qarab individga kuchli, chaqqon, tezkor va h.k. deb baho berganlar. Bu sifatlar o‘lchovga ega, uning ko‘rsatkichlari jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari deb ataladi va ko‘rsatkichlar orqali individning ijodiy mehnatga va vatan mudofaasiga tayyorligi aniqlanadi. Jismonan barkamol, axloqan pok, estetik didli, e’tiqodli, sadoqatli, texnika ilmining zamonaviy asoslarini puxta egallagan, har taraflama ma’naviy yetuk, jismonan uyg‘un rivojlangan kishini tarbiyalash hozirgi kungacha davrimizning asosiy vazifalaridan biri deb -76- hisoblanib kelindi, hozir ham bu dastur o‘z a hamiyatini yo‘qotgani yo‘q. U mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Sog‘lom avlod uchun” dasturining o‘zagini tashkil yetadi. Jismoniy sifatlarni rivojlantirishda ularning (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik va hokazolarning) barchasini o‘zaro uzviy bog‘lab olib borishni tarbiya jarayoni taqazo qiladi. Lekin sportning ma’lum bir turida muayyan fazilat kuchliroq shakllanadi, rivojlanadi va u yetakchi harakat sifati tarzida nomoyon bo‘ladi. Boshqa sifatlar ham nisbatan rivojlanadi, lekin ular yordamchi, ko‘makchi harakat sifati tarzida namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, sport o‘yinlaridan basketbolda asosan chaqqonlik sifatini rivojlantiradi deb hisoblansa, tezlik yordamchi sifati tariqasida rivojlanadi. Lekin basketbol chidamlilikni ham tarbiyalashda asosiy vositadir. Og‘ir atletikachilarda kuch jismoniy sifati yetakchi fazilat sanaladi. “Siltab ko‘tarish (ro‘vok)ni ko‘p mashq qilish esa tezkorlikni rivojlantiradi. Amaliyotda bu mashqlar orqali chidamlilik va egiluvchanlik ham ko‘makchi jismoniy sifat tarzida rivojlanishini guvohimiz. Umuman, chaqqonlikni rivojlantirish uchun ko‘proq o‘yinlardan: voleybol, basketbol, futbol, tennis, stol tennisi, gandbol, xokkey, regbi va boshqalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Aslida bu o‘yinlar uchun tezlikning a hamiyati ham ikkinchi darajali emas. Chaqqonlikni rivojlantirish esa tez o‘zgaruvchan o‘yin sharoitiga moslasha bilishni, kuzatuvchanlikni, mo‘ljalga to‘g‘ri olishni, qisqa fursat ichida turli murakkab vaziyatda aniq, to‘xtamga kelish, uni his qilish va o‘z harakatlarini shu vaziyatga moslay olishdek hayotiy-zaruriy amaliy harakat malakalarni shakllantiradi. Velosiped, harakatli o‘yinlar ham -77- chaqqonlikni rivojlantiradi. Har qanday harakat biror-bir konkrekt harakat vazifasi deb ataladigan vazifani hal qilishga qaratiladi. Masalan, iloji boricha balandroq sakrash, to‘pni ilib olish, raqibni aldab o‘tish, shtangani ko‘tarish va hokazo. Harakat vazifasining murakkabligi, bir vaqtda va ketma-ket bajariladigan harakatlarning uyg‘unligiga bo‘lgan talablar, harakatlar koordinatsiyasini tarbiyalaydi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling