Turon zamin ziyo
Chidamlilikni tarbiyalashda yuklama kriteriyasi va komponentlari
Download 0.92 Mb.
|
BOLALAR RIVOJLANISHIDA JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashqni absolyut intensivligi
Chidamlilikni tarbiyalashda yuklama kriteriyasi va komponentlari. Chidamlilik mashg‘ulotlar davomida sportchini bir oz bo‘lsada charchashni his qilishi orqali rivojlanishiga e’tibor bersak yuklamadan so‘ng tiklanish juda oz vaqt ichida sodir bo‘lsa chidamlilikni rivojlanmasligi ma’lum bo‘ladi. Ish hajmi katta bo‘lib charchoq his qilish bilan bajarilsa organizm yuklamaga moslasha boshlaydi va qator mashg‘ulotlardan so‘ng chidamlilikni ortib borayotganligi ko‘zga tashlanadi. Moslashuv organizmdagi o‘zgarishlar darajasi, yuklamaga javob reaksiyasi xarakteri, uni ko‘lami yo‘nalishi orqali sodir bo‘ladi. Har xil tipdagi nagruzkada charchoq bir xil bo‘lmaydi.
Siklik mashqlarni bajarishda chidamlilik uchun yuklamaning to‘la tavsifini quyidagi besh komponentda ko‘rishimiz mumkin; mashqni absolyut intensivligi ( harakatlanish tezligi); mashqni davomiyligi (uzunligi); dam olish intervalining katta kichikligi; dam olishning xarakteri (faol yoki passiv); mashqni takrorlashlar (qaytarishlar) soni; Bu komponentlarni bir-biri bilan o‘zaro uzviy olib borish -88- orqali berilgan yuklama organizmning faqat javob reaksiyasi ko‘lamigagina emas, hatto uning sifati xususiyatini ham turlicha bo‘lishiga olib kelishi amaliyotda isbotlandi. Yuqorida qayd qilingan komponentlarni ta’sirini siklik mashqlar misolida ko‘rib chiqamiz: Mashqni absolyut intensivligi faoliyatni energiya bilan taominlash xarakteriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Harakatlanishning tezligini pastligida katta energiya sarflanmaydi. Sportchini organizmini kislorodga talabining ko‘lami uni aerob imkoniyatlaridan oz. Bunda kislorodga bo‘lgan joriy talab, agarda, ishni boshlanishida nafas jarayoni yetarli darajada yo‘lga qo‘yilib ulgurmagan paytdagi kislorodga muhtojlikni ko‘p emasligini hisobga olmasak, sarflanayotganini o‘rnini qoplamaydi va ish xaqiqiy turg‘un holatdagi sharoitda bajariladi. Bunday tezlik subkritik tezlik deb nomlanadi. Subkritik tezlik zonasida kislorodga muhtojlik taxminan harakatlanish tezligiga to‘g‘ri proportsiyada bo‘ladi. Agarda sportchi tezroq harakatlanayotgan bo‘lsa kritik tezlikka erishadi, bu yerda kislorodga muhtojlik uni aerob imkoniyatlariga teng. Bu holda ishning bajarilishi bilan kislorod sarflanishining ko‘lami maksimal darajada deb hisoblanadi. Kritik tezligi qanchalar yuqori bo‘lsa sportchini nafas imkoniyati shuncha yuqori bo‘ladi. Tezligi kritik tezlikdan yuqoriligi uchun yuqori kritik tezlik deb nomlanadi. Yuqori kritik tezlik zonasida energetika mexanizmi samaradorligini ozligidan kislorodga muhtojlik tezlashadi, harakat tezligiga nisbatan ortadi. Taxminan kislorodga muhtojlik tezlikni kubiga nisbatan proportsional oshadi (Xill A.B.). Masalan, yugurish tezligini 6 dan 9 m. sek.ga oshirilsa 89 - (ya’ni 1.5 marta) kislorodga muhtojlik esa taxminan 3, 3-3, 4 martaga ortadi. Bu degani, tezlik bir ozgina oshirilsa kislorodga muhtojlik a hamiyatli darajada ko‘payadi. Bu o‘z navbatida, anaerob mexanizmlar rolini muvofiq ravishda ko‘taradi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling