Turon zamin ziyo


Download 0.92 Mb.
bet58/92
Sana07.02.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1175879
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   92
Bog'liq
BOLALAR RIVOJLANISHIDA JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI

Harakat tartibi. Uzoq davom etadigan sayrlar va ekskursiyalarda ishtirok etish. Badantarbiya mashqlarini bajarish. Harakatli o‘yinlarda faol qatnashish. Mashg‘ulot-lardan tashqari harakatli o‘yinlar o‘ynash.


Harakatli o‘yinlar


Yugurib o‘ynaladigan o‘yinlar: “Quvlashmachoq”, “G‘ozlar”, “Ayyor tulki”, “Quyon uychasi”, “Oq terakmi – ko‘k terak”


Sakrash o‘yinlari: “Nima baland”, “Erda turma”, “Sakraydi-sakramaydi?”


Emaklashga oid o‘yinlar: “Bayroqchaga kim birinchi yetadi”, “O‘t o‘chiruvchilar”


Irg‘itishga doir o‘yinlar: “Ovchilar va quyonlar”,


-141-
“Xalqaga tushir”, “Koptokni urib chiqar”, “Chillak” O‘yin estafetalar: “Nishonni mo‘ljalga ol”, “To‘siqli

yo‘lakcha”




Ermak o‘yinlar: o‘zbek xalq o‘yinlari


Sport o‘yinlari: Basketbol, badminton, futbol, xokkey
Nazorat uchun savollar

1. Ilk yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyaning mazmunini yoriting.





  1. Ilk yosh guruhlarida jismoniy tarbiyaning mazmuni nimalardan iborat?




  1. Kichik guruhlarda jismoniy tarbiyaning mazmunini nimalar tashkil yetadi?




  1. O‘rta guruhlarda jismoniy tarbiya mazmunining o‘zigz xosligi nimada?




  1. Katta guruhlardagi jismoniy tarbiya mazmunini ifodalang.



-142-
TO‘RTINCHI BO‘LIM. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR UCHUN GIMNASTIKA


1-§.Gimnastika bolalar jismoniy tarbiyasining


vositasi sifatida

Gimnastika (grekcha. «gimnos» — yalang‘och) — maxsus tanlab olingan jismoniy mashqlar tizimi bo‘lib, bolalarning har tomonlama jismoniy rivojlanishi va sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy asoslangan uslubiy ko‘rsatmalar majmuasi hisoblanaib, jismoniy mukamallikka erishuv jarayonida bolaning turli faoliyatga tayyorgarligi hamda jismoniy tayyorgarligini nazarda tutadi.


Gimnastika hayotiy zarur harakat ko‘nikmalarini tarbiyalashga imkoniyat yaratib, harakatga go‘zallik, ko‘rkamlik hamda aniqlik baxsh yetadi. U epchillik, tezlik, kuch, egiluvchanlik, chidamlilik kabi ruhiy jismoniy xususiyatlarni rivojlantirishni ta’minlaydi, irodani toblab, xarakter hamda tartibni shakllantiradi, xotira va tafakkurni rivojlantiradi. Gimnastikaning xususiy vazifasi esa to‘g‘ri qaddi-qomatni shakllantirish, gavdadagi turli nuqsonlarni to‘g‘rilash hisoblanadi.


Gimnastika ilk bolalik yoshidan boshlab, barcha yosh davrlarida qo‘llanilib jismoniy tarbiyaning asosiy metodi sifatida namoyon bo‘ladi. Gimnastika tarbiyaviy hamda sog‘lomlashtirish vazifalarini hal etish vositalariga ega bo‘lib, bu vositalar orqali harakatni aniq va to‘g‘ri bajarish, uni bajarish texnikasini takomillashtirishni ta’minlaydi.


Gimnastika mashg‘ulotlarning emotsionalligini ta’minlab, estetik tuyg‘uni shakllantirgan holda, harakatga maromlilik,




-143-
ifodalilik bag‘ishlaydi. Musiqa orqali uning bola organizmi va shaxsiyatiga ta’siri kuchayadi.

Shunday qilib, gimnastika va uning metodlari bolaning umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasini takomillashuviga yordam berib, jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishga ko‘maklashadi.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling