Turon zamin ziyo


jisman bardam bo‘lmoq kerak”


Download 0.92 Mb.
bet6/159
Sana05.01.2022
Hajmi0.92 Mb.
#225477
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159
Bog'liq
BOLALAR RIVOJLANISHIDA JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI

jisman bardam bo‘lmoq kerak”.
Ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni tarbiyalash faqat milliy ehtiyojgina emas, balki umumdavlat a hamiyatiga molik masala hisoblanib, u ko‘p millatli vatanimizda tug‘ilib o‘sgan, tomir yoygan barcha qardosh xalqlar uchun birday ezgu maqsaddir. Farzandlarimizda dastlabki jismoniy madaniyat ko‘nikmalari va malakalarini shakllantirish, ularda



Jismoniy tarbiyaning maqsadi

vazifalari

Xususiy Umumiy pedagogik

Har tomonlama yetuk,


barkamol shaxsni tarbiyalash



Aqliy tarbiya

Jismoniy

Ma’naviy-axloqiy




barkamollik va

tarbiya




jismoniy tarbiya






-27-

jismoniy sifatlar shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o‘rganish mazkur o‘quv predmetining maqsadini tashkil yetadi. O‘quv predmetining o‘ziga xos xususiyati bolaning tug‘ilganidan boshlab 7 yoshgacha bo‘lgan davrda rivojlanishi va jismoniy tarbiyaning qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Barcha fanlarning mazmunini o‘rganish, aniqlash, tahlil qilish, ma’lum xulosalar chiqarish maqsadida uning mohiyatini belgilovchi asosiy tushunchalarga tayaniladi. Jismoniy tarbiya nazariyasida quyidagi asosiy tushunchalar farqlanadi: jismoniy rivojlanish, jismoniy takomillashuv, jismoniy madaniyat, jismoniy ta’lim va tarbiya, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy mashqlar, harakat faolligi, harakat faoliyati, sport, jismoniy holat, jismoniy rekreatsiya(tiklanish), jismoniy reabilitatsiya. Bu tushunchalar mazmunini tushunish talabalarga ongli va ijodiy ravishda pedagogikaga oid manbalarni o‘rganish, amaliy mashg‘ulotlarni yuqori saviyada bajarish imkonini beradi. Quyida biz mazkur tushunchalarning har birini izohlashga harakat qilamiz: Jismoniy rivojlanish - bola organizmining individual hayoti davomida morfofunksional xususiyatlari va ularga asoslangan holda ruhiy-jismoniy sifatlarining shakllanishi hamda o‘zgarib borish jarayonidir.

Tor ma’noda “jismoniy rivojlanish” organizmning antropometrik hamda biometrik o‘lchovlar orqali aniqlanadigan (o‘sish, vazn ko‘rsatkichlari, ko‘krak qafasi hajmi, qomat holati, umurtqa pog‘onasi egiluvchanligi, tovon o‘lc hami, dinamometriya va hk.) morfofunksional xususiyatlar jamlanmasini anglatadi. Keng ma’noda esa ruhiy-jismoniy xususiyatlar (tezlik, kuch, egiluvchanlik, epchillik,
-28-

chaqqonlik chidamlilik)ning rivojlanishini anglatadi. Jismoniy barkamollik (kamolot) – jismoniy


rivojlanganlikning o‘lchov ko‘rsatkichi. U hayot faoliyatining mehnat hamda turmush tarzi talabalariga to‘liq javob beradigan: mukammal jismoniy tayyorgarlik hamda o‘zaro uyg‘un holatdagi ruhiy-jismoniy rivojlanishni nazarda tutadi. Jismoniy barkamollik organizmning biologik ishonchliligi, yuqori tarzdagi individual jismoniy qobiliyat asosida yetuklik hamda mustahkam sog‘lik negizida uzoq
umr ko‘rish holatlarida namoyon bo‘ladi. Farzandlarimizning jismoniy barkamolligi mamlakatimiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning asosiy negizini tashkil yetadigan har tomonlama yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalash va voyaga yetkazish jarayonining asosiy bo‘g‘ini sifatida muhim a hamiyat kasb yetadi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling