3-§. Samokatda, sportrollerda uchish
Samokat va sportrollerlarda uchish katta guruhlarda tashkil etiladi. Dastlab bolalar yurish qoidalari bilan tanishtiriladi, so‘ngra samokat, sportrollerga minish, undan tushish, to‘g‘riga haydash, o‘ngga, chapga, ortga burilish, tormoz berish va to‘xtashga o‘rgatiladi. Topshiriqlar asta-sekin murakkablashtiriladi: bolalarga aylana bo‘ylab, «ilon izi» bo‘lib uchish, «Yo‘l harakati qoidalari» o‘yinini o‘ynash taklif etiladi. Tarbiyachi bolalarning samokatda, sportrollerda uchganda goh o‘ng, goh chap oyog‘i bilan siltanishini kuzatib boradi. Masalan, bola yo‘lkadan bir tomonga qarab uchganda birinchi oyog‘i, orqaga tomon uchganda ikkinchi oyog‘i bilan siltanadi. Yuklamaning ikkala oyoqqa baravar taqsimlanishi mushaklarning proportsional rivojlanishiga yordam beradi. Velosiped va samokat uchish navbatlashib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |