Turon zamin ziyo
-§. Maktabgacha ta’lim mutaxassislarining kasbiy tayyorgarligi va vazifalari
Download 0.92 Mb.
|
BOLALAR RIVOJLANISHIDA JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI
1-§. Maktabgacha ta’lim mutaxassislarining kasbiy tayyorgarligi va vazifalari
Tarbiyachining malakasi asosan kollejda olingan kasbiy tayyorgarligiga bog‘liq. “Bolaning jismoniy tarbiya va rivojlanish metodikasi “ kursi o‘zida o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirish lozim bo‘lgan nazariy bilim va ko‘nikmalarni qamrab olgan. Ushbu bilim va ko‘nikmalar yordamida, bolani 7 yoshidan boshlab jismoniy madaniyatini turli muassasalarda shaklllantirish uchun muhimdir. Talaba bolani harakatlanish faoliyatininig turli shaklarini o‘tkazish va rejalashtirish, taxlil qilish, psixofizik va shaxsiy rivojlanishiga qarab ijodiy yo‘naltirishni o‘rganishi lozim. Kurs vazifalaridan biri talabani ota-onalar bilan ish olib borish shakllarini o‘rgatish: suhbat va konsultatsiya o‘tkazish, majlislarda nutq so‘zlash va hk. Talabalarni kasbiy tayergarligining asosiy vazifasi- ularda bo‘lajak kasbiga munosabatini shaklllantirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish, bilim va ko‘nikmlarini oshirishga intilish, tarbiya masalalariga ijodiy yodashish, ishiga nisbatan ma’suliyatini sezishga qaratilgan. Talabalarga pedagogik adabiyotni mustaqil o‘rganish va tahlil qilish, o‘z ishini tajribasidan xulosa chiqarish va kasbdoshlari bilan tajriba almashish o‘rgatiladi. Doimiy yaxshi, namunaviy jismoniy ahvolda bo‘lish. Bo‘lajak pedagog shaxsini rivojlantirish ham jismoniy madaniyat mutaxassislarini -205- tayyorlashda muhim a hamiyat kasb yetadi. Bo‘lajak jismoniy madaniyat sohasidagi pedagog quyidagi ko‘nikmalar va qobiliyatlarni egallashi lozim: pedagogik qobiliyatlar - pedagogik jarayonini to‘g‘ri tashkil etish; o‘rgatish metodik usullari, vositalari, prinsiplarini bilish; jismoniy mashqlarda chiniqtirish muolajalarni o‘tkazish. akademik qobiliyatlar - ishiga ijodiy yondashish. Mahoratli pedagoglar doimiy ilmiy-ijodiy izlanishda bo‘ladi. kommunikativ qobiliyatlar - bola va uning ota-onasi bilan, kasbdoshlari bilan til topa olishi. perseptiv qobiliyatlar - mashg‘ulotda bolani harakatiga, kayfiyatiga, sog‘ligiga va h.k.zlarga qaragan xolda ichki dunyosini o‘rganish. ekspressiv qobiliyatlar - nutq, mimika, pantomimika, qo‘l xarakatlari., bunga ta’lim – tarbiya jarayonida ko‘p narsa bog‘liq. Tarbiyachi nutqidan aniq va to‘g‘ri foydalana olishi kerak. P.F. Lesgaft ta’kidlaganidek, jismoniy tarbiya o‘qituvchisining nutqi, adabiyotchinikidan ham ustun bo‘lishi kerak. tashkilotchilik qobiliyatlari - tarbiyachi tomonidan sayr qilish, bo‘sh vaqt, tadbir, bayramlar va h.k.z tashkil eta olishi. gnostik qobiliyatlar - bolani va o‘z faoliyatini taxlil qila olish, kerakli vaziyatlarda bolani tarbyalash va o‘rgatish taktika va strategiyasini to‘g‘ri yo‘naltira olishi uchun. suggestiv qobiliyatlar - bolada jismoniy mashg‘ulotlarga qiziqtirish uyg‘otish. Bu qobiliyatga ega pedagoglarni bolalar qiziqish va intizorlik bilan kutadilar. 206 - stress vaziyatlarda chidamliligi - bolaga yordam berish ishtiyog‘i, u bilan birga yutuqlariga quvonish va hk. Kurs davomida egallagan pedagogik ko‘nikmalar dinamik xususiyatlarga ega, ular keyingi faoliyati davomida charxlanadi. Kollej talabalarining kasbiy tayyorgarligi quyidagi dastur asosida amalga oshiriladi: “Tushuntirish qismi”, “ Kurs mazmuni”, “ Ilova”. Tushuntirish qismida: kurs vazifalariga izoh beriladi, mashg‘ulotlar turlariga tavsif, baholash va mustaqil ta’lim turlari aniqlanadi. Kurs mazmunida - bolaning jismoniy tarbiyasi bilan bog‘liq nazariy bilimlarni talabalar tomonidan egallashga katta e’tibor qaratilgan. Ilovada esa – pedagogik adabiyotlar ro‘yxati, kursning taxminiy jadvali, uyga vazifalar ro‘yxati keltirilgan. Ushbu dastur asosida ishchi dastur tuziladi. Ishchi dasturda har bir mavzuga ajratilgan soatlar, mavzular ketma-ketligi, nazariy, seminar va amaliy mashg‘ulotlarning mazmuni va vazifalari, ularni o‘tkazish metodikasi o‘z aksini topgan. Shu bilan birga ko‘rgazma vositalaridan foydalanish, mustaqil ta’lim vazifalari, o‘lchash uskunalarning nomi va hk. Har bir mavzuga asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati tavsiya etiladi; metodik kabinet va kollej kutubxonasida mavjud adabiyotlar ro‘yxati. Adabiyotlar o‘rganilishini nazorat qilish turlari ham o‘z aksini topgan (konspekt, kospektlar rejasi, annotatsiyalar, suxbatlar, ijodiy ishlar, ota-onalar uchun dokladlar). 207 - To‘g‘ri va aniq tuzilgan ishchi dastur talabalarga ushbu kursni o‘zlashtirishga ko‘maklashadi: bolani va o‘z faoliyatini taxlil qila olish, kerakli vaziyatlarda bolani tarbiyalash va o‘rgatish taktika va strategiyasini to‘g‘ri yo‘naltira olish. Vaholanki, bu talabalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida uzluksiz pedagogik amaliyot olib borishiga tayyorlaydi. Ishchi dastur fan komissiyasi majlisida tasdiqlanadi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling