Masalan: Faraz qilaylik tadbirkorning bir oylik soliq to`lovi 400 ming so`m, soliq to`lashdan qochganlik uchun jarima 10 000 ming so`m. Agar soliq inspeksiyasining yashirgan soliqni aniqlash ehtimoli 1/5 bo`lsa, tadbirkor uchun natijaning kutiladigan qiymati: E (x) = 4/5 × 400 - 1/5 × 10 000 = 320 - 2000 = - 1 680 ming so`m. Demak, soliqdan qochish tadbirkorga foyda keltirishdan ko`ra zararli ekan. Noaniq holat Noaniq holat natijalarining mumkin bo`lgan chegaralari – o`zgaruvchanlik deb ataladi. Masalan: 1-holat Faraz qilaylik talaba o`qishdan keyin qo`shimcha ish izlayapti. Uning uchun ikkita variant mavjud. Birinchisi, firmada sotish bo`yicha menedjer bo`lib ishlash, unda sotilgan mahsulotdan % shaklida maosh oladi. Agar tovar aylanmasi yaxshi bo`lsa, oyiga 1 500 ming so`m, yomon holatda esa 800 ming so`m maosh olish ehtimoli bor. Sotish hajmini yaxshi yoki yomon bo`lish ehtimoli 1/2. Masalan: 2-holat Ikkinchi variant firma adminstrasiyasida qat'iy belgilangan oklad bo`yicha maosh olish. Bunda maosh miqdori 900 ming so`m, ammo shtat qisqarib, talaba ishsiz qolishi va bo`shaganda 700 ming so`m kompensasiya olishi mumkin (ehtimoli 10 %). Quyidagi 1-jadvalda mumkin bo`lgan natijalar va ularning ehtimoli keltirilgan 1-Jadval
Oylik maoshi
|
1-natija
| |
2-natija
| | |
Ehtimoli
|
Daromad ming/so`m
|
Ehtimoli
|
Daromad ming/so`m
|
Sotuvdan foiz shaklida
|
0,5
|
1500
|
0,5
|
800
|
Qat’iy oklad asosida
|
0,9
|
900
|
0,1
|
700
|
Manba shartli raqamlar
Do'stlaringiz bilan baham: |