Turonzamin-u Turkistonning davrug‘i olamga sig‘may, necha-necha


“Otang-bozor, onang bozor…”


Download 69 Kb.
bet4/4
Sana04.04.2023
Hajmi69 Kb.
#1325761
1   2   3   4
Bog'liq
Xalq pedagogikasi

“Otang-bozor, onang bozor…” so‘zining o‘zida qanchalar falsafiy ma’no bor, har bir tovushida bir hikmat sas jaranglaydi. Zero, “Bozor” – “Boz” degani “o‘yin” demakdir (“dorboz”, “masxaraboz” va h. k.). Axir bozor ham bir o‘yin emasmi? Molu mulkingni tikasan, goh foyda qilasan, goh – zarar – yutasan, yutqazasan…
Ilmga hech bir inson zoti birdaniga erishgan emas va erisha ham olmaydi. Inson zoti onasidan dono-yu donishmand bo‘lib tug‘ilmaydi. SHu bois boladagi bilim, odob-axloq olam, tabat va jamiyat haqidagi barcha tushuncha va tasavvurlar, dunyoqarash va bilimlar amaliy faoliyat jarayonida, xilma-xil ertaklar, dostonlar, badiy, tarixiy, siyosiy, falsafiy, iqtisodiy, huquqiy kitoblar, darsliklarni o‘qib-o‘rganish, mutolaa qilish, hayotdan saboq olish, ustozu muallimlardan ta’lim olish jarayonida hosil bo‘ladi, rivojlanib, boyib, takomillashib boradi.
Xalq pedagogikasi. Xalqimiz tomonidan yaratilgan maqollar va matallar, ertaklar va dostonlarda ta’riflanganidek, ilm-ma’rifatga ega bo‘lishining, bola qalbini ilm nuri bilan nurlantirishning, dilini pok va musaffo qilishning asosiy sharti va bebaho ma’naviy-marifiy boyliklar xazinasi bo‘lgan kitoblarni qo‘ldan qo‘ymay o‘qishdir. SHuning uchun kitob-hayot darsligi, barcha bilimlar asosi, dunyo voqea-hodisalari va elu elatlar hayotidan hikoya qiluvchi birdan-bir manba ekanligi haqida sonsanoqsiz naql-rivoyatlar, afsonalar, ertaklar, dostonlar, maqollar yaratilgan. Masalan; “Kitobsiz uy-quyoshsiz kun”, “Kitob-inson do‘sti”, “Oltin er tagidan kavlab olinadi, bilim kitobdan”, “Non to‘ydiradi, kitob kiydiradi”, “Qush don qidirar, olim kitob”, “Kiyim ustingni bezaydi, kitob aqlingni” kabi maqollarda kitobning qadriga etish ta’kidlanganligi bejiz emas.
“Ayoz”, “Moxistor”, “Orzusi ushaldi”, “Qorasoch pari”, “Kimyogar” kabi ertaklarida, dostonlarida xalqning yoshlarni o‘qitish-ilmli qilish borasidagi qarashlari, orzu-umidlari qadim zamonlardan beri umumiylikka ega bo‘lib kelganligidan dalolat beradi.
O‘zbek xalq ijodi materiallari tahlili ko‘rsatishicha, qadim zamonda oddiy xalq, ya’ni fuqarolar ham, shoh-u davlatmandlar ham o‘z farzandlarini o‘qitib, xatsavodli va ilmli bo‘lishlarini orzu qilganlar. Lekin, shu davrdagi ijtimoiy-tarixiy jamiyatda bir tipdagi maktablarda hamma ijtimoiy tabaqa bolalari teng huquqdagi o‘qitilganligini ko‘ramiz.
Xullas, o‘zbek xalq og‘zaki ijodida podshoh, saroy ahli hukmron tabaqalarning bolalari uchun vujudga kelgan maxsus yuqori tipdagi yopiq maktablar va oddiyo fuqarolarning bolalari o‘qiydigan maktablar haqida ko‘pgina materiallar uchrasa-da, u maktablardagi ta’lim-tarbiya ishining mazmuni, ta’limni tashkil qilish shakllari va o‘qitish metodlariga oid materiallar uchraydi.
Xalq pedagogikasi.O‘zbek xalq pedagogikasida  tushuntirish, namuna ko‘rsatish, odatlantirish (o‘rgatish, mashq qildirish) iltimos qilish, tilak-istak bildirish, maslahat berish, nasihat, undash, ma’qullash, rahmat aytish, duo qilish, olqish (oq yo‘l tilash), taqiqlash, ta’na qilish (gina, o‘pkalash), masxara (mazax) qilish, majbur qilish, po‘pisa qilish, qo‘rqitish, tanbeh berish, keyin, qarg‘ash, uzr so‘rash, la’natlash, urish, kaltaklash singari tarbiya usullaridan keng foydalanilgan.
Ota – onalarga, qariyalarga, ustoz va o‘qimishli kishilarga hurmat-e’tiborda bo‘lish, o‘z qadr qimmatini saqlash o‘zbeklarga xos qadimiy an’analardandir. “Otang ishga buyursa, nomozingni buzib bajar”, “Ota bo‘lmay, ota qadrini bilmas, ona bo‘lmay ona qadrini”, “Kattaga hurmatda bo‘l, kichikka izzatda bo‘l”, “Kelmaganni ketidan borma”, “Oriyatsiz odamdan qoch”, “Qadr bilmas qarindoshdan, qadr bilgan yot yaxshi”, “O‘z qadrini bilmagan, kishi qadrini bilmas”, “O‘limdan xo‘rlik yomon”, “SHuhrat bo‘lsa, davlat kelur, davlat bo‘lsa – savlat”, “Bilim davlatdan qimmat”, “Ilmsiz bir yashar, ilmli ming yashar”, “Ilmu hikmat suvni yondirar”.
O‘zbek halqining milliy qiyofasini, xarakter xususiyatlarini, ularga xos bo‘lgan sifat va fazilatlarni ifodalovchi o‘zbek xalq maqollarini cheksiz davom ettirish mumkin.
SHunday qilib, o‘zbek xalq pedagogikasi bola ko‘rish, uning ta’limtarbiyasini amalga oshirish, yoshlarni odob-axloq qoidalariga odatlantirish va uni amalga oshirishda foydalaniladigan usul va vositalarni qamrab oladi. SHuning uchun ham yosh avlod xalqimiz tomonidan tarixiy sharoitida yaratilgan ta’limtarbiyaga oid bilimlarini, ilg‘or an’analarini, tajribalarni o‘zlashtirishni, unga qat’iy rioya etish va boyitishi nihoyatda zarurdir.
Eng muhimi, hozirgi ta’lim tizimida pedagoglarning asosiy vazifasi bolalarni tarbiyalash amaliyotida xalq donishmandligining barcha taraqqiyparvar asoslaridan yanada muvaffaqqiyatliroq foydalanish vash u orqali shaxsni kamol toptirish, uning ijodiy imkoniyatlarini ochish, ularda milliy va umuinsoniy qadriyatlarga asoslangan dunyoqarashni va insonparvarlik munosabatlarini shakllantirishdan iboratdir.
Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling