Turonzamin-u Turkistonning davrug‘i olamga sig‘may, necha-necha
O‘zbek xalq pedagogikasidagi ilg‘or g‘oyalar
Download 69 Kb.
|
Xalq pedagogikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Assalomu alaykum
O‘zbek xalq pedagogikasidagi ilg‘or g‘oyalar – yosh avlodni aqliy va jismoniy jihatdan etuk, ma’rifatli, bilimli va kasb-hunarlarni egallagan, odob-axloq qoidalarini mujassamlashtirgan, barkamol inson qilib tarbiyalashdir.
O‘zbek xalq pedagogikasi urf-odat, an’ana va qadriyatlari bir avloddan ikkinchi avlodga og‘zaki tarzda o‘tadi, so‘ngra og‘zaki ijod va yozma adabiyot mahsuli – maqol, masal, topishmoq, ertak, latifa, qo‘shiq, lapar, askiya, dostonlar vositasida ommalashadi. SHu sababli ham, xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyot, asrlar davomida yaratib kelingan xalq latifa va qo‘shiqlari, lapar va askiyalari, hikmatlari, maqollar va masallar, ertaklar va dostonlarida o‘zbek pedagogikasining zamini, fundamenti va yagona tarbiya vositasi bo‘lib kelmoqda. Har bir jamiyatda yashagan xalq ruhi: do‘stlik, birodarlik, mardlik, vatan va xalqqa sodiqlik g‘oyalari ifodalangan, ulug‘langan; ota-onaning o‘zaro ahilligi, ular bilan farzandning o‘zaro mehr-muhabbati, qadr-qiymati, eng yaxshi insoniy fazilatlari tarannum qilingan. Ma’lumki, o‘zbek xalq pedagogikasida farzandli bo‘lish, o‘z farzandini jasur, botir va barkamol inson qilib tarbiyalash alohida o‘rin tutadi. Masalan, “Oltin beshik”, “Ilimxon”, “Olmos botir”, “Dono qiz” ertaklarida va “Alpomish”, “Rustamxon”, “Murodxon”, “Oysuluv”, “SHirin va SHakar”, “Kuntug‘mish” dostonlarida farzand ko‘rish baxtiga muyassar bo‘lishlik eng yuksak insoniy orzuhavas ekanligi, u ota-onaga baxt-saodat, quvonch va ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat bag‘ishlashi bayon etiladi. Darvoqe, bola ko‘rish va tarbiyalash baxtiga muyassar bo‘lgan onalarning “alla” aytmaganligini tasavvur qilish mumkin emas. Abu Ali ibn Sino ona allasining tarbiyaviy ahamiyatini quyidagicha ta’riflaydi: “Bolaning talabini qondirmoq uchun unga ikki narsani qo‘llamoq kerak. Biri – bolani sekin-sekin tebrating, ikkinchisi uni uxlatish uchun odat bo‘lib qolgan musiqa-allalashdir. SHu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolalarning tanasi bilan badan tarbiyaga va ruhiyoti bilan musiqaga bo‘lgan iste’dodi hosil qilinadi” Xalqimizda bolaning fe’l- atvori, badnafas, berahm bo‘lishi yoki insofli, diyonatli, mehr-shafqatli bo‘lishi uni tug‘dirishga yordamlashgan ena (doya)ga va onaning sehrli hamda mehrli allasiga bog‘liq degan naql borligi bejiz emas. Alla orqali chaqalloqqa singdirilgan insoniy fazilatlar sog‘lom avlod va barkamol shaxs kamolatida onalar va doyalarning mas’uliyati katta ekanligidan dalolat beradi. Demak, har qanday tuyg‘uning alifbosi ona mehridan boshlanishini ko‘rsatmoqda. Onani homiladorlik davridan e’tiboran uni to‘g‘ri parvarish etish, tegishli shart-sharoitlar yaratish va onaning ruhiy – fiziologik sog‘lomligi tug‘iljak farzand salomatligini ta’minlashiga e’tiborni qaratish lozim. Bola qalbida tuyg‘uning shakllanishi va rivojlanishi avvalo insondagi barcha yaxshi fazilatlar bilan bog‘liq holda amalga oshadi. Ona va bolani bir – biri bilan bog‘laydigan tarbiyaviy vosita – alla bo‘lib, unda chuqur milliy ruh, ohang va mungli tuyg‘u yashirinib yotadi. Ona qalbidan qalqib chiqayotgan haroratli alla o‘zining hissiy – emotsional ranglarga boyligi bilan bola ruhiyatiga ta’sir etadi. Unda bolani tarbiyalovchi, tinchlantiruvchi, dam oldiruvchi va uxlatuvchi sirli va va sehrli ohangdan tashqari, tuyg‘u uyg‘otuvchi ta’sir bor. Ikkinchidan alla orqali bo‘ladigan ona-bola muloqoti bolaning oliy nerv faoliyatining shakllanishida, ayniqsa harakat va nutq faoliyatini tarkib topishida alohida ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, tuyg‘uning shakllanishi bola o‘sayotgan oilaga, ya’ni ota-onasining insoniylik dunyoqarashi, mehnatsevarligi, madaniy va ma’lumot saviyasiga ham bog‘liq hisoblanadi. SHu bilan birga har bir shaxsning jismoniy va aqliy faolligini ham belgilab beradi. Ayni paytda tuyg‘usizlik esa, shaxsdagi illatlar va qusurlarning ildiz otishini rivojlanishi bilan bog‘liq holda kechadi. Demak, tuyg‘u o‘ta murakkab jarayon bo‘lib, milliy va umuminsoniy tarbiyaning asosini tashkil etadi. Bolaning kamolatida alladan keyingi tarbiya vositasi ovutmachoqdir. Ovutmachoqning alladan farqi shuki, alla chaqaloqni tinchlantirishga, uxlatishga yordam bersa, ovutmachoqlar, aksincha, bolani biron narsa bilan mashg‘ul qilishga, harakatli faoliyatga, uning fikrini nimagadir safarbar etishga yo‘naltiradi. Masalan, ona bolani beshikdan echib olar ekan, o‘ng bilagidan g‘oz ko‘tarib: “o‘so‘s!” deydi, yana chap bilagidan ko‘tarib: “o‘s, o‘s!” deydi. Bu o‘rinda og‘zaki aytilgan odatiy so‘zlar chaqaloqni bir qo‘lida ko‘tarib turish me’yorini belgilab beradi. YAna bir harakat bor: ona bolani yuzi bilan erga yotqizib, chaqaloqning o‘ng qo‘lini chap oyog‘iga, chap qo‘lini o‘ng oyog‘iga tekizadi va shu harakat paytida “Ettimi, ettimi” deb ikki marta aytadi. Bolaga tish chiqishi bilan bog‘liq urf-odatlar va an’analar ham tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Masalan, yoshi ulug‘ onaxonlar qozonda bug‘doy qovurib, chaqaloqni ustidan sochadilar-da: “CHaqaloqning tishi xuddi bug‘doyga o‘xshab chiroyli chiqsin” deyishadi. Bu urf-odat marosimiga to‘plangan bolalarni bug‘doy qovurmochi bilan mehmon qilishadi. Ba’zan bu urf-odatni, ya’ni bug‘doy sochilishi “Nasibalik bo‘lsin” degan ma’noda tushuntiradilar. Bola bo‘ynini tutib, tizzaga o‘tiradigan bo‘lganida bolaning fikrini bir nuqtaga to‘plashga odatlantiradigan mashqlar qilinadi. Bu birinchi navbatda bolaga o‘zining tana a’zolarini tanishtirishdan boshlanadi. Ota-ona bolasini tizzasiga o‘tqazib olib, uning jajji barmoqchalarini bir chekkadan sanaydi: – bosh bodam barmoq (qoramaldoq), o‘rta tarak, hojimijik (hojimerak), mijiqlijik (kichkina chaqaloq). Oxirgi barmoqning nomi aytilganda “tugadi” ma’nosini anglatishi uchun ohangni o‘zgartirib birdaniga to‘xtaydi. Bola o‘z tana a’zolarini “taniy” boshlaydi. Ota-ona u bilan mashg‘ulotni davom ettiradi: “bunisi-burnisi”, Bunisi nima? YAna o‘zi javob beradi: “qulog‘isi”. “Bunisi-qoshlari”, “Bunisi ko‘zlari” alohida – alohida qo‘l tegizib turib ta’kidlanadi. SHu yo‘sinda sochi, qo‘llari, oyoqlari tushuntiriladi va vazifalari ham sodda qilib aytib o‘tiladi. Navbatdagi tanishtirish oila a’zolari bo‘ladi. Bunda odatda otadan boshlanadi: “Otaning vazifasi ishlab, bizga “nanna” (non) olib kelish” bilan izohlanadi. Ona chaqaloqning qornini to‘ydiruvchi va uni ko‘tarib yuruvchi, aka-singillar esa otaonaga ko‘makdosh…. Bola ulg‘aygan sari oilada, kishilar orasida va jamiyatdagi mehnat taqsimotini shu tariqa tushuna boshlaydi. Ota-onalar bolalariga ovutmachoqlar aytib sog‘lom o‘stirish bilan birga, bola tilga kirishi bilanoq axloq-odobning alifbosi bo‘lgan salomlashishni ham o‘rgatishgan. CHunki xalqimiz o‘zining an’anaviy tarbiyaviy uslublarida bolalardan har doim kattalarga birinchi bo‘lib salom berishni talab qilgan. Bolalarni uyga kirishda, o‘zidan katta kishi bilan uchrashganda o‘ng qo‘lini ko‘ksiga qo‘ygan holda “Assalomu alaykum” deb omonlashishga o‘rgatishgan. Xalq pedagogikasi aqliy tarbiyaning tub – asosi odamlarning dunyoni bilish qobiliyatiga, yashab turgan borliqni bilish darajasiga borib taqaladi deb, yoshlarning olam sirlarini bilib, o‘zlashtirib olish masalasiga alohida diqqat qaratadi. Insoniyat hayot kechirishi uchun o‘zi yashashga mansub bo‘lgan tabiat yaratilishi, uning o‘ziga xos qonuniyatlari bilan xususiyatlarini bilishlari zarur ekanligini qadim davrlardanoq anglab etgan. Insonning dunyoni bilishga intilishi uning ongli bo‘lishi, dastlabki mehnat qurolini yaratish bilan barobar yuzaga kelgan Bu uzoq davom etgan tarixiy jarayon belgilari xalq urf-odatlari, folklori, tabiiy, matematik, astronomik bilim, tajribalarida bizning davrimizgacha saqlanib kelgan. Xalq ko‘p asrlik kuzatish va tajribalari natijasida real borliq, tabiatni anglash va o‘rganish insonga sezgi a’zolari orqali beriladigan ma’lumotlar asosida shakllanishini tushunib etdi Ayniqsa, diqqat, sezgi, idrok, xotira, qiyosiy fikrlash kabi insondagi bilish faoliyatiga mansub hodisalarning borliqni o‘zlashtirish uchun asosiy vositalar ekanligi, inson bilimi shaxsga xos individual xususiyatga egaligi va sub’ekt uchun yuzaga kelgan qulay vaziyat, sharoit bilan aloqador ravishda shakllanishi xalqqa ma’lum edi. Hayotiy bilimlarning inson umrida ko‘rgani, kuzatgani va mehnat tajribalari orqali to‘plab kelingani, ushbu bilimlar odamdagi sezgi a’zolari bergan muayyan ma’lumotlar bilan boyib, takomillashuvini xalq yaxshi angladi. Ayniqsa, inson o‘z sezgi a’zolarini tevarak-atrofni tushunish va anglab etishda eng asosiy vositalar ekanligiga va insonning ravnaq topishiga asos ekanligiga alohida diqqat qaratdi. Sezgi a’zolari bergan ma’lumotlarga tayanish – xalqning yoshlarga olamni bilishga o‘rgatish usullaridan biri bo‘ldi. SHu sababli xalq pedagogikasida sezgi a’zolarining dunyoni bilishdagi xizmati haqida ko‘pgina fikrlar mavjud. Ertak, naql-maqol, xalq qo‘shiqlari va dostonlarda ko‘zning ko‘rish, quloqning eshitish, burunning hid bilish, qo‘lning qattiq-yumshoqni, issiqsovuqni ajratishi va boshqalar bilan bog‘liq ma’lumotlar g‘oyat ko‘p. Ayniqsa, har bir sezgi a’zosining o‘ziga xos xizmati, insonning aql, bilim egallashida o‘z o‘rni mavjudligi ulug‘lanadi. Xalq pedagogikasida insondagi sezgi a’zolariga alohida diqqat qaratilishi ularning kundalik turmush tajribalari asosida sezish turlarini xillarga ajratishga, inson sezgila-rining bir-biridan farqlanishini tushunishga imkoniyat yaratdi. Xalq dunyoni bilish, undagi narsa va hodisalarning farqli va o‘xshash jihatlarini aniqlashga intilish, umuman insonning bilish faoliyati avvalam bor uning ma’lum bir narsaga diqqat qaratishiga, e’tibor berib nazar solishiga bog‘liq deb hisoblagan. Diqqat odamning dunyoni bilishga kirishish jarayonidagi ilk bosqich bo‘lib, uni maqsad sari boshlab borishga yo‘nalish beruvchi xususiyatga ega deb tushungan xalq «Odam diqqatli bo‘lsa, ishi razbatli bo‘ladi», «Diqqatning yuqligi, aqlning bo‘shligi», «Diqqatsiz odam, aqlsiz nodon». «Diqqat bilan qarasang, so‘z aytishga yararsan» kabi nasihatlar qiladi. SHuningdek, «Qirq qiz», «SHahriyor» dostonlarida har bir ishning samarali tugallanishida, ayniqsa, olamni bilishga iitilib, u haqdagi tushunchalarni to‘plashda inson diqqatining, ziyrakligining ahamiyati alohida ta’kidlangan. Diqqat istagan narsani o‘rganishga kirishish uchun aqlni ishga solishda eng zarur hodisa deb e’tirof etilgan. Kimningdir diqqati sust, past bo‘lsa, uning – bilimlilik darajasi, tushunuvchanligi, berilayotgan intellektual ma’lumotlarni qabul qilish sur’ati va sifati ojiz bo‘ladi. Xalq bundaylarni «anqov», «nazarsiz», «pandavaqi» sifatlari bilan ayblab, «Bilishga zehni yo‘qning aqli bilan fahmi yo‘q», «Diqqat o‘yni uyotar, o‘y bo‘yni uyg‘otar» deb e’tiborli bo‘lish, muayyan narsa xususiyatlariga diqqat qaratish inson aqlining ishga kirishishini, ma’lum faoliyat boshlashga olib kelishini uqtirgan va narsa yoki hodisaning aniq tushunarli bo‘lishiga yordam beradi deya izohlagan. Ayniqsa, yoshlarning ziyrak, kuzatuvchan, diqqatli bo‘lishi lozimligi ta’kidlangan holda, bunday xosiyatlarni egallamagan kishilar ustidan «Ongi to‘qning aqli yo‘q» kim deb chiqargan (Bu o‘rinda «ong» so‘zi diqqat, e’tibor ma’nosida kelmoqda). Xalq diqqat qaratilgan, e’tiborga olingan narsalarning inson shuuri tomonidan qabul qilinishini, bunga bog‘liq ravishda o‘ziga munosabat tug‘dirishini yaxshi payqagan. Xalqning qadim davrlarda mehnat qurollarini iste’molga olib kirishi va mehnat jarayoni inson sezgi a’zolari faolligining oshishiga erdam bergan Sezgi ma’lumotlarini idrok etish odamning dunyoni bilishida eng muhim hodisa sifatida e’tirof etilgan. Idrok etishni «quloq solish» bayon qilingan ma’lumotlarni tinglash odam bilimi va tushunchalarini takomillashtiradi. Aytilgan pand nasihatlarni inobatga olgan kishi, unga amal qilish orqali aqliga aql qo‘shib, bilimini boyitadi. Xalq «Aytuvchi oqil bo‘lsa, tinglovchi dono bo‘lar», «So‘zni aytgil uqqanga» – deb qabul qilish hodisasiga alohida diqqat qaratgan. Xalq qabul qilish muayyan darajada o‘sha narsani yoshlarning tushunishi, mavjud taassurotini konkretlashtirishi uchun intilishini ham o‘z tarkibiga oladi deb bilgan. Qabul qilishni bilishga, anglashga intilishning dastlabki bosqichlaridan biri sifatida izohlab: «Quyma quloqqa aytilgan so‘z qo‘yib olinadi», «So‘z qadrini oqil bilar, eshitgan so‘ziga amal qilar» deya eshitganini uqib oluvchi yoshlarni rag‘batlantiradi. Bu bilan o‘rganilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni o‘zlashtirishga qiziqadigan, qabul qiladigan, tushunadigan kishilarning olamni anglashi oson kechishini tushuntiradi. Xalq pedagogikasi idrok etishning quloq vositasida ro‘y beradigan eshitish orqali amalga oshadigan shaklining faol istifoda qilinishini yaxshi anglagan. Ayniqsa, «Oz so‘zlab, ko‘p tinglash» talab qilish natijasida ko‘p bilim olish mumkinligiga katta e’tibor qaratgan. SHuningdek, xalq «Quloq bilim eshigi, so‘z ko‘ngil beshigi», «Quloq eshitsa, yurak ishonadi», «So‘z otasi quloq», «Qulog‘ingga quyib ol», «Oqma quloq (eshitganini darhol esdan chiqaradigan) bo‘lma», «Quloq eshitmas, eshitsa kechikmas», «Eshitgan bilan quloq to‘ymas» singari naql-maqollarda olam va ijtimoiy hayot hodisalarini bilishda eshitish a’zosining o‘rni va vazifasi katta ekanligini, odamlar eshitish orqali zarur ma’lumotlarni o‘zlashtirishini, eshitish aqliy takomillashish jarayoniga ijobiy ta’sir etib odam bilim olish qobiliyatini o‘stirishini, quloq bayon qilingan, tushuntirilgan bilimni qabul qilish vositasi ekanligini, bilishning, eshitishning chegarasi yo‘qligini «Quloq tuymasligini» qayd qilgan. Xalq ko‘rish a’zosi ko‘z yordamida olinadigan tushunchalar mazmuni va ko‘lamiga ham alohida diqqat qaratadi. Ko‘rish sezgisi bergan ma’lumotlar boshqa sezgilar vositasida olingan bilim-tushunchalarga chog‘ishtirganda ancha ko‘p va sifatli bo‘lib, insonning dunyoni bilishida muhim rol o‘ynaydi. Xalq yoshlarga doimo ko‘z bilan ko‘rilgan narsalarga ishonch bildirishini, ko‘z bilan ko‘rish narsa va hodisalarning chinligi, realligini isbotlovchi omil ekanligiga vasiyat qilgan. SHu sababli «Ko‘zi ko‘rmasning ko‘ngli sezmas». «Ko‘z ko‘rmay ko‘ngil ishonmaydi» deb qanday narsa bo‘lsa ham ma’lumotning asosli, ishonchli bo‘lishi uchun ko‘rish a’zosi xizmatiga alohida diqqat qaratilgan. Xalq pedagogikasi. Xalq og‘zaki ijodi namunalari merganlik, kamondan otish, nayza sanchish, kurash, qilichbozlik, ot yoki tuyalar ishtirokidagi poyga hamda uloqning ommaviy tadbirlarning tarkibiy ko‘rinishi bo‘lganligi, ular vositasida yoshlarda mardlik, epchillik, chaqqonlik, uddaburonlik, matonat kabi sifatlar tarbiyalan-ganligi, jangovarlik kayfiyati hosil qilinganligi to‘g‘risida hikoya qilinadi. Turli davrlarda yigitlarning jismoniy chiniqqanligi, ularning mard va jasur bo‘lishlariga jiddiy e’tibor qaratilganligi “Alpomish” va “To‘maris” dostonlarida keltirilgan quyidagi lavhalar ham isbotlaydi: Balog‘at yoshiga etgan Barchinoy unga uylanish niyatida bo‘lgan yigitlar oldiga shart qo‘yib, otlar ishtirokidagi poygada g‘olib chiqqan, ming qadam masofada turib, yoy bilan tanga pulni mo‘ljalga ola bilgan va kurash tushib to‘qson alp (bahodir)ni yiqitgan yigitga turmushga chiqishini aytadi; “Vaqt alla – palla bo‘lganda kuyov bilan kelinni ular uchun belgilangan soyabon aravaga chiqarish oldidan kurashtirib ko‘rishadi(bo‘lg‘usi kelinkuyovlarning kuch sinashishi o‘zbeklar orasida yaqin kunlargacha saqlanib qolgan tortishmachoqning ibtidoiy shakli edi)”. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, qadimdan “Qilich jangi”, “Tuya poyga”, “Tuyalar jangi”, “Otliqlar poygachi”, “Podachi”, “Poda to‘p”, “Jun to‘p”, “CHim to‘p”, “CHavgon” va boshqa o‘yinlardan yoshlarni jangovorlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda samarali foydalanilgan. O‘zbek xalq pedagogikasida aqliy tarbiyaning amalga oshirilishi shuni ko‘rsatadiki, bu sohada o‘yin faoliyati muhim rol o‘ynagan. Zero, bolalar tug‘ilganidan boshlab, ularda atrof-muhitni anglashga qiziqish uyg‘otishga ahamiyat berilgan. Ularga o‘sgan sayin bu qiziqish ham rivojlanib borgan. Natijada, bolalarda aql, xotira, ko‘p narsani bilishga havas, fikrni bir nuqtaga qaratish, mantiqiy fikrlash qobiliyati kengayib borgan, ular asta-sekin murakkab o‘yinlarni o‘ynay boshlaganlar. Qadimda o‘yin turlari, jumladan, qo‘shiq shaklida, qo‘z bog‘lash, o‘yinga da’vat etish, chek tashlash, og‘iz boylash, o‘rta qo‘limni top, sanoq kabi tarzda bo‘lgan. Qizlar juft-juft bo‘lishib, kaftlarini bir-biriga urib aylanishib “CHittigul” qo‘shig‘ini aytganlar: CHitti gul-o, chittigul, Hay-yu chittigul. CHittigulga gul bosay, Bir yonini yonbosay. Hay-yu chittigul, Hay-yu chittigul…. Download 69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling