Turonzamin-u Turkistonning davrug‘i olamga sig‘may, necha-necha
Download 69 Kb.
|
Xalq pedagogikasi
O‘g‘il bolalar esa:
Tomda tovuq qatormi, Ayroningdan tortaymi? O‘yin yoqmas bolalar, Nomozshomdan qatormi? Kel – ho! Qo‘shig‘ini aytishib, o‘rtoqlarini o‘yinga da’vat etganlar: Bir, ikki o‘n olti, O‘n olti deb kim aytdi? O‘n olti deb men aytdim, Ishonmasang sanab boq…. Qo‘shig‘ini aytib sanoqni o‘rganganlar. O‘zbek xalq pedagogikasida tez aytish – bolalar aqliy faoliyatini, fikrlash qobiliyatini va nutqini o‘stirishda muhim ahamiyat kasb etadi: Qizarib pishgan olmadi, Olmadan nega olmadi Olmagan xo‘p bo‘bdi, Endi kelsa, olma de…YOki: G‘ani g‘ildirakni g‘izillatib g‘ildiratdi. Olima olimdan olma oldimi, Olima olimdan olma oldimi? Eshik oldida buloq, buloqdan suv ichar uloq, uzun quloq. To‘p-to‘p ko‘k koptok, har to‘p ko‘k koptokda bittadan katta koptok.15 O‘zbek xalqining uzoq yillar davomida aqliy tarbiyada qo‘llagan yaratilgan “Bekinmachoq”, “Quvlashmachoq”, “Zag‘izg‘on”, “Aylanma darra”, “O‘rta qo‘limni top”, “Kim chaqqon”, “Ayyor tulki”, “Tortishmachoq”, “YOshlomyoshlom”, “Sarinchoq”, “Olma menda”, “CHumurdi – qochdi”, “Oq terakmi, ko‘k terak” va boshqa harakatli o‘yinlari yosh yigit-qizlarda harakat faolligini, mustaqillik, fikrlash, chaqqonlik, do‘stni himoya qilish, o‘hshatish, chamalash, so‘zlarni to‘g‘ri va bir vaqtda aytish, bir joyda turib turli harakatlarni bajarish kabi malaka va ko‘nikmalarni egallashga yordam berdi. Masalan, “Oq terakmi, ko‘k terak?” o‘yinida oralig‘i 10-12 metrli masofada 7-8 nafardan yoki undan oshiq bolalar saf tortib, ikki tomonda qo‘l ushlashib, zanjirsimon shaklda turishadi. Bir tomonda saf tortib turgan bolalar baravariga qo‘shiq qilib aytadilar: Oq terakmi, ko‘k terak, Bizdan sizga kim kerak? Javob: Oladigan jon kerak! YAna javob: Ol-o oladigan janingni! Narigi tomonning bolalaridan bittasi o‘z to‘dasidan ajralib chiqib, to‘g‘ri biron bolaning qo‘liga uradi. Zanjirni uzadi yoki uzolmaydi, yo asir oladi yoki o‘zi asirlikda qoladi. Xalq pedagogikasida yigit-qizlarni yoshligidan mehnatsevar-lik va kasbhunarga havas hissini tarbiyalashga alohida e’tibor berildi. Turli kasb egasi bo‘lgan ota-onalari, buva va buvilari bilim va tajribalarini bolalariga qunt bilan o‘rgatdilar, ularni ustoz-shogird sifatida dehqonchilik, chorvachilik, bog‘dor-chilik, ovchilik, temirchilik, misgarlik, durodgorlik, o‘ymakorlik, zargarlik, to‘qimachilik, tikuvchilik, tabiblik va boshqa sohada kasbkor bo‘lib etishishiga ko‘maklashdilar. Bunda “Mehnatingni halol qilsang, huzurini ko‘rasan”, “Mushkulliklardan hayot emas, faqat tadbir va mehnat qutqazadi”, “Baxtli bo‘lish-mehnatni sevish va rohatni mehnatda ko‘rishdir”, “Mehnating – ziynating”, “Ota kasbi – davlat kasbi”, “Ustoz ko‘rmagan shogird, har maqomga yo‘rg‘alar”, “Avval o‘rgan, keyin o‘rgat”, “Aql qo‘lga etka-zar, hunar-ko‘kka”, “Ustozsiz shogird-jonsiz kesak” kabi xalq maqollari yoshlar uchun asosiy tarbiya vositasi bo‘lib xizmat qildi. O‘zbek xalq pedagogikasida bolalarni mehnat tarbiyasida o‘z-o‘ziga xizmat qildirish, ishontirish, qiziqtirish, nasihat qilish, maslahat berish, amalda ko‘rsatish va rag‘batlantirish usullaridan samarali foydalanish yaxshi natija bergan. Bu usullar, namunali ishlar qilgan yigit-qizlarga nisbatan qo‘llangan: “Barakalla”, “Juda soz”, “Rahmat”, “Umringdan baraka top”, “Baxtli bo‘lgin” so‘zlari bilan yigit-qizlarning ko‘ngli ko‘tarilgan, kulib-erkalab boshi silangan va h.k. SHuningdek, mehnat tarbiyasida ijtimoiy foydali mehnat qilishni istamagan, topshiriqni bajarmagan, dangasa-ishyoqmaslarga nisbatan esa jazolash usuli qo‘llangan. O‘zbek xalq pedagogikasida iqtisodiy tafakkur bilan tijorat faoliyati uzviy birlikni tashkil etshgan. Xalq iqtisodiy tarbiyaning zarurligi va mohiyatini bilgan holda, bolalarni yoshligidan tijorat (savdo-sotiq) ishlariga jalb etadi. Bolalar otabobolarining yonlarida bo‘lib, hisob-kitobni, tarozida narsalarning og‘irligini aniqlashni, xaridorlar bilan qay tarzda muloqotda, muamalada bo‘lishni o‘rganadilar, shu zaylda ular o‘zlari ham mustaqil suratda tijorat (savdo-sotiq) ishlarini bilib oladilar. Natijada bolalarning yoshligidan savdo-sotiq ishiga jalb ettirilishi ularning iqtisodiy tarbiyasiga yordam beradi: bolalar mollarning sifatini aniqlash, bir molning boshqa moldan farqini ajratish malakasini egallaydilar. Bozor iqtisodiy va xususiy mulk munosabatlari aks-sadosi xalqimizning ming yillik hikmatu asotirlarida, rivoyatu dostonlari va ertaklarida, maqolu matallarida mavjud Download 69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling