Turopereyting


Retseptiv turoperatorga xizmatlar eikazib beruvchilar bilan shartnoma


Download 406.27 Kb.
bet196/204
Sana05.01.2022
Hajmi406.27 Kb.
#214186
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   204
Bog'liq
TUROPERATING maruza

Retseptiv turoperatorga xizmatlar eikazib beruvchilar bilan shartnoma. Xizmatlar etkazib beruvchilar bilan shartnomalar turistlarga xizmat ko‘rsatish va hamkorlar bilan o‘zaro munosabatlar masalalari kiritilgan uslubiy shartnomalar asosida tuziladi.Tur yo‘nalishida turistlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar etkazib beruvchi hamkorlar bilan bo‘ladigan barcha o‘zaro munosabatlar yozma shartnomalar tuzish orqali rasmiylashtiriladi. Ular oldi-sotdi shartnomasining uslubiy shakliga, yoki komissiya shartnomasiga, yoxud ayirboshlash shartnomasi (turistik guruhlarning valyutasiz ayirboshlanishi) shaklida bo‘lishi mumkin.

Xizmatlar etkazib beruvchilar bilan shartnomalarning asosiy mazmuni uslubiy shartnoma mazmuniga o‘xshashdir: shartnoma predmeti, asosiy shartlar, xizmatlar etkazib beruvchilarning huquq va majburiyatlari, turoperatorning huquq va majburiyatlari, tomonlar javobgarliklari, fors-major holatlari, hamkorlarning huquqiy manzillari va rekvizitlari.Shartnoma tomonlar orasida tegishli shaklda, barcha mavjud shartlar bo‘yicha kelishuvga erishilgan holda tuziladi. Mavjud shartlar deganda qonunchilik tomonidan tan olingan yoki shu faoliyat uchun zarur bo‘lgan shartnoma predmeti to‘g‘risidagi shartlar, shuningdek, tomonlardan birining arizasi bo‘yicha kelishuvga erishish lozim bo‘lgan shartlar tushuniladi.. Shunday qilib, tomonlar o‘z xohishlariga ko‘ra shartnoma shartlarini o‘rnatish huquqiga egalar, chunki har bir holatning turistlarga xizmat ko‘rsatish xususiyatlari va kelishiladigan tomonlarning o‘zaro munosabatlariga bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xosligi mavjuddir. Bunga faqat tegishli shartlar mazmuni qonunchilik tomonidan ta’qiqlangan hollargina kirmasligi mumkin.



Download 406.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling