Turopereyting


Mehmonxona xo‘jaligi va ovqatlantirish


Download 406.27 Kb.
bet197/204
Sana05.01.2022
Hajmi406.27 Kb.
#214186
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   204
Bog'liq
TUROPERATING maruza

25.2. Mehmonxona xo‘jaligi va ovqatlantirish

tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish

Xalqaro mehmonxona xizmatlari bilan turoperatorlar va turagentlar o‘zaro munosabatlarini tartibga soladigan bitim va hujjatlar bizga ma’lum va keng qo‘llanilib kelinmoqda. Ulardan bittasi - 1970 yilda Xalqaro mehmonxonalar uyushmasi va Turistik agentliklar uyushmalarining Butunjahon Federatsiyasi rahbarligida ishlab chiqilgan mehmonxona konvensiyasidir. Konvensiya shartnoma tuzadigan tomonlar majburiyatlarini, uning amal qilish sohalarini, mehmonxona shartnomalari turlarini, ularni tuzishning alohida va umumiy qoidalarini, komissionlar darajasi va to‘lovlar tartibini, shuningdek, shartnomalarni bekor qilish shartlarini aniqlaydi. 1979 yil Mehmonxona konvensiyasiga qator o‘zgarishlar kiritildi va u “Xalqaro mehmonxona konvensiyasi” nomini oladi, 1993 yildan boshlab mehmonxonalar va turagentliklar munosabatlari kodeksiga aylandi va mehmonxona shartnomalarini tuzishda foydalanilmoqda.

Kodeks mehmonxona korxonalariga kategoriyasi va mehmonxona joylashuvi, shuningdek, ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati bo‘yicha aniq ma’lumotlar berish majburiyatini yuklaydi. Unda turagent o‘z mijozlariga komissiya shartnomalari bo‘yicha belgilangan narxlardan baland hamda belgilash huquqiga ega emasligi qayd etiladi. Bu mehmonxonalar bilan xuddi shu shartlar asosida ishlaydigan turoperatorlarga ham tegishlidir. Bunda na turagent, na turoperator va na mehmonxona shartnomada kelishilgan narxlarni oshkor qilishga haqli emas.

Turistik biznes va mehmonxona korxonalarining o‘zaro munosabatlarini tartibga soladigan hujjatlar Xalqaro mehmonxonalar uyushmasi Kengashi (02.11.81 y.) tomonidan ma’qullangan Xalqaro mehmonxona qoidalari va 1989 y. BTTning regional komissiyalari tomonidan ma’qullangan klassifikatsion standartlar asosidagi Mehmonxona klassifikatsiyalari kriteriylarining hududlararo uyg‘unlashuvi hujjati hisoblanadi.Bu hujjatlar tavsiya xarakteriga ega bo‘lsada va majburiy hisoblanmasada, ular tarkibida turizmda mehmonxona biznesi va agentlik-operatorlik biznesi orasidagi o‘zaro munosabatlarining xalqaro amaliyotiga mustahkam kirib olgan ko‘plab nizomlar mavjudir.

O‘zbekiston hududida turlar tashkil qilishda va mahalliy mehmonxona korxonalari bilan o‘zaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.11.97 y. 389-sonli Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish Qoidalaridan ham foydalanish lozim.

Mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar bilan o‘zaro munosabatlar asosan quyidagi bitimlar bilan aniqlanadi:

- 30-80% bandlikni ta’minlash kafolati bilan joylar kvotasi haqida shartnoma. Bunday shartnoma bo‘yicha turistik firma mehmonxonadan shartnomada kelishilgan davr mobaynida turistlar bilan to‘ldirishi lozim bo‘lgan belgilangan miqdorda joylarni oladi. Bunda u ajratilgan joylar kvotasining 30-80% miqdorida to‘lov amalga oshirishni kafolatlaydi, hatto, bu joylardan foydalanilmasa ham. Firma kvotaning qolgan qismini belgilangan muddatlarda bekor qilish huquqiga ega. Firma bu shartnoma bo‘yicha mehmonxona joylariga odatdagi tariflarga nisbatan past narxlami oladi.

- Bandlikni ta’minlash kafolatisiz joylar kvotasi haqida shartnoma. Bu shartnoma bo‘yicha firma unga ajratilgan joylar kvotasini to‘ldirishga hech qanday kafolat bermaydi. Firma mehmonxona bilan odatdagi tariflar bo‘yicha hisob-kitob qiladi.

- To‘liq to‘lovlarni amalga oshirish bilan joylarni qat’iy sotib olish haqida shartnoma. Bunday shartnoma bo‘yicha firma mehmonxonaga ajratilgan joylar kvotasi bo‘yicha, ularning to‘lish-to‘lmasligidan qat’iy nazar, to‘lovlar to‘liq amalga oshirilishini kafolatlaydi. Bunday sharoitlarda firma mehmonxonaga joylashtirish narxlarini odatdagi narxlarga nisbatan tushirish uchun savdolashadi.

- Joriy bron qilish haqida shartnoma. Bu turistik firmalar uchun nisbatan odatiy shartnoma hisoblanadi, ayniqsa, individual turizm bilan shug‘ullanadiganlar uchun. SHartnoma bo‘yicha firma mehmonxonadan hech qanday joylar kvotasini olmaydi. Mijozlar murojaat qilganlarida u mehmonxonaga bron qilish uchun talabnoma yuboradi va undan tasdiqlanganligi to‘g‘risida ma’lumot olganidan keyingina mehmonxona xizmatlarini sotishni amalga oshiradi. Bunday shartnomalarda odatdagi mehmonxona tariflari amal qiladi.

Istalgan variantda ham quyidagi shartlarni ko‘zda tutish (kelishib olish) kerak:

nomerlar narxi va bron qilish;

nomerlar turlari va ularning zarur miqdori;

xizmat ko‘rsatish (mavsum) davomiyligi;

bo‘sh davrlar;

turistlarning ketish grafiklari;

bir marta xizmat ko‘rsatish davomiyligi va muddatlari;

ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘plami;

ovqatlantirishni tashkil qilish shakli va miqdorini mehmonxona restoranida ovqatlantirish variantlari;

turistlarga ovqatlantirish xizmatini ko‘rsatish vaqti;

dam olishda maxsus qulayliklar (masalan, nogironlar, faxriylar uchun va h.k.);

personallar gapirishi kerak bo‘lgan tillar;

turistlar kelishini tasdiqlash muddatlari (bron qilish);

jarima sanksiyalarini e’lon qilmasdan kelishlarni bekor qilish muddatlari;

bekor qilish o‘lchami va muddatlari bo‘yicha jarima sanksiyalari;

ko‘p miqdordagi kelishlar va doimiy bandlik uchun chegirmalar;

miqdor jihatdan kam kelish, kelishlarning uzilishi, mehmonlarni joylashtirishdan bosh tortish uchun moddiy javobgarliklar;

boshqa spetsifik masalalar (masalan, mehmonxonada sauna, bilyarddan foydalanish nomer narxiga kiradimi yoki yo‘q, basseynning ish vaqti va boshqalar).

Bundan tashqari, xizmatlar etkazib beruvchi hamkor berayotgan kafolatlarga ham e’tibor berish lozim. Xizmatlar etkazib beruvchilar bilan munosabatlarda (shartnomada) narxlarning teskari oshishi imkonsizligi haqidagi shartni (narxlarni faqat sotilmagan xizmatlargagina oshirish mumkin) ko‘rib chiqish kerak va bu shartning bajarilishi mexaniznmi ishlab chiqish lozim.


Download 406.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling