Turopereyting


Aviakompaniyalar bilan shartnomalar


Download 406.27 Kb.
bet200/204
Sana05.01.2022
Hajmi406.27 Kb.
#214186
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   204
Bog'liq
TUROPERATING maruza

Aviakompaniyalar bilan shartnomalar. Barcha aviatashuvlar qoidalari mamlakatimizda xalqaro bitimlar bilan tartibga solinadi va ulardan biri "Xalqaro havo tashuvlariga tegishli ba’zi qoidalarni unifikatsiyalash to‘g‘risidagi" 1929 y. Varshava konvensiyasi bo‘lib, 1959 y. o‘zgartirishlar kiritilgan holda qabul qilingan (Gamburg qoidalari). Aviatashuvchilar bilan o‘zaro shartnoma munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi (“Tashuvlar” bobi) asosida amalga oshiriladi.

Aviakompaniyalar bilan shartnomalar uch ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:

a) muntazam aviareyslardagi joylar kvotasi bo‘yicha shartnomalar;

b) agentlik bitimlari;

v) charter (samolyotni ijaraga olish).

Joylar kvotasi qattiq yoki yumshoq bo‘lishi mumkin. Bu ham shartnoma shartlariga, ham maxsus imtiyoz va chegirmalarga ta’sir qiladi. Joylarning qattiq kvotasida joylar sotilmasligi uchun barcha javobgarlik, joylar sotilmasligining sabablaridan qat’iy nazar, turistik firma zimmasiga tushadi. Moliyaviy yo‘qotishlar turfirma hisobiga bo‘ladi. Joylarning yumshoq kvotasida turfirma uchun, turistik yo‘llanmalar sotilmaganligi sababli, joylar kvotasini yoki uning bir qismini bekor qilish mumkin bo‘lgan muddatlar belgilanadi. Bu muddatlar qolgan joylarni aviakompaniyaning o‘zi yoki uning boshqa agentlari orqali sotishni ko‘zda tutadi. Muntazam aviareyslardagi joylar kvotasi bo‘yicha aviakompaniyalar bilan shartnomalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

boriladigan joy belgilangan, turlarning "borish" va "kelish" yo‘nalishlarida amal qilish grafigi;

har bir guruhdagi turistlar soni (joylar kvotasi);

talabnomalar berish va aviachiptalar sotib olish muddatlari;

chiptalarga buyurtmalarni jarima ushlab qolinmaydigan holda bekor qilish (yumshoq blok);

sotib olinadigan chiptalarga tariflar turlari, imtiyozli tariflar berish shartlari;

joylar kvotasiga chegirmalar va imtiyozlar;

sotib olingan, ammo ishlatilmagan chiptalarni qaytarish muddatlari va tartibi, qaytarish muddatlaridan kelib chiqadigan moddiy javobgarlik (yumshoq blok).


Download 406.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling