Turopereyting


Temir yo‘l va ekskursiya xizmati ko‘rsatuvchi firmalar bilan shartnomalar tuzish


Download 406.27 Kb.
bet201/204
Sana05.01.2022
Hajmi406.27 Kb.
#214186
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   204
Bog'liq
TUROPERATING maruza

25.4. Temir yo‘l va ekskursiya xizmati ko‘rsatuvchi firmalar bilan shartnomalar tuzish

Maxsuslashtirilgan turistik poezdlarni ijaraga olish shartnomasi. Shunday qotib qolgan mulohaza mavjud, har bir temir yo‘l safari, ayniqsa, uzoq davom etadigani, zerikarli va noxushdir. Ammo ko‘pgina xorijiy mamlakatlar amaliyoti poezdlarda safarlar bir punktdan boshqasiga majbur qilinmagan holda ko‘chish va qiziqarli sayohat bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Bu haqiqatni maxsuslashtirilgan temir yo‘l turlarini taklif etadigan xorijiy turfirma va operatorlar allaqachon tushunib etishgan. Ularni olib borish tipologiyasini g‘arb mutaxassislari mukammallashtirilgan darajaga olib bordilar.Standart temir yo‘l turlarini shart ravishda uch mustaqil kategoriyalarga ajratish mumkin: bir kunlik, uncha uzoq davom etmaydigan (2-3 sutka), ko‘p kunlik (5 kun va undan ortiq).

Maxsus turistik-ekskursion poezdni ijaraga olish shartnomasiga quyidagilar kiradi:

barcha to‘xtash punktlari ko‘rsatilgan safar yo‘nalishi;

vagonlar va vagon-restoranlarning ijara qiymati;

yo‘nalishdagi har bir punktdagi to‘xtash davomiyligi va sanalari;

ko‘rsatilgan sayohat muddatlari;

vagonlar va ulardagi joylar miqdori, vagonlar ijarasi qiymati;

vagon-restoranlar soni;

kishi boshiga choyshablar almashtirilishi miqdori;

yo‘nalish masofasi (kilometraj) va yo‘l haqi qiymati;

sayohatni bekor qilish muddatlari (yo‘lga chiqilishidan kamida 20

sutka aval);

poezdda ko‘rsatiladigan xizmatlar (choy, choy mahsulotlari, kupega

nonushta olib kelish va hokazo).




Download 406.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling