Tursunaliyev xasanboy shavkatjon o‘G‘li o‘zdjtsu. Magistr


Download 68 Kb.
bet5/6
Sana16.04.2023
Hajmi68 Kb.
#1358513
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-maqola.TURSUNALIYEV XASANBOY SHAVKATJON O‘G‘LI

MUHOKAMA
Bir qator yetakchi mutaxassis – olimlarning ta’kidlashicha, uzoq muddatli shiddatli mashg‘ulot va musobaqa sikllari davomida shakllangan texnik – taktik mahoratni saqlab qolish, harakatlar koordinatsiyasi va uning aniqligini barqarorlashtirish imkoniyati deyarli barcha jismoniy sifatlarni tanlangan sport turining o‘ziga xos xususiyatlariga qarab, proporsional prinsipda shakllanganligiga bog‘liq ekan [ L.P.Matveev, 2005, b.213–224 ; V.N.Platonov, 2004, b 458; V.M.Zatsiorskiy, 2019, b 200; M.A.Godin, 2006, b.94 – 101; Yu.V.Verxoshanskiy, 2014, b.165; J.N.Xolodov, V.S. Kuznesov, 2014, b. 311–337]. Ushbu olimlar shuni ham e’tirof etishadiki, barcha jismoniy sifatlar (kuch, tezkorlik, chaqqonlik yoki koordinatsion qobiliyat, chidamkorlik, egiluvchanlik)ni rivojlantirishda koordinatsion qobiliyatlarni sport turi xususiyatlari doirasida shakllantirib borish maqsadga muvofiq ekan. [1]
Ta’kidlash lozimki, tanlangan sport turiga xos maxsus koordinatsion qobiliyatlar, ularning ajralmas komponentlari dastavval jismoniy tayyorgarlik jarayonida shakllantiriladi. Bu borada A.A.Rabnikov [2006, c.22] tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar e’tiborni tortadi. Muallif 14 –16 yoshli basketbolchilarda tezkorlik –kuch sifatlarini rivojlantirishda quyidagi mashqlardan foydalanish afzalligini isbotlab bergan: to‘siqlardan sakrash, 30 m ga yugurish, ikki qo‘llab to‘p uzatish, qo‘llarga tayanib ularni bukish–yozish, to‘ldirma to‘pni uloqtirish, 3 karra sakrash, uzunlikka sakrash. Ushbu mashqlarni takrorlash me’yorlari va ularni qo‘llash metodikasi ochib berilgan. Lekin mazkur mashqlardan foydalanish vaqti tana tana qismlarining joylashishi, ularni harakatlantirish tartibi, statik yoki dinamik muvozanatni saqlash haqida so‘z yuritilmagan.
M.A.Petrova [2009, s. 24] ham yosh gandbolchilarda jismoniy tayyorgarlikni individual prinsipda rivojlantirish uchun shunga o‘xshash mashqlar bilan bir qatorda mokisimon yugurish, 30 m. Ustunlararo yugurish, 30 m. to‘pni urib yugurish mashqlarini amaliyotga qo‘llashni tavsiya etgan.
V.I.Izaak, T.E.Nabiev [2005, c 24-26] lar yuqori malakali gandbolchilarda jismoniy tayyorgarlikni takomillashtirish yo‘llarini o‘rganib, shunday hulosaga kelishganki, kuch, tezkorlik, chidamkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik sifatlarining reyting qiymati turli ampluaga ega o‘yinchilarda bir–biridan keskin farq qilishi mumkin ekan. Masalan, kuchning reyting qiymati 1-nchi chiziq o‘yinchilarida 4,55 ball –deb belgilangan bo‘lsa, 2-chiziq o‘yinchilarida bu ko‘rsatkich 3,65 ballga teng bo‘lgan. Tezkorlik esa muvofiq ravishda 4,15 ball va 4,90 ballni tashkil etgan. Afsuski, ushbu mualliflar ham o‘yin vaziyatlarida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan koordinatsion qobiliyatlarni reyting-ballar asosida baholamagan. [3]
Basketbolchilar ustida o‘tkazilgan ayrim tadqiqotlarda umumiy va maxsus kuch, maxsus tezkorlik (turli masofalarga yugurish, o‘zgaruvchan yo‘nalishlar bo‘ylab yugurish) turli oraliqlarda, 10-30 marta minimal vaqt ichida to‘pni turli usullar yordamida uzatish, oyoqdan-oyoqqa sakrash, o‘tirgan holatdan debsinib uzunlikka sakrash, juftlikda va uchlikda to‘p uzatish, to‘pni savatga raqib qarshiligida va uni qarshiligisiz tashlash, ixtisoslashtirilgan harakatli o‘yirnlar maxsus jismoniy tayyorgarlikni jadal rivojlantiruvchi vositalar sifatida tavsiya etilgan. [A.I.Bondar, 2007; N.V.Sonina, 2007; M.N.Jukov, 2002]. Albatta, bunday mashqlar va harakatli o‘yinlar u yoki bu darajada koordinatsion qobiliyatlarni, uning ayrim komponentlarini ( vaqt-oraliqni mo‘ljalga olish, joyda turgan yoki harakatlanayotgan ob’ektga-darvoza va jamoadoshlarga) to‘p otish (uzatish) aniqligini shakllantiradi. Ammo mazkur muxim ko‘rsatkichlar mualliflar ishida o‘z ifodasini topmagan.
Ye.R.Yaxontov [2008, c.69-73] o‘z tadqiqotlarida turli o‘yin ampluasiga mansub basketbolchilarda mashg‘ulot mikrosikllari davomida harakat sifatlarining shakllanish dinamikasini tahlil qilgan. Jumladan, muallif tayyorgarlik davrining boshida va yakunida hamda sport potensialini amalda ko‘rsatish bosqichida 30 m ga yugurish, 30 m ga to‘pni urib yugurish, 3 karra sakrash va jismoniy ish qobiliyatini (PWC170) o‘rganish asosida shunday xulosaga kelganki, to‘psiz va to‘pni urib yugurish, sakrash va jismoniy ish qobiliyati qanot o‘yinchilarida nisbatan yuqoriroq, yonbosh o‘yinchilarida sustroq, markaziy o‘yinchilarda esa yanada past darajada namoyish etilgan. Muallifning fikriga qaraganda, qayd etilgan bunday nomunosib natijalar, ayniqsa markaziy o‘yinchilarda kuzatilgan ko‘rsatkichlar, texnik-taktik kombinatsiyalarni amalga oshirish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi muqarrar ekan.
Ma’lumki, barcha sport o‘yinlari kabi basketbolda ham o‘ta keskin raqobat ostida kechadigan favqulotli, tezkor va nihoyatda o‘zgaruvchan vaziyatlarda ijro etiladigan turli harakatlar, texnik-taktik usullar va o‘yin kombinatsiyalari bilan farqlanadi [D.I.Nesterovskiy,2010]. Mazkur holat o‘yinchilarning funksional organlari, psixoemotsional tonusiga ta’sir etib, birinchi navbatda jismoniy imkoniyatlarni, shu jumladan koordinatsion qobiliyatlarni izdan chiqishiga olib kelishi mumkin ekan. Shuning uchun muallif ish qobiliyati va o‘yin faolligini oshirish uchun gandbolchilarda butun tayyorgarlik davomida funksional potensial zaxirasini oshirish zarurligiga e’tibor qaratadi. Chunki ushbu mutaxassisning boshqa tadqiqotlarida isbotlanganki, basketbolchilar o‘yin davomida o‘rtacha 5500 m. masofani bosib o‘tishi, 225 marta to‘p uzatish, 35 marta to‘pni savatga tashlash, 56 marta to‘pni urib yugurish, 75 marta tezkor yugurishlar, 35 marta sakrash, 127 marta sapchib yugurish harakatlarini bajarishlari mumkin ekan. Mazkur mutaxassis tomonidan yuqori malakali basketbolchilarga xos jismoniy tayyorgarlikning tarkibiy tuzilishi, mazmuni va uni nazorat qilish yo‘llari ochib berilgan. [4]
V.Bogush va bir qator hammualliflar [2016,c.12-18] turli yosh va sport malakasiga ega gandbolchilar ustida tadqiqotlar o‘tkazish natijasida shunday xulosaga kelishganki, ushbu sport turining o‘ziga xos xususiyatlariga mos bo‘lgan jismoniy mashqlarni tabaqalashtirilgan holda muntazam qo‘llab borish nafaqat fnksional imkoniyatlar zahirasini ortishiga olib kelar ekan, balki jismoniy sifatlar, shu jumladan koordinatsion qobiliyatlar va texnik-taktik darajasini xam ko‘tarishga imkon yaratishi mumkin ekan. Mualliflar 13-15, 16-18 va 19-23 yoshli gandbolchilarda 30 m ga to‘psiz yugurish, 30 m ga to‘pni urib yugurish, joydan uch karra sakrash, joydan vertikal sakrash, belgilangan vaqt ichida darvozaga to‘pni aniq otish testlarini qo‘llash natijalari asosida maxsus ish qobiliyatining o‘rtacha ko‘rsatkichlarini aniqlashga erishishgan. 20 sekundli tanaffuslar bilan 5 marta 5x30 m.ga mokkisimon tartibda yugurish ko‘rsatkichlari asosida umumiy ish qobiliyatini baxolaganlar. Mashg‘ulotdan avval va uning yakunida mushaklar kuchlanishini 20 kg, 10 kg, va 5 kg li chegarada farqlash aniqligini o‘rganish orqali shu og‘irlik belgilaridan avval va keyin farqlash qobiliyati baholangan. Aynan shu ko‘rsatkichlar va ularning o‘zgarish dinamikasini tahlil qilish asosida shunday fikrni ilgari surishadiki, koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirish imkoniyati vaqt-oraliqni farqlash, mushaklarni kuchlanish chegaralarini farqlash aniqligini muntazam shakllantirib berishga bog‘liq ekan. Bunday xulosa A.A.Ragnipov [2006, c.22], V.I.Lyax [2006, c.136-143] lar tomonidan ham e’tirof etilgan. Bir qator tadqiqotchilar turli yosh va sport malakasiga mansub basketbolchilarda himoya harakatlarining samaradorligini o‘rganish natijasida shuni aniqlashga muyassar bo‘lishdiki, 12-13 yoshli gandbolchi bolalarda maxsus jismoniy tayyorgarlik yetakchi ahamiyatga ega ekan. Mazkur tayyorgarlik turi 14-15 yoshli gandbolchilarda ham o‘z ustuvorligini saqlab qolishi lozim bo‘lsada, lekin ushbu yosh guruxida yoki shu tayyorgarlik bosqichida maxsus chidamkorlikni shug‘ullanuvchilarning o‘yin ampluasi kesimida jadal rivojlantirishga urg‘u berish zarur ekan. Ushbu mualliflarning fikricha qaraganda 16-17 yoshli gandbolchilarda maxsus jismoniy tayyorgarlik ikkinchi o‘ringa o‘tib, asosiy urg‘u texnik-taktik tayyorgarlikka qaratilishi maqsadga muvofiq deb e’tirof etilgan. 18 yoshli basketbolchilarda, ya’ni sport maxoratini takomillashtirish bosqichida yana maxsus jismoniy tayyorgarlikni shakllantirishiga ustunlik berilishi aniqlangan.
XULOSA
Mazkur tadqiqotchilar bunday metodik tajribani sport maktabida shug‘ullanuvchi va O‘zbekiston chempionatida ishtirok etuvchi gandbolchilarda kuzatishgan. Ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida shug‘ullanuvchi basketbolchilarda va umuman basketbolchilar tayyorlash amaliyotida, umumiy, ayniqsa maxsus jismoniy tayyorgarlikni gox birinchi o‘ringa, gox uni ikkinchi darajaga tushirish shu sport turiga xos ustuvor jismoniy sifatlarni, shu jumladan maxsus koordinatsion qobiliyatlarni susayishiga olib kelishi yetakchi mutaxassis-olimlar tomonidan berilgan. [A.I.Bondar,2007; N.N.Safronov,2018; N.V.Sonina,2007; Yu.M.Portnov,2004]. Demak, e’tirof etish mumkinki, maxsus jismoniy tayyorgarlik yoki maxsus jismoniy sifatlarni ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonining barcha bosqichlarida uzluksiz muntazam shakllantirib borish gandbolchilar ob’ekti kuzatish reaksiyasi, vaqt-oraliqni farqlash asosida texnik-taktik usullarni ijro etish bilan bog‘liq koordinatsion qobiliyatlarni jadal shakllanishiga imkon yaratadi. Aynan shunday metodik yondashuv va muvofiq jismoniy mashqlar xatto vestibulyar analizatori tomonidan boshqariladigan muvozanat saqlash funksiyasini ham samarali sayqal topishiga turtki beradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, basketbolchilar va gandbolchilarda koordinatsion qobiliyatlar va ularning tarkibiy komponentlari ob’ektni kuzatish, vaqt-oraliqni farqlash, ko‘z ochiq va yopiq holatlarda statik va dinamik muvozanatni saqlash imkoniyatlarini maqsadli shakllanishi uchun tayyorgarlik jarayonida texnik-taktik tayyorgarlikka ixtisoslashtirilgan mashqlarni modellashtirilgan vaziyatlarda muntazam qo‘llab borishiga ustunlik berish muhimdir.

Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling