Alloh subhanahu va taolo «Ahzob» surasida: «Albatta, Alloh va Uning farishtalari Nabiyga salavot ayturlar. Ey iymon keltirganlar! Siz ham unga salavot ayting va salom yuboring», degan (56-oyat). - Ushbu oyati karima Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamning qadr-qimmatlari Alloh taoloning huzurida qanchalar ulug‘ ekanini yana bir bor ko‘rsatmoqda. Boshqa birov emas, Alloh taoloning O‘zi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salavot aytishi ta’kidlanmoqda.
“Kim meni tushida ko‘rsa, haqiqatda o‘zimni ko‘ribdi. Chunki shayton mening suratimga kira olmaydi”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyatlari). - Qadr surasni har kuni quyosh chiqish va botish chog‘ida 21-martadan o‘qishni odat qilgan kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni Allohning xohishi bilan tushida ko‘radi.
- (al-Vasoilush-shafiʼa).
Kavsar surasini bir kechada ming marta o‘qigan kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni Allohning xohishi bilan tushida ko‘radi. (al-Vasoilush-shafiʼa) - Kimki Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni tushida ko‘rishni istasa “Muzammil” surasini 41-marta o‘qisin, shubhasiz Rasulullohni ko‘radi!
- (al-Vasoilush-shafiʼa 417-B)
Jumʼa kunida “Qadr” surasini ming marta o‘qigan kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni tushida ko‘rmaguncha bu dunyodan o‘tmaydi.
(Xazinatul asror).
Baʼzi ulamolar aytishlaricha, “Kavsar” surasining quyidagicha xususiyati bor: kimki bu surani jumʼa kechasida ming marta o‘qib ortidan Rasulullohga yana ming marta salovat aytib uxlasa, tushida Ul zoti sharifni ko‘radi. - Baʼzi mashoyixlarga ko‘ra, juma kechasining qoq yarmida turib “Quraysh” surasini ming marta o‘qib, tahorat bilan uyquga ketsa, tushida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni ko‘radi va Allohdan so‘ragan boshqa hojatlari ham ravo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |