Tushda kechgan umrlar” romanidagi o’xshatishga misollar va ularning tahlil talqini


Download 41.59 Kb.
bet1/4
Sana03.02.2023
Hajmi41.59 Kb.
#1150026
  1   2   3   4
Bog'liq
yarasheva lingvokulturologiya


Tushda kechgan umrlar” romanidagi o’xshatishga misollar va 

ularning tahlil talqini. Romanni boshidan oxirigacha o’qir ekanmiz 
22
Ҳошимов Ў. Танланган асарлар. I-том .-Тошкент: Шарк. 2009 ,443-446 бетлар. 

38 


o’xshatishga ko’plab misollar uchratamiz. Albatta orginal ya’ni badiiylik 
ufurib turgan yoki o’xshatish yaqqol namoyon bo’lgan misollarni tahlil qildik. 
Ularni ikki guruhga ajratdik.  
1. Leksik vositalar bilan hosil bo’lgan o’xshatish.
2. Grammatik vositalar bilan hosil bo’lgan o’xshatish 

O’xshatishga misollar: 


Shaxnozanining qulog’i shang’illar, birov uning miyasiga kirib olib, 

muttasil to’qmoq bilan o’rayotganga o’xshar edi. 


O’tkir Hoshimov bu kontekstda iboralar yordamida o’xshatishlar

hosil qilgan.”urayotganga o’xshar edi” birikmasi orqali leksik o’xshatish 


ifodalangan va o’xshamoq fe’lining sifatdosh shakli hosil bo’lgan. 

Oyoqlari ipdek, puf desang uchib ketadigan holi bor-ku, miq etmaydi, 


eshshak! Nachora, boshqa usulni qo’llashga to’g’ri keladi. 


Bu misolda yozuvchi – dek o’xshatishni yuzaga keltiruvchi grammatik 

vositadan foydalangan va “oyoqlari ipdek” birikmasi sifat yasovchi affiksi 


orqali o’xshatish hosil bo’lgan. 
Avtomatni aynan menga o’qtalib turgandek, boshimni ichiga tortdim.

Bu misolda ham leksik, ham grammatik o’xshatishlar bor. Misli, 


bamisoli aynan ravishlari doim o’xshatish obrazini ko’rsatuvchi so’zdan avval 
keladi. 
Yo’q, bu kulgu emas, kaltakesakning tamoq taqillatishiga o’xshagan 

mudhish bir tovish edi. 


39 


Bu inkor ma’nodagi o’xshatishlar kaltakesakni tamoq taqillatishini 
eshitmagan bo’lsakda, o’xshamoq fe’lining sifatdosh formasi ekanligini etirof 
etishimiz lozim. 
Mauzerning og’zi lang ochilib, basharasi yana ham ahmoqona tusga 

kirdi. 
Bu salbiy ma’noli matnda-ona qo’shimchasi o’xshatish obrazini 


ko’rsatuvchi so’zga qo’shiladi va biror predmet, belgini va holatni shu so’z 


orqali ifodalab qiyos qilishga yordam beradi va o’xshatish hosil bo’ladi. 
Bu dunyo muttasil aylanib turadigan murakkab mexanizm. 

Yozuvchining bu misolini sof o’xshatish deb qaraymiz. Chunki bu 


misolda leksik so’zlar yoki grammatik vositalar ishtirok etmagan. Dunyoni 
mexanizmga o’xshatgan. Bu bizning tafakkurimizda hosil bo’lgan 
o’xshatishdir. 
Boshini bir tomonga tashlagan ko’yi qop-qora kipriklarini gunohkorona 
prillatib turushi shu qadar samimiy ediki, boyagi “artisnamo” shopirdan rashk 
qilganimga o’zim uyaldim. 
Bu misolda -namo affiksi orqali o’xshatish hosil bo’lgan. U o’xshatish 
obrazini ko’rsatuvchi “artist” so’ziga qo’shilib holatni ifodalayapti va qiyos 
qilishga yordam bermoqda.
To’laganova qo’y og’zidan cho’p olmagan farishta.

Yozuvchi O’tkir Hoshimov bu misolda iboralar orqali To’laganovani 


farishtaga o’xshatgan.

40 


Shaxnoza mening yostig’imni quchoqlab turib, bolalarcha sodda quvlik 
bilan kuldi. 
Bu misralarda “bolalarcha” so’zi orqali o’xshatish hosil qilingan.

– cha kuchaytirish formasidan foydalangan va Shaxnozani bolaga 


o’xshatganligi kontekstdan anglashilib turibdi. 
Talabalar shaharchasi arining uyasiga o’xshaydi. 

Bu misolimizda o’xshamoq fe’lining sifatdosh formasi hosil bo’lgan.


O’ylab qarasam, o’tgan umrim – umir emas, tush ekan. 

Bu o’xshatish “ekan” o’tgan zamon fe’lida ifodalangan inkor ma’nosini


anglatuvchi o’xshatishdir. Bunda yozuvchi inson mrini naqadar qisqa 
ekanligini ifodalagan. 
Mundoq kirish-chiqish qilaylik, bolam, ko’zday qo’shnimiz…

Bu misolda –day fe’lning sifat yasovchi formasi sifatida hosil 


bo’lgan o’xshatish, ibora bilan ifodalangan. 
“Sabotaj” tashkilotchisi – Rustam degan yigit ekan. Baskedbolchilarga 

o’xshagan baland bo’yli, gavdali…


Bu misolda o’xshatish, qiyoslash ma’nosi anglashilib turibdi. Leksik 

vosita “o’xshagan” so’zi orqali hosil bo’lgan. U doimo o’xshatilgan predmet 


yoki shaxsdan keyin keladi. 
Kuz – o’lim to’shagida yotgan bemorga o’xshaydi…

41 

Bu misolda ham yozuvchi leksik vosita bilan ko’chim o’xshatish hosil 
qilgan. Bunda bo’yoqdorlik kuchli tasvirlangan. Kuz faslini to’shakda 
yotgan bemorga o’xshatmoqda. 
“O’xshaydi” o’tgan zamon fe’lining sifatdosh formasi bilan ifodalangan. 
Biz O’tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanidan 
o’xshatishlarni kuzatar ekanmiz yana o’zgacha o’xshtishlarni guvohi bo’ldik. 
O’xshatishni yuzaga keltiruvchi grammatik vositalar borki ular biror predmet
belgi va holatni boshqalarga o’xshatish, qiyos qilish uchun xizmat qiladi. 
Ularga quydagilar kiradi: 
-day (-dek), -simon, -ona, -namo, -larcha, -omuz, -cha, -chasiga, -da, -li. 
Bu qo’shimchalar o’xshatish obrazini ko’rsatuvchi so’zga qo’shiladi va biror 
predmet belgi va holatni boshqalarga o’xshatish, qiyos qilish uchun xizmat 
qiladi. 

Masalan: Shunda… kutilmagan hodisa ro’y berdi. Ovozi do’rillab qolgan 


tengdoshlari quyundek yopirilib keldi. 
Bu misolda tengdoshlari quyundek so’z birikmasi orqali o’xshatish hosil 

bo’lgan. Uning tengdoshlarini – dek grammatik vosita orqali quyunga 


o’xshatilgan. 
Bostirmaning qorayib ketgan pastak shiftida olmadekkina lampochka 

osilib turardi. Bor - yo’q jihoz shu. 


Bu misolda ham –dek grammatik qo’shimchasi orqali lampochka olmaga 

o’xshatilmoqda. Misolda –kina kichraytirish formasi qo’llangan. 


Katta yo’l chetida qachonlardir uzilib ketgan tank zanjiri zanglab 

yotibdi. Xuddi ajdar terisiga o’xshaydi. 


42 

Bu misolda “xuddi” leksik vosita qo’llangan. Misoldagi “xuddi” so’zini 
bemalol tushurib qoldirishimiz mumkin. U fakultativ xarakterga ega va gap 
ma’nosiga ta’sir qilmaydi. Bu tushurib qoldirishimizda mazkur gaplar 
ma’nolariga zarar yetmasligi uchun ularni tuzilishida juz’iy o’zgarish 
qilishimiz mumkin:
Katta yo’l chetida qachondir uzilib ketgan tank zanjiri zanglab 

yotibdi.Ajdar terisiga o’xshaydi.


O’xshatishda bir soni ham qo’llaniladi. Bunda omonimlik xususiyati 

paydo bo’ladi. Masalan: Do’stim bir qushdek yengil bo’libsiz-da. 


yoki: Tog’da yurgan ohu bir juvon 

sochlarini mayin taraydi. 


Bu misolda ham bir so’zi orqali juvonni ohuga o’xshatgan. Bir so’zini 

omonimi hosil bo’lgan.


Bunga juda ko’plab misollar keltirishimiz mumkin. Hamma “bir” so’zi 
qo’llangan misolarni ma’nosi har xil bo’ladi.
Egnida olimpiyka, boshiga cho’qqisimon to’qima qalpoqcha kiygan ikki 

kishi shtab bilan yugurib yonidan sharpadek o’tib ketdi. 


Bu misolda –simon, -dek grammatik vositalar qo’llangan. Birinchisida 

“cho’qqisimon taqiya” deb, cho’qqiga o’xshatilgan bo’lsa, ikkinchisida 


sharpaga o’xshatilgan. 

43 


Nazira hayotida hech kim bilan olishishni istamagani kabi o’limda ham 
ajal bilan tortishib o’tirgisi kelmagandek osoyishta yotar, lablarida alamli 
tabassum qotib qolgan, go’yo oxir-oqibat, bu ozoblardan qutilganiga shukr 
qilgandek. 
Bu katta matnda o’xshatishning leksik va grammatik formalari ishtirok 

etgan va “istamagani kabi”, “go’yo oxir-oqibat, shukr qilgandek” 


birikmalarida ko’rinadi.
Naziraning yuzi muzdek edi. Xuddi xolodilnikdagi go’shtdek. 

Bu misolda ham Naziraning yuzi “dek” grammatik vositalar orqali 


go’shtga o’xshatgan. Qo’pol tasviriy vosita deb ham aytishimiz mumkin, 
ya’ni salbiy xarakterdagi o’xshatishdir. 
Bir mahal kipriklari kapalak qanotidek titrab kulib yubordi. Bu tabiiy 

go’zal va yoqimli o’xshatishda ham yozuvchi badiiy tasvir vositalaridan 


ustalik bilan foydalangan. 
“Kapalak qanotidek” birikmasi orqali o’xshatish hosil bo’lgan. Demak

qizning uzun kipriklari kapalakning qanotiga o’xshatilayapti. 


Bir kecha-kunduz mijja qoqmay tik oyoqda tursin - chi, holi nima 

kecharkin? Tagidan arra solingan terakdek gup etib ag’dariladi. 


-dek, -day kabi qo’shimchalar sifat yasovchi affiks bo’lib, qiyos qilinadi. 

O’xshatishda boshqa affikslarga qaraganda ko’proq ishlatiladi. 


Bundan tashqari -cha affiksi ham mavjudki u otlarga qo’shilib 
kichraytirish, erkalsh ma’nolarini bildiradi. 

44 


Masalan: uycha, qizcha yigitcha kabi. Sonlarga qo’shlilganda chama 
ma’nosini anglatadi: o’ncha, mingcha, qirqcha va hokozolar. –cha affiksi 
so’zlarga qo’shilib, urg’u olmaganda sifat va ravishlarni yasaydi va o’xshatish, 
cho’g’ishtirish ma’nolarini beradi. 
Bu xususiyat bilan – day, - dek affikslariga juda yaqin turadi. –cha 
affiksi vositasida sifat yasalganda, asosan, predmet, vaqt, daraja, ko’rsatish 
kabi ma’nolar bilan bo’g’liq o’xshatish hosil qiladi. 
Masalan: Ko’z yoshlari daryocha bo’ldi.
Bu misolda –cha affiksi yordamida o’xshatish hosil bo’lgan. Bu 
frazeologik o’xshatish bo’lib, ko’z yoshlarini daryo suviga o’xshatmoqda. 
Xullas o’xshatishlar badiiy tasvir vositalarida keng o’rinni egallaydi.
O’xshatishning ochilmagan qirralari haqida kelgusi kuzatishlarimizda 
to’xtalamiz. 


Download 41.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling