6.Asarning sarlavhasi haqida fikringiz
Inson qachonki biron narsani ko’p o’ylaganda hatto tushida ham shuni ko’radi. Shunday tushlar bo’ladiki inson uyg’ongisi kelmaydi, yana shunday tushlar borki dahshatlarga to’la. Urush davrida yurtimiz boshida tushgan barcha ko’ngilsiz voqealar xuddi yomon tushga o’xshaydi. Bu yurtimiz va xalqimiz boshiga og’ir musibatlar soldi. Bu asar qahramonlarining hayoti shu tushning bir bo’lagidir. Ikki yoshning barcha umidlari puchga chiqdi, tushga aylanadi go’yo. Bundan tashqari o’sha davrdagi tuzum ham haqiqatdan yiroq, chirkin ishlarga to’la edi. Haqiqatni hech kim topa olmas edi. Bunga harakat qilib, qattiq kirishgan Rustam oxir-oqibat buning imkonsiz ya’ni ro’yo ekanini tushunib yetadi va asar so’ngida o’z joniga qasd qilishgacha boradi. Buni asarning “ Tushda kechgan umrlar” deb atalishga bir sabab deb olsak bo’ladi. Asarga aynan shu nom tanlanishiga umrning judayam qisqa ekanligiga ham asos qilsak bo’ladi.
7.Asarning lingvistik tahlili
Frazeologizmlar
Oyoqlari ipdek, puf desang uchib ketadigan holi bor-ku miq etmaydi.
Shahnozaning qulog’I shang’illar, birov uning miyasiga kirib olib, muttasil to’qmoq bilan urayotganga o’xshardi.
Mauzerning og’zi lang ochilib, basharasi yana ham ahmoqona tusga kirdi.
To’laganova qo’y og’zidan cho’p olmagan farishta.
Talabalar shaharchasi arining uyasiga o’xshaydi.
Ovozi do’rillab qolgan do’stlari quyundek yopirilib keldi.
Do’stim qushdek yengil bo’libsiz-da.
Tagidan arra solingan terakdek gup etib ag’dariladi.
Ko’z yoshlari daryocha bo’ldi.
Kasb- hunarga oid so’zlar
Gastrit batalyon
Order snaryad
Podbor razmax 76
Pnevmoniya tank
Povestka porox
Demokratiya ratsiya
Anarxiya tribunal
Retsedevist kombat
Protokol bort
Rezident mina
Obisk minomyot
Toponimlar
Qatortol
Pskent
Toshkent
Afg’oniston
Tepaqo’rg’on
Beshyog’och
Qonqus
Smolensk
Moskva
Kreml
Leningrad
Litva
Kushka
Tajan
Do'stlaringiz bilan baham: |