Tushda kechgan umrlar
Download 72.21 Kb.
|
Mustaqil ish.Masharipova Saboxat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turksib yo‘llarida ”, “Ona yer ”, “Yashasin, tinchlik! ”. Gʼafur Gʼulom oʼzbek tarjima maktabining maydonga kelishiga ham ulkan hissa qoʼshgan. U «Otello », «Qirol Lir
Shum bola” asari sovet tuzumi davridagi adolatsizliklarni hamda o’sha davr aholisining turmush tarzini ochiqchasiga ko’rsatib bergan.
G‘afur G‘ulom faqat she’rlar, qissalar va boshqa asarlar yaratish bilan cheklanib qolmay, dunyoning mashhur yozuvchilarini asarlarini tarjimasi bilan ham shug’ullangan. Masalan, Pushkin, Lermontov, Griboyedov, Mayakovskiy, Nozim Hikmet, Rustaveli, Nizomiy, Shekspir, Dante, Bomarshe va boshqalarning asarlarini o‘zbek tiliga mohirona tarjimasi bilan mashhur bo’lgan. G‘ofur G‘ulomning dunyo qarashi va badiiy didining shakllanishida Vladimir Mayakovskiy asarlari katta ta’sir ko‘rsatgan. G‘ofur G‘ulom o‘zining maqolalaridan birida shunday yozadi: “Men... rus mumtoz ijodkorlarini bilaman va ularni sevaman va ularning ko‘plab asarlarini ona tilimga tarjima qildim. Lekin “men uchun vazn, lug‘at, timsol, she’rning ohang tuzilishi sohalarida eng serqirra va cheksiz imkoniyatlarni ochgan” Mayakovskiyning shogirdiman, deyishni istayman”. Mayakovskiy satirasidagi darg‘azab, tanqidiy kinoya, lirikasidagi bag‘oyat ulkan tuyg‘u kuchidan tashqari, men o‘zimda... uning usullarining dovyurak notiqlik kuchini, metaforalar jasorati, mubolag‘alar ifodaliligini jamdashga harakat qildim. Hatto, usulli, ohangli va ma’no ifodaliligini oshiruvchi she’r qurilishidan ham o‘zbek she’r tuzimida foydalanishimga to‘g‘ri keldi”. Bular G‘ofur G‘ulomning ko‘plab she’rlarida namoyondir, masalan: “Turksib yo‘llarida”, “Ona yer”, “Yashasin, tinchlik!”. Gʼafur Gʼulom oʼzbek tarjima maktabining maydonga kelishiga ham ulkan hissa qoʼshgan. U «Otello», «Qirol Lir» singari jahon adabiyoti durdonalarini oʼzbek tiliga katta mahorat bilan oʼgirgan. Gʼafur Gʼulom Oʼzbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi edi. MAVZU:M.SHAYXZODANING «JALOLIDDIN MANGUBERDI» TRAGEDIYASIDA VATANPARVARLIK VA MILLATPARVARLIK MOTIVLARI Jaloliddin Manguberdi hayoti xavf ostida qolgan paytda hatto daxriy ham Ollohdan madad kutadi. Dushman sovet mamlakatining gʼarbiy chegaralarini bosib oʼtib, bir necha oy mobaynida Moskva ostonalariga yetib kelganida, taqdiri katta xavf ostida qolgan davlat rahbarlari yozuvchilarni oʼtmishdagi mashhur sarkardalar haqida asar yozishga daʼvat etdilar. Ular fikriga koʼra, bunday asarlar xalq va armiyani oʼtmishdagi jasur sarkardalardan, xalq qahramonlaridan ibrat olishga daʼvat etishi, ularni bu mashhur shaxslarning vatanparvarlik fazilatlari ruhida tarbiyalashi mumkin edi. Shunday ijodiy buyurtmani olgan Shayxzoda oʼzbek xalqining jasur farzandlaridan biri Jaloliddin haqida sahna asarini yozishga kirishdi. Moʼgʼul istilosi davrida Movaraunnahrda katta jasorat koʼrsatgan Jaloliddin haqida Shayxzodaga qadar birorta badiiy asar yaratilmagan, sovet tarixchilarining ilmiy asarlarida esa uning na nomi, na jangovar jasorati iliq soʼzlar bilan tilga olingan edi. Shunga qaramay, Shayxzoda bu ajoyib siymo haqidagi Shahobuddin Muhammad Nasaviyning “Siyrat as-sulton Jaloliddin Mangburni” va Аlouddin Аtomalik Juvayniyning “Tarixi jahongushoyi Juvayniy” kabi asarlarini oʼqib, shu asarlarda tasvirlangan tarixiy davr voqealari asosida oʼz asarini yozishga ahd qildi. Shuni alohida qayd etish joizki, Jaloliddin haqidagi noyob manbalardan biri – Nasaviyning nomi yuqorida qayd etilgan asarida mashhur sarkardaning ismi Jaloliddin Mangburni deb atalgan. “Mangburni” laqabini ayrim tarixchilar “burnida xoli bor”, “xoldor” deb talqin qiladilar. Аmmo Shayxzoda oʼz asarida Jaloliddinni, tarixiy manbalardan farqli oʼlaroq, “Manguberdi” deb atagan va Nasaviy kitobidagi “Mangburni” soʼzini oʼzbek tiliga shunday tarjima qilgan. Va mashhur sarkarda oʼzbek xalqi oʼrtasida hanuzgacha shu nom bilan yashab keladi. Tarixiy manbalarga qaraganda, agar Xorazmshoh Chingizxonning tinchlik va totuvlik haqidagi taklifini qabul qilib, u yuborgan elchi bilan birga savdo karvonini ham qilichdan oʼtkazmaganida, qudratli Xorazm saltanati XIII asrda moʼgʼullar tomonidan qonga botirilmagan boʼlardi. Xorazmshoh Chingizxonning oʼsha davrdagi eng qudratli qoʼshinni toʼplagani bilan hisoblashmay, katta xatoga yoʼl qoʼygan boʼlsa, chor atrofga oʼlim urugʼini sochib, yaʼjuj-maʼjuj singari bosib kelayotgan moʼgʼullarga qarshi otlangan Jaloliddinga yordam bermay, aksincha, unga har tomonlama qarshilik koʼrsatib, yana-da katta xato qilgan. Jaloliddin vatan va tarix oldidagi burchini chuqur his etgani uchungina kichik bir qoʼshin bilan moʼgʼullarga qarshi tengsiz kurashga otlanadi va chinakam jasorat namunalarini koʼrsatadi. Jaloliddin moʼgʼullarning ashaddiy dushmani boʼlganiga qaramay, Chingizxon uning dovyurakligi va sarkardalik mahoratiga tan berishga majbur boʼladi. Shayxzoda yetuk yozuvchi sifatida yoza boshlagan ilk sahna asariga ana shunday tarixiy shaxsni – moʼgʼul qoʼshinlariga gʼulgʼula solgan, gʼalaba yuz oʼgi rgan jang maydonlaridan ham omoneson chiqib ketgan Jaloliddinni qahramon qilib oladi. MAVZU:O.YOQUBOV-QISSANAVIS Odil Yoqubov so‘z san’atida o‘ziga xos yo‘nalishga ega. Xususan, uning ijodida ham o‘xshatishlardan ko‘p o‘rinlarda foydalanilgan. “Billur qandillar” qissasida o‘xshatishning go‘zal va takrorlanmas na’munalarini uchratamiz. Misol tariqasida ulardan ayrimlarini keltirib o‘tsak: qizil shoyiga o‘ralganday tuyulgan qirmizi rang o‘riklar; oqqushning bo‘yniday nozik, oppoq qo‘llar; dehqonlarning qoramtir qo‘llarini eslatuvchi o‘rik va o‘rikzorlar; Odil Yoqubov ijodi inson his-tuyg‘ularini to‘lqinlantiradigan, hayajonga soladigan tasvirlarga boy. Mutafakkir adib Chingiz Aytmatov yozuvchining “Ulug‘bek xazinasi” romani haqida shunday fikrlarni bildirgan: “ “Ulug‘bek”ni ancha kechikib, ammo zavq bilan o‘qib chiqdim. Yangi asar haqida so‘z yuritish quvonchlidir. bu – yuksak va benihoya qimmatli asar, o‘zining badiiy qiymati bilan ham e’tiborga molik tarixiy roman meni qattiq hayajonga soldi. hayajonimning asosiy sababchisi – roviylikning sehri, usuli, biroq barchasidan tashqari sening asaringni o‘qiyturib, men ulug‘ turkiy g‘ururni his etdim. Ulug‘bek bizni hamisha oqlovchi kuch, u bizning dardimiz va dunyo haqida fikr yuritishga, unga to‘la hakamlik qilishga huquq beradigan yuksak tajribaviy iztiroblarimizdir. Bu yuksak tajriba Ulug‘bek – garchi uning kashfiyotlari olamshumul ahamiyat kasb etsa-da – buyuk olim bo‘lganda emas, balki ziyoli va haqgo‘y insonning fojeasi Ulug‘bek shaxsi vataqdirida kechganidadir. ulug‘bek menga faqat o‘rta asrning atoqli olimi bo‘lgani uchungina qadrli emas, aksincha, taqdir uni eng mashaqqatli va ulug‘vor fojeani boshidan kechirishga va shunday murakkabhayot yo‘lini bosib o‘tishga majbur etganki, u o‘z davrining qabul qilgan hamma tartib-qoidalariga qarshi borib, shunga qarshi isyon ko‘targan shaxs sifatida ham buyukdirOdil Yoqubov ijodi inson his-tuyg‘ularini to‘lqinlantiradigan, hayajonga soladigan tasvirlarga boy. Mutafakkir adib Chingiz Aytmatov yozuvchining “Ulug‘bek xazinasi” romani haqida shunday fikrlarni bildirgan: “ “Ulug‘bek”ni ancha kechikib, ammo zavq bilan o‘qib chiqdim. Yangi asar haqida so‘z yuritish quvonchlidir. bu – yuksak va benihoya qimmatli asar, o‘zining badiiy qiymati bilan ham e’tiborga molik tarixiy roman meni qattiq hayajonga soldi. hayajonimning asosiy sababchisi – roviylikning sehri, usuli, biroq barchasidan tashqari sening asaringni o‘qiyturib, men ulug‘ turkiy g‘ururni his etdim. Ulug‘bek bizni hamisha oqlovchi kuch, u bizning dardimiz va dunyo haqida fikr yuritishga, unga to‘la hakamlik qilishga huquq beradigan yuksak tajribaviy iztiroblarimizdir. Download 72.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling