Tushda kechgan umrlar


Download 72.21 Kb.
bet1/3
Sana23.06.2023
Hajmi72.21 Kb.
#1651637
  1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ish.Masharipova Saboxat


MAVZU: O’TKIR HOSHIMOVNING “TUSHDA KECHGAN UMRLAR” ROMANIDA FOJIAVIYLIK

Yigirmanchi asr o’zbek adabiyotiga katta hissa qo’shgan adiblardan biri O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi”, “Dunyoning ishlari”, “Bahor qaytmaydi” kabi asarlari kitobxonlarning qalbidan joy olgan.Xuddi shunday “Tushda kechgan umrlar” romanidir.Asar o’ziga xos tuzilishga ega.Unda Rustamning kundaligidan lavhalar va tergov hujjatlaridan namunalar keltirilgan.Voqealar kuz tasviri bilan boshlanadi va oxirida ham shu tasvir keltiriladi:Kuz o’lim to’shagida yotgan bemorga o’xshaydi.Oyoq ostida kasalmand xazonlar ingraydi…Shuncha urinishlari zoye ketganini tushunib olamga ma’yus boqadi.Yer-ko’kni kafandek oppoq tuman chulg’aydi.Oq zulmat orasidan qarg’alarning xosiyatsiz fig’oni eshitiladi.” Kuzning o’lim to’shagida yotgan bemorga o’xshatilishi,xazonlarning ingrashi, yer-u ko’kni kafandek oppoq tuman qoplashi, qarg’alarning bexosiyat fig’oni asarda qandaydir nohush vaziyatlar bo’lishiga ishora qiladi.Asar bosh qahramonlardan biri Rustam o’qishni to’xtatib armiyaga ketadi.Armiyadan esa urush bo’layotgan Afg’onistonga jo’natiladi.U Vatani va xalqi uchun emas, sovet hukumatining bosqinchilikdan iborat siyosiy manfaati uchun jang qildi.Temur,Hayriddin kabi o’ziga o’xshash yosh yigitlarning Afg’oniston hududida bekordan-bekorga o’lib ketishlariga, afg’onlarning urushdan kata azob ko’rayotganlariga guvoh bo’ladi.Urush natijasida ukasallikka chalinadi.Asar voqealar markazida turgan qahramonlar:Rustam, uning otasi,Komissar Soat G’aniyev, Qurbonoy xolalarning hayoti xuddi tushdagidek ma’nisiz va alg’ov-dalg’ov o’tdi…


Rustam afg’on urushi xotiralaridan qutula olmadi. …U o’zi sevgan qiz Shaxnozaga uylangan bo’lsa ham, ikkalasi bir-birini qattiq sevsa ham baxtli bo’lisha olamadi.Bu baxtsizlikning asosiy sababi urushning salbiy ta’siri edi.Uyga qaytgandan keying ketma-ket adolatsizliklar,nohaqliklarga guvoh bo’lishi, ayolining baxtsizligida o’zini aybdor sezishi uning fojiali o’limiga sabab bo’ldi.Komissar Soat G’aniyev har bir kitonxonning qalbida nafrat uyg’otadi.Uotasining izidan borib,sovet komissari bo’lib yetishadi.Yoshligidan ko’plab insonlarning nohaq jazolanishiga sabab bo’lgan.Bir ayolning nomusiga tekkan bu odam keksayganda ham pushaymon bo’lmaydi.U o’tgan umridan afsuslanmaydi, dunyoqarashini o’zgartirmaydi.Komissar 70 yillik zulm saltanatining timsoli.U oddiy emas o’ta xavfli manqurt.
MAVZU:ABDULLA ORIPOV SHE’RLARIDA SEVGI-MUHABBAT MOTIVLARI
Adabiyotimizda Abdulla Oripov “Mitti yulduz”i porlamaguncha muhabbat mavzusi eski ohanglarda, siyqa obrazi tashbehlarda kuylanar edi.Birovlar yorning qoshu ko’zini maqtab ovora bo’lsalar, ba’zilar bevafo yorga ta’na toshlarini otib charchamas edilar.Abdulla Oripov she’riyatidagi oshiq obrazi esa armonli armonli muhabbatga duchor bo’lib, bir umr hayot barcha ne’matlarni ayamasa-da, muhabbat taqdiridan maqtanolmay o’tishga mahkumdir.Lekin u munisa qizga hech qachon ta’na toshini otmaydi, bevafolikda ayblamaydi, balki-
Nega bir tosh bo’lmagansan, seni avaylab,
Til ostimga solib yursam jonimga joylab-
deya armon qiladi.
Jo’nar bo’ldim men bundan diltang,
Yo’llarimga qarab qolding sen
Sochginangni tarab qolding sen.
O, bilaman, badjahl otang
Ostonaga yo’latmas seni.
Shoir uzalgan qo’llari bilaguzuk bilan bog’langan qizning munis va ma’yus surati ko’z o’ngimizda muhrlanib qoladi.Bilaguzuk bilan bog’langan qo’llar tasvirida ham, shoirning “Bilaguzuk banding uzilsin, yor qo’lini qisgandan ko’ra”-deya qilgan nidosida ham qandaydir yorug’lik, qandaydir tozalik qandaydir ajib shoironalik bor.
MAVZU:SAID AHMADNING “UFQ” TRILOGIYASIDA DAVR VA SHAXS TALQINI
«Ufq» trilogiyasi 1967-1974-yillarda yaratilgan.Bu asrda urushdan oldingi, urush va urushdan keying davr yaqqol, mahoratli tarzda yoritilganini asarga berilgan birgina ta’rif misolida isbotlasak bo’ladi:”Bu kitobni kitobxon boshdan-oyoq shavq bilan, hech qayerda turtinmasdan, diqqati susaymasdan, ishtahasi bo’g’ilmasdan o’qib chiqadi… Kitobda qimirlagan har bir jonning qayg’usi, quvonchi, qilmishi, muhabbati, g’azabi, og’zidan chiqadigan har bir so’zi rost… «Shuningdek ushbu asar»…odamga quvvat beradigan umid, uning boshini «toshdan» qiladigan ishonch barq urib turgan haqiqiy hayot manzarasidir”. A.Qahhor
Biz yuqoridagi gapni ko’p eshitganmiz, lekin hozir birgina «rost» jumlasiga e’tibor qilaylik.O’sha davrlarda yozuvchi tomonidan shunday deyilgan ekandemak bu asar yaratilishida asrning ichiga yolg’onlar qo’shilmagan.Yana «Said Ahmad Oybekning psixologik tasvir mahoratini, G’afur G’ulomning yumorini, Abdulla Qahhorning teran va ixcham fikrlash san’atini o’zida mujassam etgan adib» degan ta’rifning berilishi bejiz emas.
Asar yaratilish jarayonida shunday voqea ham yuz beradi: «Ufq»ning qoralamsini yozib tugatgan Said Ahmad asarni Abdulla Qahhorning yonigaolib boradi.Asar bilan tanishgan Abdulla Qahhor Said Ahmadga asrning bir joyini to’g’irlashini aytadi.Bu Ikromjon Tursunboyga o’q uzgan joy edi.Abdulla Qahhor ota farzandini o’ldira olmasligi haqida Said Ahmadga tanbeh bergach, adib mana shu tasvirni o’zgartiradi va mahoratli yozuvchiga bu o’zgartirilish uchun bor-yo’g’i bitta gap yetarli bo’lgan.U:Xayriyat,o’q tegmabdi», degan gap edi.
«Ufq» trilogiyasining birinchi kitobi Qirq besh kun deb nomalanadi.Ikkinchi qism Hijron kunlaridadeb nomlanib, bu romanda o’zbek xalqining urush ortidagi zahmatlari, fidoyi mehnatlari tasvirlangan. Ufq bo’sag’asida deb nomlangan uchinchi qismidaurushdan keying hayot, urush tugashi bilanoq, hayot o’z iziga tushib ketmaganiaks etadi.
«Qirq besh kun» romanini kitobxon o’qish davomida Nizomjon va Dildoro’rtasidagi muhabbatning A’zamjon tomonidan poymol qilinishi , xasis, ziqna Inoyat oqsoqol tabiatidagi yaramasliklar, Ikromjon qalbini tirnagan nomus tuyg’usi bilan yaqindan tanisha boradi.Nizomjon insofli, diyonatli, mehnatsevar, nomusli o’zbek yigiti. U t5abiatidagi hech bir xislat bilan otasi Inoyat oqsoqol va akasi A’zamjonga o’xshamaydi, ularning g’irt aksi.Chap qo’li to’mtoq bo’lagani uchunurushga olinmagan Nizomjonga o’z sevgan qizining o’z uyida yanga bo’lib yurishi og’ir botadi va uydan bosh olib chiqib ketadi.

MAVZU: «OTAMDAN QOLGAN DALALAR» ROMANIDAGI DEHQONQUL OBRAZI RAMZIY-FOJIAVIY OBRAZ SIFATIDA


Tog’ay Murodning «Otamdan qolgan dalalar» romani ijtimoiu-falsafiy ruhdagi romandir. Chunki yozuvchi bu asrida mustabid tuzum mohiyatini ya’ni o’sha davrning haqiqiy qiyofasini, unga olib keluvchi yo’llarni, uning ayanchli asoratlarini bir xalq timsolida o’rganish badiiy talqin qilish tarzida falsafiy fikr yuritadi.
Dehqonqul xarakteri o’zbek xalqini hali-hanuz o’z poydevorini yo’qotmagan-mehmondo’stlik, olijanoblik, kamsuqumlik, kamtarinlik, vatanparvarlik, fidoyilik, halollik, mehnatsevarlik va soddadillik kabi hislatlarini ko’ramiz va bunga bevosita asar davomida guvoh bo’lamiz.
Dehqonqul-butun umri ketmon chopib,mustamlaka yurtda kosasi oqarmay kelgan o’zbek dehqonlarining umumlashma obrazidir.U yerdan o’zgani bilmaydigan, tan olmaydigan va butun dunyoni bir tanobgina yer timsolida ko’radigan obrazdir.Unga bu xislat ota meros yoin-ki, bobomeros bo’lsa ne ajab.Adabiyotimizda uzoq yillar davomida paxtakorlar mehnati, ayniqsa paxtakor xotin-qizlar mehnati juda oson ish tarzida, bayramona kayfiyatda tasvirlab kelinar edi.Ammo bu dabdabali mehnat ortida qanchalik mashaqqat borligini birgina «Dehqonqul» obrazi orqali juda keng ko’lamda ochib bera oldi. «Dehqonqul» obrazining va bu obraz orqali butun jamiyatning kelajakka, tinch va sog’inchli dard-u g’amlarini singdiradi.
Asarning bosh qahramoni Dehqonqul o’zbek xalqining ti msoli sifatida tasvirlangan. Asarda uch avlod vakillari Jaloliddin Ketmon, uning o’g’li Aqrabva uning farzandi Dehqonqul obrazi orqali hayotimizning fojiali qirralirini mahorat bilan yoritib bergan.Bolalikdan qullik,zulmga ko’nikkan,hayotni faqat mehnatdan iborat deb bilganDehqonqul uchun bolalari va paxtasi muhim.Uning uchun dalalarning yaxshi saqlanishi,mo’l hosil berishigina muhim.Dehqonqul shu tashvishlar bilan band bo;lib oilasiga,farzandlariga ham e’tiborbermaydi.Markazdan keluvchi mehmonlarga atab bozor qiladi, biroq bolalariga kelganda kambag’alligiga ko’mnadi.Siyosatdan yiroq bo’lgan bo’lsasa , asr yakunida «Paxta ishi» sababli qamaladi.Shuncha yil qul bo’lib yashagan Dehqonqulning obrazi sovet dehqoni qiyofasida tasvirlangan.Buroman sobiq tuzum tomonidan olib borilgan mustamlakachilik siyosatining daxshatlari, milliy ozodlik yo’lidagi kurashlarning parokandalikkayuz tutishlari, xalqning ayanchli taqdiri ochib berilgan.

MAVZU:OYBEK LIRIKASIDA TABIAT VA INSON TALQINI


Tavsiflanayotgan voqelikni yaxshi bilish, tildagi so„z ma‟nolarini, uning nozikliklarini anglash, hikoya mazmunini ochib berishga imkon yaratadi. Hikoyada keltirilgan so„zlarning vazifasi estetik ta‟sir etishdan iboratligi uchun so„zning turlicha qo„llanishi, tovlanishi, xilma-xil ma‟nolarni ifodalashiga imkon yaratadi. Oybek qo„llagan har bir so„z zamon va undagi xalq hayotining yashash tarzini, kishilarning bir-biriga bo„lgan munosabatlarini ko„rsatib bergan. Bu esa o„quvchini yaxshilik qilishga, voqealardan to„g„ri xulosa chiqarishga o„rgatadi.
Yana bir holat o„quvchi e‟tiborini tortadi. Fanor nega aynan Tursulqul akaning eshigi oldida? Nega “yuzi burishgan, gavdasi obkashdek egilgan” bir kimsa fanorni yoqadi? Oybekning shaxsiyatini bilgan kishi, albatta bu savolga javob bera oladi, Oybek nihoyatda kamtar, mehribon, birovga har doim yordam beradigan, bechorahol kishilarga hurmati baland bo„lgan. Fanorchi ota obrazi orqali hayoti qorong„ulikda qolgan kishilarning qo„liga yorug„likka olib chiqadigan bir mash‟ala bergandek, go„yo. Fanorchi otaning yuvoshligi, beozorligini ham hikoyadagi so„zlar ortiga berkitadi. Ko„rinishidan xunukkina bu odamning qalbi go„zalligini, undagi bolajonlikni va samimiylikni o„quvchi asar oxirida his qiladi. Qosim kabi bolalarning tarbiyasizligi va shuning natijasida atrofdagilarning ham hurmat-izzatni unutib qo„yishi o„sha davr uchun ham dolzarb ekanligini ko„rsatadi.
Shu o„rinda Sa‟diyning “Guliston” asaridagi bir hikoyani eslab o„tish joiz bo„ladi. “Odobni kimdan o„rganding?” deb so„radilar. Luqmon javob berdi: “Odobni beodoblardan o„rgandim, ularning harakatlaridagi menga maqbul bo„lmagan narsalardan o„zimni saqladim!” [1; 63].
Oybek ham o„z hikoyasi orqali falsafona qarashlarini bayon etadi. U qaysi janrda ijod qilmasin, so„zni ehtiyotlaydi, uni jonlantirishga harakat qiladi. Asarlarida har bir so„zni mahorat bilan qo„llaydi. Yozuvchi tilga, so„zga o„zgacha munosabatda bo„ladi. So„zni qadrlaydi. Uslubiy ma‟no yuklaydi. “Har bir davrda ijod etgan shoir va yozuvchilar, hatto bir davrda yashagan ijodkorlarning ham so„zga, tilga munosabati bir xil emas”. [7; 125]
Zarifa Saidnosirova “Oybegim mening” asarida bu haqida alohida to„xtalib, shunday yozadi: “Oybek bir jumla ustida soatlab o„tirardi. U yozar ekan, uyning u burchidan, bu burchiga tez-tez yurardi, uzib olgan qog„oz parchasini chaynardi, asar qahramonlari bilan so„zlashardi. Ba‟zan tovushini baland qo„yib, qo„llarini harakatga solib, hayajon ila gapirib qo„yardi”.
Oybek tildagi kamchiliklar - chigallik, siqiqlik, balandparvozlik, sun‟iylik, qashshoqlik va quruqlikdan iborat so„zlardan, jumlalardan uzoq yuradi. Uningcha, so„zlar asarga chertib, tanlab olinishi lozim. Unda ishlatilgan so„z kuchli, ifodali, ravshan, sodda, toza, xalqqa yaqin bo„lishi kerak, til hayotni to„g„ri ko„rsatishga xizmat qilsin. Shundagina asar omma ichiga til orqali kirib boradi va xalqning qalbini zabt etadi.
So„z yoki birikma badiiy tasvirning muhim vositasidir. Ammo ularning badiiy matnda qo„llanish darajasi, badiiylikni ifodalash imkoniyatlari turli-tuman. Oybek asarlarining jozibasi va o„ziga xosligi ham yozuvchining tildan foydalanish mahoratida yorqin ko„rinadi. Oybek eng sodda fikrlarni ifodalash uchun ona tili xazinasidan yagona, ohorli so„zlar topa oldi. Bunday so„zlar yozuvchi asarlarida o„ziga xos jilolandi. Shuning uchun ham Oybek asarlari adabiyot sahifalarida barhayotdir.

MAVZU:SHUKUR XOLMIRZAYEV ASARLARIDA DAVR VA SHAXS TALQINI


Shukur Xolmirzayevning adabiyotdagi oʼrni salobatli va jozibador hikoyalari bilan belgilanadi. Аdib oʼz hikoyalarida Boysun manzaralarini, Surxonning viqori ruhini olib kirdi. Uning xizmati tufayli oʼzbek adabiyotida Surxon mavzusi, fidokor va zahmatkash Surxon odamlari paydo boʼldi. Chunki uning asarlaridagi qahramonlar o`zligini yo`qotgan rahbar xodimlari yoki yo`ldan adashgan yoshlar, oddiy qishloq kishilari sodda va qalbi pok, o`zbek xalqi misolida aks ettirilib, asar g`oyasiga ko`ra yozuvchi bu qahramonlar taqdiri orqali o`zining mavjud davr va hayot haqiqatlariga munosabat bildirdi. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, Sh.Xolmirzayev adabiyotga, xususan, o`zbek nasriga juda katta yangi-yangi tamoyillarni olib kirdi. Shu bois ham yozuvchi hikoyalarida tabiat va uning unsurlari badiiy detal vazifasini bajaradi.
Ma’lumki, badiiy asar syujetiga aloqador eng kichik (aslida eng katta) muammolardan biri – badiiy detal va tafsilotlardir. Adabiyotshunos olim Dilmurod Quronovning fikricha: “… Detal asarda tasvirlangan obrazning kichik bir qismi (yaʼni, u hamisha predmetlilikni koʼzda tutadi), detallarning birikuvi natijasida oʼsha obraz koʼz oldimizda butun holda namoyon boʼladi. Badiiy detalning ortida maʼlum bir realiya mavjud: maishiy turmush yoki joy tafsilotlari, portret chizgilari va sh.k. Shuningdek, personajning imo-ishoralari (jest), tana holati (poza), xatti-harakati, gapsoʼzlari ham detal sanaladi, ular hammasi birgalikda konkret inson obrazini gavdalantiradi”.
Badiiy asarda, odatda, rang-barang detallar qoʼllaniladi: predmet detal, ruhiyat detallari, portret detal, nutqiy detal.
Shukur Xolmirzayev asarlari xususan, hikoyalarining badiiy-uslubiy o`ziga xosligini tabiat tasviri, peyzaj detallar ta’minlaydi. Yozuvchining qahramonlari o`z hayotlarini tabiat bilan uyg`unlikda bilib, tabiatni asrab avaylash uchun jon dili bilan kurashadi. Bularning bari adibning hayotiy va ijodiy salohiyatining yuksak ekanligining o`ziga xos belgisidir. Peyzaj ham badiiy obraz sifatida murakkab taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Zamonaviy ma'nodagi peyzaj voqelikning ob'ektiv real tasviri sifatida XVIII asrgacha adabiyotda mavjud emas edi. Shukur Xolmirzayevning badiiy nasridagi tabiat mavzusi keng adabiy materialda tizimli ravishda o'rganib kelinmoqda. Adabiyotshunosolim Yo’ldosh Solijonovning “Detallar tilga kirganda” maqolasini ko’rishimiz mumkin. Bu maqolada yozuvchi asarlarning kuchli vizual tomoni va yozuvchi matnlaridagi detalning alohida roli haqida shunday fikrlar aytiladi: “Shukur Xolmirzayevning asarlarida eng ko‘p qo‘llaniladigan detallar bu — tabiat unsurlari: turli daraxtlar, o‘t-o‘lanlar, gullar, qushlar, hashoratlar va hayvonlardir.
MAVZU:A.QODIRIYNING «O’TKAN KUNLAR ROMANI» ATROFIDA MUNOZARALAR

  • Abdulla Qodiriy ijodining muhim хislati-tariхiy burilishlar davrida хalq ichida bo’layotgan katta хodisalar tasviriga murojaat yetishidir. Bu хislat, ayniqsa uning yirik tariхiy prozasida yaqqol ko’rinadi. 1922 yilda parchalari bosilib, 1926 yil boshlarida nashrdan chiqqan «O’tgan kunlar» romani yaqin o’tmishning yeng og’ir, yeng qora kunlari bo’lgan «Хon zamonlariga» bag’ishlangan yedi. «O’tgan kunlar» ham mazmun, ham shakl, ham uslub jihatidan butun O’rta Osiyo хalqlari adabiyotida tom ma’noda novator bo’lib, katta ijtimoiy qiziqish tug’dirdi.

  • Mashhur sharqshunos E.YE.Bertels «O’tgan kunlar» munosabati bilan «Evropa romani, ingliz romani, rus romani bilan bir qatorda o’zbek romanining yaratilganligi» ni yozgan yedi.

Ulkan qozoq yozuvchisi, o’zbek adabiyotining ko’zga ko’ringan namoyondasi Muхtor Avezov fikricha, «O’tgan kunlar» romani bilan Abdulla Qodiriy 20-yillarda «Sharqning yeng ulkan yozuvchisi bo’lib qolgan yedi».

  • Abdulla Qodiriy ongli ravishda novatorlik yo’li bilan bordi va izlanishlari samarali bo’ldi. U o’zbek romanchilik maktabini yaratdi.

  • «Modomiki biz yangi davrga oyoq qo’ydik, - deb yozgan yedi u o’sha romanga so’z boshisida-bas, har yo’sinda ham yangi davrning yangiliklari ketidan yergashamiz va shunga o’хshash dostonchilik, romanchilik va hikoyachiliklarda ham yangi asarlar yaratishga, хalqimizni shu zamonning «Tohir va Zuhra» lari, «Chor darvesh» lari, «Farhod va Shirin» lari,

«Bahromgo’r» lari bilan tanishtirishga o’zimizda majburiyat his yetamiz». Yozuvchining fikricha «O’tgan kunlar» romani «yangi zamon romanchiligi bilan tanishuv yo’lida kichkina bir tajriba, yana to’g’rirog’i, bir havas» yedi. Ammo o’zbek adabiyotida to’ng’ich roman bo’lgan-«O’tgan kunlar» bir milliy adabiyotda hozirgi zamon ma’nosidagi etuk adabiyotimizning g’alabasigina bo’lib qolmay, butun o’zbek mumtoz adabiyotidan abadiy o’rin oldi. «O’tgan kunlar» da o’zbeklar va boshqa O’rta Osiyo хalqlari hayotining XIX asr birinchi yarmidagi manzarasi yoritilgan. Feodallik zulmi, hukmdorlarning хalqlar va qabilalar orasiga nizo solishi, ularni bir-biriga tezlashi, buning fojiali oqibatlari, bu fojiani ko’rib, mamlakatni manfaatparast хonlar va beklar beboshligidan хalos qilishni orzu yetgan ilg’or kishilarning boshiga tushgan kulfatlar «O’tgan kunlar» ning mazmunini tashkil etdi.

MAVZU:HAMID OLIMJON IJODINING ADABIYOTSHUNOSLIKDAGI TALQINI


Hаmid Olimjon ХХ аsr o`zbek poeziyasining yorqin siymolаridаn biridir. U 1909 yil 12 dekаbrdа Jizzахdа tug`ilgаn. Otаsining ismi Olim buvа, onаsining ismi Komilа аya bo`lib, ulаr Hаmidning tаrbiyasigа kаttа e`tibor bergаnlаr. Hаmid Olimjonning dаstlаbki she`rlаri 20-yillаrning o`rtаlаridа pаydo bo`ldi. Uning birinchi she`ri “Kimdir” e`lon qilingаndа shoir o`n etti, to`ng`ich kitobi –
“Ko`klаm” bosilib chiqqаn vаqtdа yigirmа yoshdа edi.
Hаmid Olimjon “Ko`klаm” kitobidаn boshlаb hаyot hаqidаgi o`z tааssurotlаrini berishgа, turmushni
drаmаtik holаtlаri bilаn idrok etishgа, she`rdаgi lirik qаhrаmon kechinmаsini tа`sirchаn vа ishonаrli
chiqаrishgа, аyniqsа, voqeа-hodisаdаn ko`rа, undаn hosil bo`lgаn fikr, his-tuyg`ulаr, qаlb holаtini ifodаlаshgа urindi.Аlbаttа, uning dаstlаbki she`rlаri ijodining mаshqlаr vа izlаnishlаr bosqichini tаshkil etаdi.
Uning “Oydindа” she`ridа hаyot o`shа dаvr rаsmichа ko`tаrinki soхtа tаlqin qilinаdi. Drаmаturg olis tаriхiy voqeаni hozirgi zаmonning muhim siyosiy hodisаsini аks ettirishgа, urush dаvri vаzifаlаrini o`tаsh hаmdа ehtiyojlаrini qondirishgа хizmаt ettirа oldi. Urush yillаridа shoir “Jаngchi Tursun”, “1924 yilning yanvаridа Sаmаrqаnd”, “Rossiya”, “Roksаnаning ko`z Yoshlаri” kаbi bаllаdаlаrini yozdi.Hаmid Olimjonning 9 tа doston, 7 tа she`rlаr to`plаmi bor. “Grishа”, “Otа hаyotidаn”, “Shohimаrdon”, “Ikki qizning hikoyasi” dostonlаri zаif dostonlаr hisoblаnаdi.
“Ikki qizning hikoyasi” dostoni Hаmid Olimjonning hаyot to`g`risidаgi eng yaltiroq tаsаvvurini ifodаlаydi. Hаmid Olimjon nаfаqаt shoir, bаlki tаrjimon hаmdir. U 1936 yildа Pushkinning 100 yilligi
munosаbаti bilаn “Kаvkаz аsiri” dostoni, “Suv pаrisi” drаmаsini, bir qаtor she`rlаrini tаrjimа qilgаn.

MAVZU:G’AFUR G’ULOM-QISSANAVIS


1923-yildan G‘afur G‘ulomning adabiy faoliyati boshlanadi. 1923-yil yozilgan ilk ijodlaridan “
Download 72.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling