O`tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanida fojiaviylik


Download 189.2 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi189.2 Kb.
#1024125
  1   2   3
Bog'liq
metodika adabiyot


«Adabiyot o‘qitish metodikasi» pedagogik fanlar tizimiga mansub o‘laroq, ilmning alohida turi bo‘lish uchun qo‘yiladigan uch talabning barchasiga javob bera oladi. Birinchidan, adabiyot o‘qitish metodikasi o‘rganadigan soha ilmdagi boshqa biror o‘quv fani tomonidan o‘rganilmaydi. Ikkinchidan, mazkur fan ishlaydigan soha, ya’ni adabiyot darslarida badiiy asarlar o‘qitilishining optimal va samarali yo‘llarini tadqiq etish, adabiy ta’limning nazariy asoslarini ishlab chiqish ulkan ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Uchinchidan, adabiyot o‘qitish metodikasi fani o‘ziga xos ilmiy-tadqiqot usullariga ega.

Mavzu: Adabiyot òqitish metodikasining umumnazariy masalalari

Reja:

1.Adabiyot òqitish metodikasi fanining dolzarbligi.

2.Adabiyot òqitish metodikasi fani haqida

3.Adabiyot òqitish metodikasining ahamiyati.


Shu ma’noda adabiyot o‘qitish metodikasi alohida fan sifatida filologik ta’lim uchun zarur hisoblanib, uning o‘z obyekti va predmeti, maqsad va vazifalari, mazmuni va metodlari mavjud. Bizgacha yaratilgan soha darsliklariga tayangan holda «Adabiyot o‘qitishmetodikasi» fanining obyektini uzluksiz ta’lim tizimidagi adabiyot darslari, deya ko‘rsatish mumkin. Mazkur fanning predmeti esa uzluksiz ta’lim tizimida badiiy adabiyotning o‘qitilishiga doir didaktik ashyolar va qonuniyatlar hamda badiiy asarni o‘rganishda o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatlaridagi hamkorlik jarayonidir.
2.MAVZU:Adabiyot o'qitishning maqsad va vazifalari
3.MAVZU:Adabiyot o'qitishning buyuk allomalar, mudarrislar qarashlariga tayanishi
O‘rta Osiyoning ulug‘ mutafakkiri Abu Nasr Farobiy ovoz va nutqning tarbiyaviy ahamiyatiga alohida e’tibor berib «Ilmlarning kelib chiqishi» («Ixso ul-ulum») nomli risolasida badiiy asarni ifodali o‘qish, o‘qiganini hikoya qilib berish zo‘r san’at ekanini alohida ta’kidlagan. Uningcha, hikoyachilik san’atini yaxshi egallagan kishilar «hakim» deyiladi. O‘qish va notiqlik san’atini chuqur egallagan shaxslar esa faylasuflar, donishmandlar bilan tenglashtiriladi.Qomusiy olimlardan yana biri Abu Ali ibn Sino badiiy asarning inson ruhiyatiga ta’siri haqida gapirib, g‘azal eshitilganda ko‘ngil kishilarining ahvoli shodlik va kulguga yoki g‘amginlik va yig‘iga moyil bo‘lishini, ayniqsa, judolik va hajr tilga olinganda bu holatlar ortishini alohida ta’kidlaydi.
4.Mavzu: Adabiyot òqitishning mustaqillik davridagi rivojlanish bosqichlari
Mustaqillik yillari adabiyot oqitish metodikasi boyicha bir qator jiddiy tadqiqotlar amalga oshirildi. Q.Yoldoshev, S.Matchonov, B.Toxliyev, M.Mirqosimova, Q.Husanboyeva kabi metodist olimlar soha rivojiga katta hissa qoshdilar.
*Qozoqboy Yoldoshev. Adabiyot oqitish sohasidagi sifat va mazmun jihatdan jiddiy ozgarishlar taniqli metodist va adabiyotshunos olim Qozoqboy Yoldoshevning ilmiy izlanishlari hamda amaliy faoliyati bilan chambarchas bogliq. Olimning "Yangilangan pedagogik tafakkur va umumtalim maktablarida adabiyot oqitishning ilmiy-metodik asoslari" mavzusidagi doktorlik ishi hamda "Adabiyot oqitishning ilmiy-nazariy asoslari" nomli monografiyasi adabiy talim metodikasida tub burilishlarga asos soldi.
Monografiya respublikamizning filolog mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oquv yurtlarida, oz ishiga vijdonan yondashadigan oqituvchilar uchun amaliyotda asosiy qollanma sifatida foydanilmoqda. U "yangilanayotgan pedagogika ilmida hamda adabiy talim metodikasi fanida roy bergan, berayotgan va bolishi kutilayotgan ozgarishlarning oziga xos xususiyatlarini nazariy jihatdan umumlashtirish va pedagogik tajribaga tayangan holda amaliy jihatdan tadbiq qilishni asoslash samarasi olaroq vujudga keldi". Risolaning umumiy yaxlitlangan holdagi fazilatlari, bizningcha, quyidagilardan iborat:
Ishda maktabda adabiyot oqitishning maqsad, vazifalari, mazmuni singari masalalarga alohida etibor qaratilgan va bu tushunchalarga ilk bor uzil-kesil aniqlik kiritilgan.
Adabiyot oqitish ishini sinfiylik, ijtimoiylik, goyaviylik nuqtai nazaridan tadqiq etilishini tanqid ostiga olinib, endilikda amal qilinishi kerak bolgan sof badiiy-estetik va manaviy-pedagogik yondashuv tamoyillari belgilab berilgan.
Metodikada birinchi marta oquv tahlili toliq umumnazariy tarzda organilgan va tahlil turlari, ularga qoyiladigan talablar, didaktik tahlilning tamoyillari, tahlilni amalga oshirish usullari haqida batafsil fikr yuritilgan.
O'quvchilar badiiy adabiyotni nima uchun oqishlari kerakligi, ularga qanday asarlar tavsiya etilishi lozimligi, bu asarlarni ozlashtirish jarayonida tarbiyalanuvchilarda qanday sifatlar shakllantirish kozda tutilishi aniq-ravshan belgilab berilgan.
Badiiy adabiyotni organish mashgulotiga jamiyat tomonidan belgilab berilgan bosh umumiy maqsaddan tashqari har bir oqituvchi va oquvchining xususiy maqsadi ham bolishi mumkinligi singari butunlay yangicha fikrlar ilgari surilgan.
Mazkur qollanmada, shuningdek, adabiy talim ishtirokchilarining siyosatdan, mafkuradan holi turishi hamda dunyoqarashlar xilma-xilligi sharoitida ish korishiga moslashish tamoyillari tadqiq qilingan.
Adabiyot oqitishda soglom falsafiy asoslarga tayanish, ayni vaqtda, dunyoqarashni shakllantirishda oquvchi shaxsi va uning tafakkur tarziga tazyiq otkazishga yol qoymaslik kerakligi ta'kidlanib, didaktik plyuralizm komil shaxsni shaklantirishning eng maqbul yoli ekanligi hisobga olingan holda xulosalar chiqarilgan va tavsiyalar berilgan.
O'zbek adabiyotini o'qitishga doir yangicha xulosalarga kelishda o'tmish tajribasi bilan birga zamonaviy o'zbek metodika ilmining namoyondalari qarashlari ham atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, qardosh va jahon metodist olimlarining ilgor fikrlarini sinchiklab o'rganilgan va o'zbek adabiy talimi nazariyasi hamda amaliyotiga muvofiq keladigan xulosalar saralangan.
Nazariy va amaliy jihatdan beqiyos ahamiyatga ega bolgan bu risola yaratilgandan buyon adabiy talimning davlat talim standartlarini belgilashda, uning konsepsiyasini yaratishda, oquv rejalarini tuzishda, oquv dasturlarini ishlab chiqish va darsliklar yozishda tayaniladigan soglom ilmiy asos bo'lib xizmat qilib kelmoqda. Bayon etilgan ilmiy-nazariy qarashlarni, amaliy natijalarni bevosita, to'g'ridan to'g'ri mumtoz adabiyot namunalarini o'qitish jarayoniga tadbiq etish mumkin.
*Boqijon Toxliyev akademik litseylarning 1-3 kurslar uchun darslik-majmua yaratishga boshchilik qildi hamda "Adabiyot oqitish metodikasi" qollanmasini yozdi.
O.Madayev Qozoqboy Yoldoshev va boshqalar bilan birgalikda «Adabiyot oqitish metodikasi» fanidan dasturiy qollanma yaratib, Adabiyot oqitish nazariyasi va metodikasi faniga ozining tegishli hissasini qoshgan. Bu kitobning hozirgacha ham talabalar va oqituvchilar uchun muhim qollanma bolib kelayotganligini takidlash joiz. Olimning metodika sohasidagi uzluksiz va barakali ijodining bu fan ravnaqiga sezilarli tasir korsatib kelayotganligini alohida takidlash kerak.
Safo Matchonov Adabiyot oqitish nazariyasi va metodikasi fanining ravnaqi uchun jonkuyarlik qilib kelayotgan olimlarimizdan biridir. U oquvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, bunda adabiy talimning orni, ahamiyatini korsatib berishga katta kuch va mehnat sarflab kelmoqda. Bolalar kitobxonligi, oquvchilar nutqini ostirish usullari, oquvchilarni badiiyat olamga olib kirishning eng maqbul usul va shakllari borasida olim tinimsiz izlanib kelmoqda. Olim «oqigan odam» hamda «oqimishli odam» tushunchalarining keskin farq qilishi haqida toxtarkan, «kitobxonlik tor manoda kitob oqishni bildirsa, keng manoda tanlab oqish, his etish, anglash va fikr bildirish tushunchalarini oz ichiga qamrab oladi. U badiiy adabiyotdan oziqlanadi, adabiy tanqid va pedagogika komagida yuksala boradi», - deb yozadi.
Olim oquvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish sohasida benazir tadqiqotlarni amalga oshirgan. «Uzluksiz talim tizimida adabiyotdan mustaqil ishlar» monografiyasi bu sohadagi eng yirik tadqiqotdir. Uning «Maktabda adabiyotdan mustaqil ishlar» nomli oqituvchilar uchun metodik qollanmasi ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga molik. U yerda qayd etilishicha, «oqishda malakasizlik har qanday fanni tinkani quritadigan ogir mehnat va majburiyatga aylantiradi». Kitob oquvchilarning mustaqil ishlarining tashkil etilishi, turlari, mazmuni, amalga oshirish sharoitlari haqida bahs yuritsa-da, unda asarga yondoshish usullari, oquvchilarning ijodiy ishlari, matn ustida ishlash, matnni tahlil qilish, bundagi metod va usullar haqida ham qiziqarli, muhimi, nazariy jihatdan togri va amaliy jihatdan foydali bolgan koplab fikr-mulohazalar bildirilgan.
Ozbek adabiyotini oqitish metodikasiga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini bir guruh yosh metodist olimlar davom ettirishmoqda. Ular qatorida M.Mirqosimova, R. Niyozmetova, Q. Husanboyeva, V. Qodirov singari taniqli olim va olimalarimiz bor. Ular tadqiqotlarida metodika ilmining ham nazariy, ham amaliy muammolarini atroflicha hal qilishga oz xissalarini qoshib kelmoqdalar.
5.Mavzu: Adabiyot darslarida muammoli tahlil.Adabiyot darslarida yangi mavzuni taqdim etish usullari
Adabiy asarni didaktik tahlil etish jarayonida oqituvchi va oquvchi faoliyati quyidagi uch yonalishda uyushtirilishi mumkin:
a) muallifga yoki matnga ergashib tahlil qilish;
b) asardagi obrazlarga tayanib tahlil qilish (badiiy timsol asosidagi tahlil);
v) muammoli tarzda tahlil qilish.
Birinchi yonalishda adabiyot oqituvchisi badiiy matnning faqat mohiyatigagina emas, balki uning qurilish tartibiga ham suyanadi va matn mantigini, uning ichki tartibini aslo ozgartirmagan holda asar zimnidagi manoni, badiiy jozibani oquvchilar bilan birgalikda kashf eta boradi. Buni tekstual tahlil usuli deyish ham mumkin va bunday tahlil kechimida koproq oqituvchi faollik korsatadi.
Ikkinchi yonalish, yani obrazlarga tayanib tahlil qilishda oqituvchining etibori asardagi personajlarga qaratiladi va asarning badiiy manosi obrazlar ruhiyatini anglab borish asnosida ozlashtiriladi. Adibning sanatkorlik mahorati ham badiiy obrazlarning qanchalik jonli va tasirchan ishlanganligini tahlil qilish asnosida ochib boriladi. Bu yonalishni boshqacha shaklda timsolli tahlil yoli deyish mumkin va bu yonalishda tahlil kechimida oquvchilarning ancha faol ishtirok etishlariga imkon beriladi.
Uchinchi yonalishda esa tahlil asosan oquvchilar tomonidan olib borilishi kozda tutiladi. Oqituvchi talabalari oldiga badiiy-hayotiy muammo qoyadi va ularga bu muammoni echish yollarini korsatib, ularni bu kechimda foydalanish mumkin va lozim bolgan qoshimcha adabiyotlar bilan taminlaydi. Asar tahlili jarayonida oquvchilar faqat bilgan tushunchalaridangina foydalanib qolmay, bir qator yangi estetik-mantiqiy bilimlarni mustaqil ozlashtirib olishga ham majbur bolishadi. Negaki, oquvchilar jamoa bolib ishlaydilar: ozaro fikr almashadilar, bahslashadilar. Tabiiyki, jamoa bolib ishlash kechimida oquvchilarning manaviy olamida ham, aqliy dunyosida ham muayyan ozgarishlar sodir boladi. Muammoli tahlil faqat jamoaviy shaklda emas, balki individual yosinda amalga oshirilishii
ham mumkin. Biror asar yuzasidan qoyilgan hayotiy-estetik muammoni echish uyga vazifa qilib berilganda, individual muammoli oquv tahlili yuzaga keladi.
Alohida takidlash kerakki, tahlilning aytilgan usullari bir-birini inkor qiluvchi alohida yonalishlar tarzida tushunilmasligi kerak. Adabiy talim amaliyotida oquv tahlilining har uch usuli kopincha aralash, qorishiq, holda qollaniladi. Tekstual tahlilni obrazlarga tayanmay turib amalga oshirib bolmaydi. Muammoli tahlilni ham badiiy matnga asoslanmay bajarish mumkin emas. Har qanday muammo matndan kelib chiqishi, har qanday mustaqil fikr ham matnning sehru jozibasini ochishga xizmat qilishi joiz. Tekstual tahlilda matnning maromini buzmaslik, muallif yurgan yolga, u ornatgan badiiy tartibga rioya qilish ustuvor maqomda boladi, lekin tahlilning qolgan ikki turida ham badiiy matn asosiy orin tutadi. Shu manoda, har qanday tahlil mohiyat etibori bilan tekstual tahlildir.
Tekstual tahlil koproq 5-6-sinf oquvchilari bilan olib boriladigan mashgulotlarda qollaniladi. Kopincha, lirik yoki kichikroq hajmli nasriy asarlarni didaktik tahlil etishda bu usul juda qol keladi. Takidlash joizki, asar yuzasidan amalga oshiriladigan har qanday faoliyat faqat matnga tayanishi, matndan kelib chiqishi, matnning jozibasini ochishga xizmat qilishi lozim. Shuning uchun ham har qanday usulda didaktik tahlilini amalga oshirishdan oldin, albatta, oquvchilar badiiy matn bilan yaxshi tanish bolishlari shart. Aks holda, tahlildan kuzatilgan maqsadga erishib bolmaydi.
Katta hajmli epik asarlar koproq yuqori sinflarda organiladi. Ularni orgatishda timsolli tahlil usulidan foydalanish yaxshi samara beradi. Chunki organiladigan asar hajman katta, ajratilgan vaqt esa qisqa bolgani uchun ularni tekstual tahlil qilish imkoni yoq. Bunday vaqtlarda asosiy etibor organilayotgan asardagi obrazlarga qaratiladi. Muayyan asardagi timsollarning ruhiyati, oy-kechinmalari, xatti-harakatlari, sajiyalari tasviri hayotiylik va badiiylik nuqtai nazaridan tahlil qilinib, shu yosinda muallifning badiiy mahorati va asarning estetik qimmati namoyon etiladi.
O'quv tahlilida oquvchilar timsollarni jonli odamlar, oz taqdiriga, oziga xos tabiatga ega tirik kishilar tarzida qabul qilishlariga erishish kerak. Shundagina, bu timsollar tuygan tuygular oquvchilarga ham yuqadi, ularga tasir qiladi. Demak, tarbiyalaydi. Shuningdek, biror asarning oquv tahlili mobaynida badiiy timsollarning ijobiy va salbiy kabi qarama-qarshi guruhlarga ajratilishiga yol qoymaslik, har bir badiiy timsolning qarama-qarshi tabiatli kishi nuqtai nazaridan qanday baholanishi mumkinligiga etibor qaratilishi lozim. Atrofimizdagi odamlarni jongina yaxshi va yomonga ajratish mumkin bolmaganidek, badiiy timsollarni ham ijobiy va salbiyga ajratib tashlash togri emasligini oquvchilar ongiga quyi sinflardanoq singdirib borish zarur.
Olam cheksiz va ota murakkab bolgani kabi, odam ham goyat murakkab va tabiatining qirralari adadsiz tovlanishlarga ega bolgan mavjudotdir. Shuning uchun ham murakkab insonning timsolini qandaydir tavsifiy qolipga tushirib qoyish uning qiyofasini nursizlantiradi. Hayotdagi har bir alohida odam toliq va bir xil echimi hech qachon topilmaydigan muammodir. Etuk badiiy adabiyot ana shu adoqsiz muammoning qirralarini butun murakkabligi, jilvalari, soyalari va tovlanishlari bilan tasvir etish orqali oquvchini ozgani his etishga, begona kishining dardini anglashga odatlantiradi. Timsoliy tahlil natijasida har bir oquvchida uning tabiati yonalishi va oqituvchi oz oldiga qoygan pedagogik vazifaning xarakteriga qarab, muayyan axloqiy-manaviy sifatlar hosil qilinadi. Qandaydir shaxslik fazilatlari shakllantiriladi. Eng muhimi, oquvchilarda oldin boshqa odamlar, song oz xatti-harakatlariga akseologik yondashuv tarzi qaror topadi.
Milliy metodika ilmida adabiy asarni muammoli tahlil qilish yollari juda kam organilgan bolib, adabiy talim amaliyotida ham u etarlicha qollanilmaydi. Bu usulning nazariy jihatlari metodist olimlar tomonidan hali tola-tokis ishlab chiqilmaganligi uchun ham adabiyot oqituvchilarining kopchiligi uni qay yosinda tadbiq etishni bilishmaydi. Ayrim novator, oz ustida ishlaydigan va izlanadigan oqituvchilargina muammoli usul bilan badiiy tahlil qilishni tashkil etadilar. Badiiy asar muammoli tahlil etilganda, oquvchilarning fikri cheklash bilmaydi, xayoloti erkin parvoz qiladi, oldilarida turgan badiiy va hayotiy muammoni oz tushuncha va hayotiy tajribasidan kelib chiqib hal etishga urinadi.
Oquvchilar puxta muammoli tahlil qila olishlari uchun badiiy matn bilan yaxshi tanishibgina qolmay, uni toliq hazm qilgan bolishlari ham kerak. Chunki toliq ozlashtirilgan fikrgina magizli fikr uygotadi, singdirilgan hissiyotgina ozgada ham tuygu qozgata biladi.
Muammoli usul bilan tahlil etishda oquvchilarni shunchaki muammo yuzasidan bahsga tortish kerak emas, balki ularning butun intellektual kuchi tekshirilayotgan badiiy matnning magzini chaqishga yonaltirilgan bolishi lozim. Muammoli tahlil kutilgan samarani berishi uchun matnga sinfdagi oquvchilar hayotiy tajribalari va egallagan bilimlari darajasidan kelib chiqib erkin yondasha olishlari zarur.
Maktabda Sofoklning «Shoh Edip» asari muammoli yol bilan tahlil etiladigan bolsa, oqituvchi bolalar oldiga: «Edip aybdormi yoki gunohkor?» tarzida savol qoyadi va oquvchilardan oz fikrlarini badiiy matnga tayangan holda asoslashlarini talab etadi. Gunoh, gunohkorlik, ayb, aybdorlik, qismat, unga ishonish, kibr, inson manaviyati singari tushunchalar atrofida fikr yuritish jarayonida oquvchilar fojia matni bilan ishlaydilar va Edip shaxsining ulkan fojiasini yaqindan,
bevosita, his etadilar. Ozlarining hayotiy va manaviy-axloqiy tajribalaridan kelib chiqib, Edip va atrofidagilarning xatti-harakatlariga baho beradilar. Bu hol, malum darajada, oquvchilarni oz xatti-harakat va tutumlarini baholashga ham orgatadi.
Muho
6.Mavzu:Adabiyot o’qitishning boshqa fanlar bilan aloqasi
Estetika. Har bir fan odatda, faqat o‘z qonuniyatlari bilangina yashamasdan, boshqa fanlardagi imkoniyatlarni ham e’tiborda tutadi. Bu bilan u o‘zidagi imkoniyatlarni yanada kengaytiradi. Adabiyot o‘qitish metodikasi ham bu borada istisno emas. Uning ko‘plab fanlar bilan barqaror aloqalari mavjud.
Yozuvchining o‘ziga xos adabiy-obrazli tafakkuri hamma vaqt hissiyotga yo‘qrilgan bo‘lib, bu tafakkur kitobxonning tasavvuriga va aqligagina emas, balki uning axloqiy va estetik hissiyotiga ham ta’sir etadi.
O‘qituvchi adabiy asarning ta’siri orqali o‘quvchilarning axloqini qay daraja takomillashtirish zarurligini hamda bu sohada estetik idrokning qanday rol o‘ynashini aniqlab olishi kerak.
Faylasuflardan biri ta'kidlaganidek, garchi estetika go‘zallik haqida so‘zlasa ham, go‘zallikni idrok qilish ong va axloq bilan uzviy bog‘lanadi. Kitobxonning estetik tushunchasi uning go‘zallik, latofat va ideal haqidagi tasavvuri bilan belgilanadi. Tarbiyalanuvchilar badiiy asarlarda tasvirlangan idealning nafaqat jismoniy, ayni paytda uning ma’naviy, ruhiy hamda axloqiy olamidagi go‘zallikni ko‘ra olishlari, tahlil orqali idrok eta bilishlari muhimdir.
Mumtoz she’riyat an'analarini zamonamizda muvaffaqiyat bilan davom ettirgan Erkin Vohidovning maktab darsliklaridan muqim joy olgan g‘azalidagi ushbu baytga diqqat qaratamiz:
Seni yotlar tugul hatto qilurman rashk o‘zimdan ham,
Uzoqroq termulib qolsam, bo‘lurman g‘ash ko‘zimdan ham,
Yorini begonalar (yotlar) tugul o‘zidan ham rashk qilish, uzoqroq termulganda ko‘zidan ham g‘ash bo‘lish - bu yangi ifoda. Aynan shu narsa uni shohbayt darajasiga ko‘targan. Baytda oshiqning ma’shuqasiga ehtiromi, cheksiz hurmati, uni yuragining qat-qatidan e’zozlashi, ta’riflarga ojiz sevgisi izhor etiladi. Bu oddiygina o‘zga jins vakilasiga bo‘lgan tuyg‘u emas, bu insonning mukammal tanasiga, qudratli aqliga bo‘ysunmovchi qalb sevgisi, balki ruh sevgisi desak, to‘g‘riroq bo‘lar. Ruhiyat bunday sevgi bilan har qanday muhitga moslashuvchi, turfa sharoitga ko‘nikuvchi inson tanasidan sevikli yorni rashk qiladi. Shuningdek, u har qadamda to‘qnashadiganimiz razolatni va qaboqatni ko‘ruvchi, ularga guvoh bo‘luvchi ko‘zdan bu shabnam tomchisiday sof vujudni qizg‘onadi va termulgan nigohlaridan g‘ash bo‘ladi. Chunki mahbubaning vujudigina go‘zal emas, uning musaffo qalbi buloq suvidek tiniq, go‘dak kulgusiday ma’sum, navro‘z tongiday beg‘ubor.
Beqiyos go‘zallik sohibasini pokiza ma’naviyatini anglagan va uni ulug‘lagan oshiq ham ma’nan buyukdir. Ana shunday oshiqqina jannat hurlari kabi
ma’suma malakni tani, joni, ruhi bilan seva oladi. Faqat ugina ana shu sevgi orqali bu olamda bor bo‘lgan andishasizlig-u beibolikni, nafs-u xirsni, fahsh va sharmandalikni qoralaydi, ularga o‘zining tubsiz nafratini ifodalaydi. Faqat ugina ana shunday nafrat tufayli bu pastliklar-la murosada yashovchi vujuddan ma’shuqani rashk qiladi, bu tubanliklarni ko‘ra-ko‘ra ko‘nikkan ko‘zdan uni qizg‘onadi. Poklikning ul timsoliga bunday ko‘zlar bilan termulish nojoiz, boringki, so‘ngsiz gunoh. Shu o‘rinda Atoiyning quyidagi shohbayti beixtiyor yodga tushadi:
Ko‘z yuzini yoshim bila yuvay sizni ko‘rarda
Kim, pok sanamqa nazari pok kerakdur.
Bu ikki shoirni besh asrlik vaqt masofasi ajratib turadi. Ammo ulardagi hamohanglik, hamfikrlik , ma’naviy maslak birligi qanchalar yaqin. Mahbubaning muborak nomi tilga olingan paytda hatto zikr etilishi nojoiz bo‘lgan ishlarga ko‘zning guvohligi tufayli oshiq yurak betlab unga boqa olmaydi.
Lekin u yorning jamolidan bebahra, uning zavqisiz, visolidan ayru, uning shavqisiz yashay olmaydi. Birdan-bir iloj - o‘sha nomaqbul va nomatbu' ishlar yuzida aks etgan yuzni tozartirmoq. Shuning uchun "pok sanamg‘a" boqmoq maqsadida "pok nazar" qilmoq uchun oshiq ko‘z yuzini yoshlari bilan yuvmoqchi bo‘ladi. Endi oshiqning ko‘z yoshlari o‘zida ma’naviy bir mohiyat kasb etadi. Ko‘z yosh to‘kmoq (ya’ni yeg’lamoq) ham ruhiy holat .To‘kilgan bu ko‘z yoshlar sharofati bilan makruh gardlar yuvib tashlanadi va shundagina oshiq mahbubasining yuziga boqmoqlikka o‘zida ma’naviy huquq sezadi. Klassik adabiyotda ko‘z yosh bilan bog‘liq tasvirlarning ko‘p uchrashi sababini adabiyot o‘qituvchisi darsda to‘g‘ri anglatishi lozim.
7.Mavzu:Ta’lim bosqichlarida adabiyot kursining mazmuniy qurilishi
Davlat ta’lim standarti, Adabiyot dasturi, adabiy ta’lim, ta’lim bosqichlari, dastur tarkibi va mazmuni, darslik, o‘quv qo‘llanma, maktab dasturi, maktab darsliklari, o‘quv qo‘llanmasi, metodik qo‘llanma, pedagogik jarayon.
Ta’lim-tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari mana shu Qonun talablarini amalga oshirish uchun astoydil harakat qilayotganligi barchaga yaxshi ma’lum. Bu borada bir muncha yutuqlar qo‘lga kiritilganligi, dastlabki bosqich talablarining deyarli to‘la bajarilganligini qayd etib o‘tish lozim. Kursning mazmuni va tuzilishi DTS va davlat dasturi bilan belgilanadi. Unda DTS asosida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim hajmi, ko‘nikma va malakalarning turlari, metodologik hamda pedagogik printsiplar, o‘qitishdagi o‘ziga xos metodologiya hamda adabiy-estetik talablar ixcham tarzda bayon etiladi.
O‘zbekistonda maktab dasturlarining ko‘pgina turlariga amal qilindi, zero izlanish yangi, mukammal tizimni ifodalaydigan darajaga yetish uchun harakat uzluksiz davom etib kelmoqda. Faqat O‘zbekiston mustaqilligi bilan bog‘liq holdagina adabiyot dasturining bir necha avlodi yaratildi. Ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar davlat ta’lim standartlarining yaratilishi, yangi o‘quv rejalarining ishlab chiqilganligi, ijtimoiy-ma’naviy hayotdagi yangilanishlar dasturlarni ham qayta ko‘rib chiqish zaruriyatini taqozo etmoqda. 1991-yildan buyon maktab adabiy dasturlari jiddiy takomil yo‘lini bosib o‘tdi.
Bu yo‘lda, ayniqsa. 1997-yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” alohida bosqich bo‘ldi. Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlari badiiy asarlarning tanlash tamoyillarini ham belgilab beradi. Taniqli metodist M.V.Cherkezova ko‘rsatganiday «Milliy maktablarda asarlarni va ularni o‘rganish metodikasini tanlash uchun ilmiy adabiyotshunoslik mezonlari, adabiy fakt va hodisalarga nisbatan tarixiy-genetik, tarixiy-funksional va qiyosiy-tipologik yondashuvlar birligi asos bo‘lib xizmat qiladi»55. Dastur eng muhim davlat hujjati bo‘lib, uni bajarish majburiydir. O‘qituvchining asosiy vazifasi davlat dasturi talablarini to‘la va samarali tarzda amalga oshirishdan iborat. Shunga ko‘ra ham o‘qituvchi uni to‘la bilishi, uning barcha qismlari haqida aniq tasavvur va ma’lumotga ega bo‘lishi shart.
Dastur o‘qituvchining ish faoliyatidagi eng asosiy manbadir. Unda amaliy harakatga ko‘rsatma ham, eng muhim ma’lumotnoma ham mujassamlashgan. Hozirgacha dasturlar umumta’lim maktablarining barcha bo‘g‘inlarini (I–X yoki V–XI sinflar) qamrab olardi. «Ta’lim haqida»gi yangi Qonun ta’lim tizimiga bir qator yangiliklarni olib kirdi. Unga ko‘ra endi umumiy o‘rta ta’lim I–IX sinflarni qamraydi. Bundan keyin esa o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshlanadi. Demak, dasturlar ham shundan kelib chiqqan holda boshqa-boshqa bo‘ladi. Umuman dasturda adabiyot kursi to‘laligicha tavsiflab borildi. Har bir sinfdan adabiyot kursining mazmuni va ish tartibi, har bir mavzuning mohiyati muayyanlashtiriladi.
Unda o‘zlashtirilishi lozim bo‘lish ilmiy-nazariy, adabiy tushunchalar, asarni o‘rganish, nutq o‘stirish, sinfdan tashqari o‘qitish, asarlar yuzasidan suhbat uchun ajratiladigan soatlar miqdori, adabiyotdan o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan og‘zaki va yozma ish turlari, predmetlararo aloqa, sinfdan tashqari o‘qishdagi asarlar ro‘yxati berilgan.
Davlat dasturini bajarish asosida o‘qituvchi o‘quvchilardagi adabiyot va san’atga bo‘lgan muhabbat, ijodkorlik, ijodiy faollik, yuksak axloqiy an’analarni takomillashtirish va o‘stirishga asosiy e’tibor bermog‘i lozim.
Ma’lumki, adabiyot mustaqil fan sifatida boshlang‘ich ta’lim tugaganidan so‘ng (IV sinf) o‘tila boshlaydi. Bu davrda o‘quvchi adabiyot va ifodali o‘qish malakasining dastlabki bosqichini egallagan, so‘z san’ati haqidaga dastlabki tasavvurga ega bo‘lgan bo‘ladi. Albatta, bola maktabgacha bo‘lgan yoshdayoq so‘z san’ati ichida bo‘ladi. "Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi.
Bu ta’lim olti-etti yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan qat’iy nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi"56. Xuddi shu davrda u asosan tinglovchi, ba’zan o‘quvchi shaklida dastlabki odimlarini tashlaydi. Demak, o‘quvchi V sinfga kelganda o‘qish, yozish, kitobxonlik madaniyatiga oid dastlabki tayyorgarlik bilan keladi. Ular badiiy asar bilan tanishishning ibtidoiy ko‘nikmalariga ega bo‘lishadi. Jumladai, IV sinf o‘quvchilari matnni ifodali o‘qiy olishlari, asarda ishtirok etuvchi shaxslar haqida hikoya qilib berish uchun material to‘plash, ularning xatti-harakatlarini baholash, ularga nisbatan o‘z munosabatnni ifodalay olish, adabiy qahramon haqida ixcham hikoya tuzish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lish lozim. V sinf o‘quvchisi ham badiiy asar xususiyatlarini to‘la o‘zlashtarishga tayyor bo‘lmaydi. Shunga ko’ra M.G.Kachurin ta’kidlaganiday: "Bu davrda asarda "nima haqida" yozilgani nuqtai nazaridan yondashishlarini hisobga olish kerak”
Boshlang‘ich sinflarda ko‘proq xalq og‘zaki ijodiga tegishli poetik janrlar: ertak, maqol, topishmoqlardan foydalaniladi. Mavzu doirasiga ko‘ra esa ularda mehnat, baxt, Vatan, oila, yil fasllari, atrofimizdagai olam, inson ma’naviyatidagi ezgu va yomon xususiyatlar, ilmiy ommabop maqolalar tarzida yoritilgan. Demak, boshlang‘ich sinflardayoq bolalarning badiiy-estetik didi hamda kitobxonlik madaniyatining shakllanishi uchun imkon qidirilgan. Endi V sinfdan boshlaboq ularning o‘qish va nutq ko‘nikmalariga tayanib turib, asarni badiiy his etish, estetik his-tuyg‘ularini o‘stirishga aloxida e’tibor berish lozim.
V sinf dasturini kuzatish jarayonida turli janrdagi asarlar bilan tanishish taqozo etilishiga amin bo‘lamiz. Ular orasida qo‘shiq, maqol, topishmoq, afso‘zbek, ertak, latifa, doston, hikoya, ruboiy, masal, qissa, roman kabi xilma-xil janrlar mavjud. Bugina emas, dasturda turli adabiy tushunchalar hamda yozuvchi va shoirlar haqida, ularning asarlari xaqida ham ma’lumot berish ko‘zda tutilgan. Ammo tarixiy-adabiy izchillik tom ma’nosi bilan IV–VII sinf adabiyot dasturlari talablari sirasiga kirmaydi, zero o‘quvchilarning yosh xususiyatlari ham bunga imkon bermaydi. Bu vazifalar VIII–IX sinflarda amalga oshiriladi.
8.Mavzu:Adabiyot o’qitishga doir yondashuvlar va qat’iyatlar haqida. Adabiy ta’lim metodlari.Motivatsiya tushunchasi .Intrinzik va ekstrinizik motivatsiya
Metod pedagogik kategoriya sifatida ko’zda tutilgan o’quv-tarbiyaviy jarayonning umumiy maqsadiga erishishning yo’llarini anglatadi. O’qitish jarayonida metod qo’llanishi uchun a) o’quvchilar, b) o’qituvchi, v) o’zlashtiriladigan mazmun yoki erishiladigan natija kabi uch unsur bo’lishi kerak.
Interfaol metodlar esa pedagogik sharoitda barcha ishtirokchilarning o’zaro ta’siri, hamkorligi yordamiga ehtiyojni yuzaga keltiruvchi aniq natijaga erishishda vaqt va inson resurslaridan maqsadli foydalanishga asoslangan usullardir. Interfaol usullar “Xamsa” asarini o’rgatishga bag’ishlangan mashg’ulotlar samaradorligini ta’minlashda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Quyida shu usullarning ayrimlariga xos xususiyatlarga qisqacha to’xtalamiz.
“Tarmoqlar” metodi – o’quvchilarni mantiqiy fikrlashga odatlantirish, ularning fikr doirasini kengaytirish, adabiyotlardan mustaqil ravishda foydalanishga o’rgatishga qaratilgan. Fikrlarning tarmoqlanishi — bu pedagogik strategiya bo’lib, u o’quvchilarning biror mavzuni chuqur o’rganishlariga yordam berib, ularni mavzuga taalluqli tushuncha yoki fikrlarni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog’langan holda tizimlashtirishga o’rgatadi. Bu metod biror mavzuni chuqur o’rganishdan avval o’quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o’tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o’zlashtirish, umumlashtirish hamda shu mavzu bo’yicha o’quvchilarning tasavvurlarini chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
“Muloqot” o’quv-munozara shaklida o’tkazishga mo’ljallangan usul bo’lib, o’quvchilarni mustaqil fikrlashga, o’z fikrlarini erkin bayon etishga yo’naltiradi hamda ularda muloqot madaniyatini shakllantiradi. Ushbu usul ham hamkorlikka asoslanadi, ya’ni mashg’ulotlar o’quvchilarning kichik guruhlarida bo’lishini ko’zda tutadi. Ushbu usulni adabiyot darslarida qo’llashdan ko’zlangan maqsad o’quvchilarning asarga bo’lgan munosabatini aniqlash, mustaqil holda umumiy fikrga kelishlariga va to’g’ri xulosa chiqarishlariga yordam berish, erkin bahslashishlariga sharoit yaratish hisoblanadi.
“Refleksiya” (o’z tuyg’u va xatti-harakatlarini baholash ma’nosini bildiradi) usulini qo’llaganda o’qituvchi o’quvchilar oldiga o’z fikrini mantiqan jamlab, bitta jumla bilan ifodalash talabini qo’yishi lozim, aks holda, o’quvchilar uzundan-uzoq gapirib, o’qish jarayonini “refleksiya” emas, balki suhbat-munozaraga aylantirib yuborishi mumkin.
“Refleksiya” uchun ikki holat xosdir: a) butun asar haqidagi fikrni bitta jumlaga jamlab ifodalay olish; masalan, “Saddi Iskandariy” dostonini tahlil qilishni o’rgandim” yoki “Dostondagi eng muhim ijtimoiy-siyosiy masalalarni bilib oldim”, yoxud “Iskandar obrazining ijobiy sifatlarini aniqlab oldim”; b) vaqt tig’izligi uchun zanjirsimon tarzda navbati bilan hammaga so’z berilganda, har bir o’quvchidan fikrini 33 soniyada aytib olish talab etiladi. O’quvchilar zanjirsimon tarzda o’z fikrini ayta boshlaganda uchinchi o’quvchidan keyingilarning fikrlari yangilik bo’lmay, oldingilarni takrorlab qolishi mumkin. O’qituvchi fikrlarning qaytarilishiga yo’l qo’ymasligi kerak. Demak, har bir o’quvchi tezlik bilan oldin tayyorlagan javobni o’zgartirishi, buning uchun boshqa o’quvchilarning javoblarini eshitib tushuna bilishi lozim bo’ladi.
Faoliyatning amalga oshishi va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada motivatsiya va motiv tushunchalari ishlatiladi. Motivatsiya tushunchasi motiv tushunchasidan kengroq ma’noga ega.
Motiv - inson xulq-atvorning ichki barqarorligi, harakatta undovchi tushunchadir.
Motivatsiya esa xulq-atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni bo’lib, unga tashabbus, yo’nalganlik tashkilotchilik, qo’llab-qo’vvatlash qiradi. Ta’lim jarayonida o’hish motivlari "nima uchun” "nimaga?', "qanday maqsad bilan?" kabi savollar asosida yuzaga keladi. Motivlar birinchidan, o’quv faoliyatiga undasa, ikkinchidan, maqsadga erishish uchun zarur yo’l va usullar tanlashga yordam beradi. O’quv faoliyatida o’quv motivlar o’quvchilar tomonidan tanlanib, ular o’quvchining maqsadi, qiziqishi, kelajak rejalari bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o’quv motivlari turli yosh davrlarida turlicha bo’ladi.
Motivatsiya inson xulq-atvori uning bog’lanishi, yo’nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo’lganda ishlatiladi.
Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o’zini tutishi sabablarini o’rganish tarbiyaviy ahavmiyatga ega bo’lgan narsa bo’lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi;
a) ichki sabablar, ya’ni xatti-harakategasining sub’yektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadla, mo’ljallar, istaklar, qiziqishlar).
b) tashqi sabablar, ya’ni faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari. Bular ayni konkret holatlarni kelib chiqishiga sabab bo’ladigan tashqi stimunlardir.
Shaxs xulq-atvorini ichkaridan, ichki psixologik sabablar tufayli boshqarish odatda shaxsiy dispozitsiyalar ham deb yuritiladi. Shaxs tomonidan anglanilishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Ba’zan shuday bo’ladiki, shaxs o’zi amalga oshirgan ishi yoki o’zidagi o’zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning haqiqiy sababini o’zi tushunib yetmaydi “nega? Degan savolga o’zim ham bilmay qoldim, bilmayman deb javob beradi”. Bu anglanmagan dispozitsiyalar yoki ustanovkalar deyiladi. Agar shaxs biror kasbga ongli tarzda qiziqib, uning barcha sir-asrorlarini egallash uchun astoidil harakat qilsa, unda vaziyat boshqacharoq bo’ladi, ya’ni dispozitsiya anglangan ongli hisoblanadi.
Savol bayoni. Motivlarning turlari.
Motiv kengroq tushuncha bo’lib, u shaxsdagi u yoki bu xulq-atvorga nisbatan to’rgan moyillik xozirlikni tushuntirib beruvchi sabablarni nazarda tutadi. Maphur nems olimi Kurt Levin motivlar muammosi ayniqsa shaxsdagi ijtimoiy xulq motivlari borasida katta keng qamrovli tadqiqotlar olib borib, shu narsani aniqladiki, har bir odam o’ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish va baholashga moyil bo’ladi.
Konkret vaziyat xususiyadagi turli shaxslarning baholari ham turlicha bo’ladi. Bundan tashqari, bir shaxsning o’zi ham o’zidagi holat, kayfiyatga bog’liq holda bir xil vaziyatni alohida hollarda turlicha idrok qilishga moyil bo’lar ekan. Shuning uchun ham odamning ayni paytdagi real harakatlarini o’sha ma’lum sharoitdagi ichki va tashqi stimunlarga uning bergan bahosi yoki reaksiyasi sifatida qaramay, balki, unda shunga o’xshash holatlarni idrok qilishga ichki bir hozirlik dispozitsiyaning mavjudligi bilan tushuntirish to’g’riroq bo’ladi. Shu ma’noda shaxs xulqining motivatsiyasi turli sharoitlardagi orttirilgan tajribaga tayangan, ongli tahlillar, hattoki ijtimoiy tajriba normalarining ta’sirida shakllanadigan sabablar kompleksini o’z ichiga oladi. Masalan, texnika oliygohlarida: “materiallarning qarshiligi” nomli kurs bor deylik. Shu kursni o’zlashtirish va undan sinovdan o’tish ko’pchilikka osonlikcha ro’y bermaydi. Hali kurs boshlanmasdanoq yosh talabalarda shu kurs va uning talablariga nisbatan ustanovka shakllanadiki, albatta bu kurs qiyin, uni olib boruvchi o’qituvchi o’ta talabcha, qattiaqqo’l va xokazo. Bunday motivatsiya mana necha avlord talabalari boshdina kechirayotgan holat.
9.Mavzu: Motivatsiya tushunchasi.Intrinzik va ekstrinzik motivatsiya
Motivatsiya (LAT. Mover) - bu shaxsning ob'ektiv qiziqishini keltirib chiqaradigan harakatni talab qiladi. Psixofiziologik rejaning dinamik jarayoni, insonning xulq-atvorini boshqarish, uning diqqat markazida, uyushgan, faoliyat va barqarorligini belgilaydi; Inson o'z ehtiyojlarini faol qondirish qobiliyati.
Inson harakatining motivatsiyasi - bu niyat, xohish, xohish kabi harakatlarning ideal tomonining xususiyatlaridan boshqa narsa emas. Biror kishining maqsadi - bu moddiy yoki ideal mavzu, haqiqiy faoliyatning ma'nosi sifatida erishadigan harakatlar.
Motivatsiyaning turli jihatlari ko'plab fanlar, masalan biologiya, psixologiya, sotsiologiya, siyosiy fanlar. Motivatsiya tarkibni harakat yo'nalishi va uning bajarilishi natijasida qoniqarli bo'lgan ehtiyojni oladi. Ularni amalga oshirishning turli xil ehtiyojlari va usullari mavjudligi sabablarga sabab bo'lishi mumkin, shundan iborat, ya'ni harakat harakatlarining haqiqiy tanlovi insonning shaxsiy rivojlanishiga bog'liq.
Motivatsiya turlari juda ko'p. Umuman olganda, shaxsning har qanday motivatsiyasi tashqi va ichki motivatsiyaga bo'linadi. Bundan tashqari, ijobiy va salbiy motivatsiya. Shuningdek, tor yo'nalishlar, masalan, filiallar nisbati - boshqa odamlar bilan aloqalarni o'rnatish yoki qo'llab-quvvatlash istagi; Hokimiyatni rag'batlantirish - odamning boshqa odamlarga ta'sir qilishi uchun istagi; Erishishni rag'batlantirish - insonning muayyan yo'nalishlarda yuqori natijalarga erishish istagi; Identifikatsiyani boshqa shaxs bilan motivatsiya qilish - bir kishining boshqasiga o'xshab qolish istagi;
Identifikatsiyani boshqa shaxs bilan motivatsiya qilish bir kishining ikkinchisiga o'xshash bo'lish istagi deb nomlanadi. Ko'pincha bu qandaydir butdir, ammo tez-tez obro'li shaxs (qarindoshi), o'ziga xos shaxsni unga tenglashtirishga undaydi. Boshqa bir kishi bilan identifikatsiya qilish sababining juda tez-tez misoli, kimdirni doimiy ravishda nusxalaydigan o'spirinlarga xizmat qiladi.
10.Mavzu:Adabiy asarlarni òrganish bosqichlari.Adabiy asarni òqishning shakliga kòra turlari.Adabiy asarni òqishning mazmuniga kòra turlari
Adabiy asarni o'rganish bilan bog'liq bo'lgan dastlabki qaydlar Avesto yod-gorligidayoq uchraydi. Bevosita turkiy muhitda esa buni O'rxun-Enasoy yodgor-liklaridagi ayrim ishoralar orqali payqashimiz qiyin emas. Adabiyot o'qitish nazariyasi va metodikasi fani o'tmishdagi boytajribalarni o'rganish asosida hozirgi zamon maktablaridagi adabiyot o'qitish jarayonini umumiylashtiradi. Adabiyot Sharq xalqlari, jumladan, o'zbek xalqi hayotida har doim juda katta ijtimoiy-manaviy ahamiyatga ega bo'lgan. Cho'lponning «Adabiyot yashasa, mil-lat yashar» degan fikri bejiz emas. Ammo uni o'qitish birdaniga hozirgi holatga kelma-gan. Turkiy xalqlar orasida adabiyot o'qitish an'analari juda qadim zamonlarga borib taqaladi.
Epik asarlar o'rta maktab dasturida salmoqli o'rinni egallaydi va maktabda bu turga mansub bo'lgan masal, hikoya, qissa, roman janridagi asarlar o'qib o'rganiladi.
Nasriy asarlarda hayotiy voqea va odamlarning hatti-harakati, o'zaro munosabatlari aks ettiriladi. Shu sababli, maktabda ular bir butunlikda o'rganiladi, asar mavzui, unda ko'tarilgan asosiy masala yoritiladi. Shu yo'l bilan o'quvchilarda nafosat tuyg'usi shakllantiriladi, ular qahramonlar obrazining xulq-atvori bilan tanishtiriladi, ularga yozuvchining so'z san'atkori ekanligi tushuntiriladi.
Maktabda asarlarni o'rganish yo'llarini belgilashda, bolalar psixologiyasiga suyangan holda, o'quvchilarda adabiyotga qiziqish uyg'otish, asar ustida ishlashga faol ishtirok etish ishtiyoqini qo'zg'atish g'oyat muhimdir. Buning uchun o'quvchilarning asar haqidagi fikrini, asarni tushunish qobiliyatini bilish kerak.
Shundagina o'qituvchi o'quvchilarda asarni o'rganishga, o'qishga mazmunini bilishga qiziqish hosil qiladi.
Ma'lumki, badiiy asar mazmuni bilan shakl birligida, bir butun holda o'rganilishi kerak. Nasriy asar tahlilida ham bu masalaga e'tibor beriladi.
Ma'lumki, lirikada nasriy va dramatik turlardan farqli o'laroq, voqelik shaxsning his-tuyg'ulari, kechinmalari, idroki orqali aks etadi. She'riy shakl lirikaning xarakterli xususiyati bo'lib, shoir his-tuyg'uga to'la beradi. She'riy shakl lirikada ohangdorlik va musiqiylikni vujudga keltiradi.
Lirik tur janrlarning asosida ham inson hayoti, muhabbati va nafrati, sevinchi va iztirobi o'zining badiiy ifodasini topadi. Insonning hayot hodisalari va tabiatga munosabatidan turli-tuman lirik lavhalar, lirik janrning xilma-xil turlari yuzaga keladi. Shu sababli boshqa adabiy turlarga mansub bo'lgan qarama-qarshilik, xarakter, syujet, kompozitsiya, tipiklashtirish va individuallashtirish kabi adabiy tushunchalar lirikaga ham xos bo'lib, ular lirikaning o'ziga xos tabiati bilan bog'liq holda namoyon bo'ladi.
Maktabda lirikani o'rganishda uning ana shu hususiyatlarini ochishga e'tibor beriladi.
Dramaning adabiy tur sifatida o'ziga xos xususiyatlaridan biri , uning sahnada ijro etilishi hisoblanadi. Shu sababdan dramatik asarlarda kishilar obrazi faqat harakatda ifodalanadi, o'zaro so'zlashuvlarida, bu holat qahramonlarning bahs va munozaralarida namoyon bo'ladi. Shuning uchun drama janri so'z san'atinga mansub bo'lsa ham, sahnada ijro etilishi bilan roman va qissa janridan farq qiladi.
11.MAVZU:Badiiy asarni tahlil etish usullari.Epusullarik asarni tahlil qilish
Badiiy tahlil tushunchasi kop asrlar mobaynida oz tarifiga ega bolmay keldi. XIX asrning ikkinchi yarmida Ovropo adabiyotshunosligida badiiy tahlilga tarif berishga dastlabki urinishlar boldi. Lekin kunbotishliklar tarifida badiiy tahlilni interpretatsiya (talqin) tarzida tushunishga moyillik kuchli edi. Bunday yondashuv esa badiiy asarlardan koproq ijtimoiy mano qidirishga olib kelardi.
Adabiyottanuv ilmida hozirga qadar badiiy tahlil nima, u qanday maqsadlarni kozda tutgan holda amalga oshirilishi kerak degan savolga qatiy javob berilgani yoq.
Garchi, Kunbotish filologlari tomonidan «Hermenevtika», «Interpretatsiya» nomlari bilan bir qator tadqiqotlar yaratilgan bolsada, tushunchaga aniq tarif berilgan emas. Har bir olim badiiy asar tahlilini ozicha izohlaydi. Hatto, rus olimi A.B. Esinning togridan togri badiiy asarni tahlil qilishga bagishlab 2000 yilda Moskvaning «Flinta»-«Nauka» qoshma bosmasida chop etilgan Printsipo i priemo analiza literaturnogo proizvedeniya (Adabiy asarni tahlillashning tamoyil va usullari) asarida ham badiiy tahlil tushunchasining oziga tarif berilmagan.
Ayni vaqtda, rus adabiyotshunosligida badiiy asar tahlili tushunchasining mohiyatini aniqlash, unga xos xususiyatlarni tayin etish borasida qator urinishlar bolganini qayd etish kerak. Jumladan, metodist olim B. Bobilev «Milliy oliy oquv yurtlarida badiiy matnni filologik tahlillashning nazariy asoslari» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasida badiiy tahlilning mohiyatini shunday tushuntiradi: «Badiiy matnning filologik tahlilidan asosiy maqsad muallif obrazini tola idrok etib, unga etishishdir. Ayni shu holat badiiy matnni filologik tahlil qilishinng asosiga qoyilishi lozim». Mazkur qarash kop jihatdan, tahlilga oid xususiyatlarni qamrab olgan. Darhaqiqat, kitobxon yoki tadqiqotchining muallifni idrok etishi, uning qarashlari mohiyatiga etishishi organilayotgan adabiy asarni butun serqirraligi bilan anglaganligini bildiradi. Badiiy asarni muallif darajasida idrok etish sanat namunasiga xos juda kop jihatlarni his etish, asar zamiridagi mantiqiy va badiiy manoni toliq ilgab olish imkonini beradi. Adabiyottanuv ilmi uchun muallif darajasiga etib, uning holatiga ilgab tahlil qilish badiiy asarni tushunishning orzu qilingan oliy bosqichi hisoblanadi.
Ayni vaqtda, badiiy adabiyot namunalari orasida muallif istagidan tashqari manolarni tashiydigan, uning moljalidan kora oshiqcharoq ijtimoiy-estetik «yuk»ni zimmasiga olgan, muallifning ozi kutmagan yoki bilmagan holda badiiy kashfiyotlarga aylangan koplab asarlar borligiga adabiyot tarixi tonigdir. Chunki biror asardagi muallif tasvirlagan badiiy manzara bilan oquvchi yoxud tahlilchi tomonidan idrok etilgan badiiy manzara hamisha ham bir xil bolavermaydi.
Bazan oquvchi muayyan asardan adib mutlaqo kozda tutmagan, xayoliga keltirmagan, hatto uning qarashlariga zid, ammo soglom mantiq va oquvchi nazarida togri bolib korinadigan badiiy xulosa chiqarishi ham mumkin. Chunki hayotiy vaziyatning ozgarishi, ijtimoiy voqelikda yuzaga kelgan yangicha holatlar bazan ijodkorning oddiy bir asaridan kutilmaganda, ozgacha bir chuqur ijtimoiy-hayotiy manolar kelib chiqishiga sabab boladi. Negaki, haqiqiy badiiy asarning umri uzun, garchi u muayyan zamonda dunyoga kelgan va uning xususiyatlarini aks ettirgan bolsada, faqat yaratilgan dam uchungina mansub bola olmaydi. Taniqli rus psixologi L. S. Vigotskiyning: «Sanatni koproq darajada kechikkan munosabat deyish mumkin, negaki, uning dunyoga kelishi bilan tasir korsata boshlashi ortasida hamisha ozdir-kopdir zamoniy oraliq boladi»,- degan fikri ham bunga dalil boladi.
Mana shunday zamoniy oraliqning borligi oquvchi yoki tahlilchiga adabiy asardan ozi yashayotgan zamonga muvofiq idrok etish, asarning badiiy tizimidan davriga mos zavq olabilish va shunga yarasha xulosa chiqarish imkonini beradi. Bazan keyin yuz bergan hayotiy hodisalar yoxud ijtimoiy tafakkur tarzidagi ozgarish va yangilanishlar oldin yaratilgan badiiy asarning tamomila boshqacha qabul qilinishiga sabab boladi. Misol uchun, Usmon Nosirning bir paytlar faxriya xarakterida bitilgan sheriy iqrori shoir shaxsga siginish qurboni bolib ketganidan song mutlaqo ozgacha mano kasb etib, ijodkorni bashoratchi maqomiga kotardi. Malumki:
Ilhomimning vaqti yoq, selday keladi,
Jalloddek rahm etmay, dilni tiladi.
Ayondir bir kuni aylaydi xarob...
satrlari bitilgan fursatda shoir ozining qatagon yoliqib, Sibir ormonlarida xoru zor holatda abgor holatga tushishini xayoliga ham keltirmagan, albatta.
Ozbekistonlik olimlar: J. Azizov va G. Usovalarning qalamiga mansub «Adabiy tahlil nazariyasi va amaliyoti» risolasida: «...tahlil adabiy asarning badiiy mantigiga singishish maqsad qilib qoyilgan ilmiy izohdir» tarzida tarif beriladi. Badiiy tahlilning asl mantigini aks ettirishi jihatidan J. Azizov hamda G. Usovalarning qarashlari haqiqatga juda yaqin. Chindanda, «muallif obraziga etishish» ham, «adabiy asarni fikran qism va unsurlarga ajratish» ham aslida badiiy mantiqni kashf etish, uni anglash yolidagi bosqichlardir. Biroq, yurtdosh olimlar juftligiga mansub mazkur xulosada ham, bizning nazarimizda, kichik bir yoqlamalik borday. Chunonchi, ularning tarifida badiiy mantiq hisobga olingani holda hayotiy mantiqni anglash zarurligi kozda tutilmaydi. Togri, badiiy adabiyot uchun estetik mantiq birlamchi ahamiyat kasb etadi, ammo bu holat adabiy asarlardan kelib chiqadigan hayotiy mantiqning muhimligini aslo inkor etmaydi. Shuning uchun ham badiiy tahlil tushunchasini xarakterlashda badiiy va hayotiy mantiq tushunchalari yonma-yon qoyilsa, maqsadga muvofiq boladi.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqilsa, badiiy asar tahlili tushunchasiga quyidagicha tarif berish mumkin boladi: Adabiy asarning yozilgan hamda organilayotgan vaqtdagi badiiy va hayotiy mantigi hamda estetik jozibasini anglashga yonaltirilgan ilmiy faoliyatga badiiy tahlil deyiladi. Adabiy tahlilga ana shu tariqa tarif berilganda, hodisaga xos deyarli barcha asosiy xususiyatlar qamrab olinadi deyish mumkin. «Tahlil» atamasi arabcha halala ozagidan kelib chiqqan bolib, «eritib yuborish», «murakkab butunni soddaroq qismlarga ajratish» manolarini anglatadi.
Bazi mutaxassislar tahlil sozi zamiriga «halollash» manosi ham yuklangan deb hisoblashadi. Yani tahlil deyilganda, badiiy matnning manosi va jozibasining halollab berilishi, oquvchiga begona bolgan matnni ilmiy mantiq kuchi bilan eritib, uning shuuriga joylashga qaratilgan faoliyat kozda tutiladi. Sanat asaridan kelib chiqadigan hayotiy manoni topish, undagi oziga xos betakror estetik unsurlarni kashf etish, organilayotgan asarning shu siradagi boshqa bitiklardan farqini aniqlash, milliy yoki umuminsoniy badiiy tafakkurni rivojlantirishga qoshgan hissasini korsatish goyat muhim. Ayni vaqtda, badiiy zavq manbai nimada ekanini, kitobxonni muayyan asardan tasirlanishga olib kelgan badiiy omillar, korkam sozning mantiqiy tushunchalar doirasiga sigmaydigan jozibasi qaerdan kelib chiqayotganini aniqlash ham ota ahamiyatlidir.
Badiiy tahlil shakliga kora: a) ogzaki; b) yozma singari ikki turga bolinadi. Badiiy asar ogzaki shaklda ham tahlil qilinadi. Zero, badiiy matn togrisida koproq ogzaki yosinda fikr yuritiladi. Ayni vaqtda ogzaki tahlilga ham yozma ravishda tayyorgarlik korilsa, tahlil kechimi samaraliroq boladi.
Kitobxonlik va adabiyottanuvchilik amaliyotida badiiy tahlilning yozma shakli keng yoyilgan va ustuvor maqomga ega. Badiiy asarning ilmiy tahlili deyilganda, asosan yozma tahlil kozda tutiladi. Chunki ogzaki tahlil otkinchi xususiyatga ega, unga qaytib, kerak bolganda foydalanib bolmaydi. Tahlilning yozma turi faqat yozilgan vaqtning ozi uchungina ahamiyatli bolib qolmay, keyinchalik, katta zamoniy oraliqlardan song ham odamlarga tasir korsatishi, inson badiiy tafakkurini shakllantira olishi, bobolardan urpoqlarga meros bolib otishi bilan xarakterlanadi.

Download 189.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling